‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/160
Sana11.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1675673
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   160
Bog'liq
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar

Seminarning samaradorligi 
albatta talabalami unga tayyorlash sifatiga bog‘liq. Ayniqsa, ma’ruza va axborot 
tayyorlayotgan talabalar bilan ishlash muhim ahamiyatga ega.
Talabalami seminarga tayyorlash bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Birinchi bosqichda 
0‘qituvchi talabaning seminar mavzusini aniqlab 
beradi. Mavzuni tanlash va bo‘lg‘usi ma’ruza yoki axborotni tayyorlashda 
ularga nisbatan shunchaki o ‘qituvchi, talaba deb qaramaslik kerak, balki 
ulami seminarda muhokama qilinadigan mavzuning ahamiyatini, dolzarbligini 
Ckrlashga, o‘quv fanini keyinchalik muvaffaqiyatli egallash uchun uni chuqur 
o ‘rganishi lozimligini anglashga, bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatining hozirgi 
ijtimoiy, ilmiy muammolarini rejalashtira olish darajasiga olib kelish zarur. 
Bunda vaqtni tejash, tashkiliy ishlarni olib borishni jadallashtirish uchun 
talabalarga mavzu bo‘yicha adabiyotlarni, imkoni boricha, mavzulari, 
paragraflari va sahifalarini ko‘rsatgan holda tavsiya etish lozim. Talabalami 
ma’ruza va axborotlaiga tayyorlashning birinchi bosqichida uning mavzusi 
bo‘yicha referatning batafsil rejasini tuzish vazifasi yuklanadi.
Ikkinchi bosqichda 
talabalami ma’ruza qilishga tayyorlashda o‘qituvchi u 
bilan birga referat rejasini muhokama qiladi, uning ayrim o‘rinlarini tuzatadi. 
Bu o‘z navbatida dastlabki fikrlarni tezlikda tuzatish, aniqlik kiritish, toMdirish 
imkonini beradi va u pirovard natijada bo‘lg‘usi ma’ruzaning sifatini oshiradi.
Uchinchi bosqichda 
0‘qituvchi talaba tayyorlab kelgan referatning mazmuni 
bilan tanishadi. Zaruriyat tug‘ilganda, unga savollar qo‘yish, talaba esa bu 
suhbatdan so‘ng tegishli tuzatishlar qilishi lozim bo‘ladi. Shuningdek
shunday savollarni ham berish kerakki, talaba bu savollarga 
0*7 chiqishida 
javob bersin. Ayni o ‘rinda talabaning seminarda ma’ruza qilish uslubi ham 
muhokama qilingani ma’qul.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, faqat ma’ruza bilan qatnashadigan 
talabalar bilan ishlab, boshqa talabalar nazardan chetda qolmasin. Balki 
guruhdagi barcha talabalar oldindan muhokama qilinadigan mavzular bilan 
tanish bo‘lishi, seminar mavzusi bilan aloqador leksiya va qo‘shimcha 
materiallar mazmuni ustida.ishlagan boMishi, mavzuga muvofiq ravishda 
olinayotgan bilimlami nazorat qilishga va mavzuni muhokama qilishga tayyor 
bo‘li&hlari lozim. Bunday seminar mashg‘uloti odatda muhokama qilinadigan 
mavzuning mohiyati va dolzarbligi leksiya materiali bilan bog‘lashni eslatish 
bilan boshlanadi. Shundan so‘ng talabalar o ‘rganilayotgan masalani 
muhokama qilishga faollashtiriladi, bilimlarini namoyish qila olishi aniqlanadi.


Bu ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: yo qisqacha javoblar talab qiluvchi va 
oldindan tayyorlab qo‘yilgan savollar bo‘yicha suhbat shaklida yoki tuzatish 
(korreksiya) test savollari asosida nazorat qilish orqali. Tajribalar shuni 
ko‘rsatadiki, bu har ikkala bilimlami yuzaga chiqarish usuli tezkor usul 
bo‘lib, seminaming ushbu bosqichini o‘tkazishning muhim samarali sharti 
hisoblanadi. Talabalar bilimlarini yuzaga chiqarish jarayonida ulaming egallagan 
bilimi keyingi seminarlarda va muhokamalarda qatnashishlari uchun yetarli 
ekanligi aniqlanadi. Talabalarda muhokamadan so‘ng ham bilimlar yetarli 
bo‘lmasa, o ‘qituvchining bayoni orqali yoki talaba bilan individual suhbat 
shaklida tushuntiriladi. Ulardan qay biri samara bersa, shunisidan foydalanilgani 
ma’qul. Keyingi variant nisbatan samarali bo‘lishi mumkin.
Bilimlar yuzaga chiqarilgan va ayrim tuzatishlar qilingandan so‘ng, 
talabalaming ma’ruza va axborotlar bilan chiqishlari tashkil etiladi. 0 ‘qituvchi 
talabaning materialni mantiqiy bayon qila olishini, uni bayon qilish usulini, 
talabalaming unga bo‘lgan e’tiborini kuzatib boradi. Ma’ruzaning mazmunini 
bayon qilish yoki muhokamaning borish jarayoni talabalami zeriktirib 
qo‘yganda yoki aksincha, undagi ayrim masalalaiga qiziqish kuchli bo‘lganda 
hamda uni muhokama qilish zaruriyati tug‘ilganda, hurmatini saqlagan holda 
ma’ruzachini biroz to ‘xtatib, seminami jamoa muhokamasiga aylantirish 
maqsadga muvofiqdir.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling