‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Birinchi guruhga maxsus motivlar taalluqli


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/160
Sana11.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1675673
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   160
Bog'liq
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar

Birinchi guruhga maxsus motivlar taalluqli. 
Ular talabalar tomonidan 
barcha hayotiy ehtiyojlami chuqur anglash, mutaxassis bo‘lib yetishishi 
uchun bilimlarni egallashning ijtimoiy zarurligini tushunishni qamrab oladi. 
Bu guruh motivlarini o ‘qituvchi kursning amaliy xarakteri va kasbiy 
yo‘nalganligini namoyish qilish orqali talabalaming tushunchalarini amalda 
qo‘llash yo‘li bilan kuchaytirishi mumkin.
Ikkinchi guruh motivlari 
о ‘quv fanlari va bilishga boMgan qiziqish bilan 
bogMangan. Bu guruh motivlari mohiyatini o ‘qituvchi talabalardagi o ‘quv 
fanlariga bo‘lgan qiziqishni bilish to‘g‘risidagi bilimlami shakllantirish orqali 
kuchaytirishi mumkin. Buning uchun leksiya jarayonida xatti-harakatlaming 
nam unaviy usullari, tush u n ch alar tizim in in g m antiqiy usullari, 
aniqlanmalar, xislatlar va boshqa isbotlovchi qurilmalaming «tushunchalar 
asosida xulosalar» xatti-harakatlari shakllanishining didaktik qimmatini 
belgilovchi o ‘quv materialiga urg‘u beriladi.
Talabalarda yuqorida bayon qilingan malakalarni shakllantirish uchun 
leksiyani o ‘tkazish uchun shunday tayyorgarlik ko‘rish ko‘zda tutilishi 
kerakki, ular tayyor bilimlami chaqqonlik bilan harakat usullariga aylantira 
olsin. Bu didaktik maqsadga erishish uchun talabalaming yechimlami qanday 
shakllantirishlariga, tushunchalar yechimining qanday usullari borligiga, u 
yoki bu ifoda qaysi talablar asosida qoniqtirilayotganiga, dastlabki omil, 
argumentlar hamda xulosalarga diqqatni jalb qilish lozim.
0 ‘qitishning bu metodini leksiya o ‘qishning axborot — tasviriy 
yondashuvdan, qisman ijodiy va ijodiy metodga o‘tish orqali amalga oshirish 
mumkin. Ular talabalarda leksiyaning turli bosqichlarida va sharoitlarida 
muayyan bilish mashaqqatlarini tug‘diradiki, ular o ‘qitish jarayonida awal 
shakllangan bilim va ko‘nikmalami joriy etish hamda qayta ishlash asosida 
muvaffaqiyatli hal kilinadi.
Talabalami ijodiy faoliyatga tayyorlash tizimida o ‘qituvchining leksiya 
jarayonida ularga e’tibor qaratishi, o‘quv-bilish faoliyatiga mos ko‘rsatmalami 
bera olishi muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda leksiyada o ‘quv fani 
mazmunining umumiy-ta’limiy qimmatini isbotlash bilan birga uning shaxs 
intellekti, dunyoqarashi, bilimlami tasniflash va qoMlash usullari, ulardan 
tejamli foydalanish hamda to‘g‘ri baholay olish tarbiyasiga ta’sir etishni 
ham isbotlash lozim bo‘ladi.
Shuningdek, bunday eksperiment (amaliyot), egallangan bilimlar
fikrlarni (xukmlarni) qurish usullarining haqiqiyligini tasdiqlashga 
qaratilganligi ta’kidlanishi lozim. 0 ‘quv mashg‘ulotlarining bunday borishi 
talabalarda ilmiy-nazariy tadqiqot va eksperiment o ‘tkazish malakasini 
shakllantiradi. Bu bilan ular ilmiy ijod kengligiga, ishchanlik muloqotiga


chiqadi, tadqiqotning bosqichlarini rejalashtiradi, uning maqsad va vazifalarini 
ifodalaydi, metodikasini ishlab chiqadi.
Muammoli o'qitishning talablar darajasidagi sifatini ta’minlash, talabalar 
tomonidan o‘zlashtiriigan axborotlar bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish 
va kengaytirish maqsadida 
seminarlar 
o‘tkazish mumkin.
Ma’lumki, bunday seminar o‘tkazishning dastlabki maqsadi m a’ruza 
yoki axborotni jamoa bo‘lib muhokama qilishdir. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling