‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/160
Sana11.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1675673
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   160
Bog'liq
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar

bilish maqsadlari maxsus taqozo 
qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida awal o'zlashtirilgan 
bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va 
amaliy harakat usullari yotadi. 
Bunda har qanday mashaqqat muammoli 
vaziyat bilan bog'liq bo'la bermasligini ta’kidlash o'rinli bo'ladi. Yangi 
bilimlar awalgi bilimlar bilan bog'lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli 
bo'lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi. 
Muammoli 
vaziyat 
har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba 
mashaqqat talab qilgan obyekt (tushuncha, fakt)ning unga awal va ayni 
vaqtda m a'lum bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini 
anglab yetadi.
Shunday qilib, 
muammoli vaziyatning 
mohiyati shuki, u talaba tanish 
bo'lgan ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish 
va tushuntirish uchun awalgi bilimlar kamlik qiladi) o'rtasidagi ziddiyatdir. 
Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:
• 
talabaga notanish faktning mavjud bo'lishi;
• vazifalami bajarish uchun talabaga beriladigan ko'rsatmalar, yuzaga 
kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ulaming shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatdan chiqa olish, hamma vaqt muammoni, ya’ni nima 
noma’lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan 
bog'langan bo'ladi.
Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo'lsak, u awalombor 
talabalaming mustaqil aqliy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaqqat 
keltirib chiqargan sabablami tushunishga, unga kirish, muammoni so'z 
bilan ifodalash, ya’ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o'rinda 
izchillik yorqin ko'rinadi: awalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so'ng 
o'quv muammosi shakllanadi.
O'qitish amaliyotida boshqa variant — o'sha muammo tashqi ko'rinishda 
muammoli vaziyat yuzaga kelishiga muvofiq kelganday bo'ladigan variant 
ham uchraydi. Faktlar, hukmlar nazariy qoidalar ziddiyatlari mazmunidagi 
savollar ko'rinishidagi muammoning ifodasi odatda «nimaga» savoliga javob 
bo'ladigan muammoli vaziyatning mavjudligini aks ettiradi.


Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma’lum (berilgan vazifa asosida), 
noma’lum (ulami topish yangi bilimlami shakllantirishga olib keladi) va 
avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma’lumni topishga yo‘nalgan 
qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Awalo talabaga noma’lum 
bo'lgan o'quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish 
usullari hamda natijasi ham noma’lum bo'ladi, shunda talabalar o'zlaridagi 
awal egallangan bilim va ko'nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki 
yechilish yo'lini izlashga tushadi.
Shunday qilib, talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil hal kilinish 
usuli o'quv muammosi bo'la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning 
yechilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham o'quv muammosi 
bo'la olmaydi.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling