‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/160
Sana11.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1675673
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   160
Bog'liq
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar

shartli ravishda 
o'quv axborotlarining bayonini muammoli boshlash 
deb nomlanadigan 
metoddir. M aterialni muammoli bayon qilish metodidan bu metod 
muammoli vaziyat faqat materialni bayon qilish boshidagina yaratilishi 
bilangina farqlanadi. Keyinchalik material axborot usulida bayon qilinadi. 
Albatta, bu metod yuqorida talabaning ijodiy izlanish faoliyati, ayniqsa, 
ijodiy metodida ko'ringan ko'nikmalami hosil qilishga imkoniyat bermaydi. 
Lekin talabalaming mashg'ulot ibtidosida olgan ilxomlari barcha materialni 
faol idrok qilishga, unga yuqori qiziqish uyg'otishga bevosita turtki beradi. 
Yuqoridagi barcha metodlar orasida bu metod o'zining oddiyligi bilan ajralib 
turadi
Muammoli vaziyatni tashkil qilishda quyidagi ehtimol ko'ringan didaktik 
maqsadlami hisobga olish zarur: o'quv materialiga talabalar diqqatini jalb 
qilish, ulaming bilishga bo'lgan qiziqishini uyg'otish, talabalaming bilish 
faoliyatini jonlantirish, ulami intellektual zo'riqish mashaqqatlariga olib 
kelish, talabalar tomonidan egallangan hoziigi bilim, malaka va ko'nikmalar 
kelajakda yuzaga keladigan bilishga bo'lgan talablarini qondira olmasligini 
ko'rsata bilish hamda talabalaiga o'quv muammolarini tahlil qilishga, uning 
yechilishidagi eng ratsional yo'llami aniqlashda yordam berish kerak.
O'quv jarayonidagi muammoli vaziyatning bir necha turlari farqlanadi:
1. Talabalar qo'yilgan vazifaning yechilish usulini bilmaydilar, muammoli 
savolga javob berolmaydilar.
2. Talabalar awal olgan bilimlarini yangi sharoitda, holatda foydalanish 
zaruriyatiga duch keladilar.
3. Vazifaning nazariy jihatdan yechilishi mumkin bo'lgan yo'li va 
tanlangan usulning amaliy jihatdan qo'llash qiyinligi orasida ziddiyat yuz 
beradi.
4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va talabalarda uni nazariy 
jihatdan asoslashga bilim yetishmasligi o'rtasida ziddiyat yuz beradi.
Adabiyotlarda muammoli vaziyat yaratishning quyidagi ko'p uchraydigan


usullari qayd qilinadi:

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling