‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O'quv muammosining muhim belgilari quyidagilar


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/160
Sana11.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1675673
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   160
Bog'liq
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar

O'quv muammosining muhim belgilari quyidagilar:
• 
yangi bilimlami shakllantirishga olib keladigan noma 'lumning qo'yilishi;
• 
talabalarda noma ’lumni topish yo'lida izlanishni amalga oshirish uchun 
zarur bo'lgan muayyan bilim zahirasining bo'lishi.
O'quv muammosini yechish jarayonida talabalar aqliy faoliyatining 
muhim bosqichi uning yechilish usulini ylab topish yoki gipotezaqo'yish 
hamda gipotezani asoslashdir.
O'quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi 
va bunda har bir savol uning hal qilinishida bir bosqich bo'lib xizmat 
qiladi.
Muammoning tarkibiy qismlari, ma’lum va noma’lumning o'zaro 
munosabati xarakteri bilimga bo'lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi va faol 
bilishga bo'lgan izlanishga undaydi.
Ta’kidlash joizki, 
muammoli o'qitishning zaruriy sharti talabalarda 
haqiqatni va uning natijasini izlash jarayoniga bo'lgan ijobiy munosabatni 
vujudga keltirish hisoblanadi.
Talabalaming muammoli o'qitishdagi ijodiy va qidiruv bilish faoliyati 
muammoli vaziyat paydo qilinganda talabalar mashg'ulotda 
muammoni 
ifodalab berishidan 
iborat bo'ladi, ya’ni bilishdagi qiyinchiliklarning paydo 
bo'lishi mohiyatini (ya’ni ushbu damda unga nima ma’lum bo'lsa) so'z 
bilan ifodalab beradi, so'ngra muammoning yechilish usullarini qidiradi va 
bunda turli tahminlarni olg'a suradi, talabalar haqiqiy deb topgan 
taxminlardan birini faraz sifatida asos qilib oladi va uni isbotlaydi. Izlanish 
muammo yoki vazifa bajarilgandan so'ng tugallanadi.
Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash 
mumkin: 
muammoli vaziyat — o'quv muammosi — o'quv muammosini 
yechish uchun izlanish — muammoning yechilishi.
Muammoli o'qitish mashg'ulotlarini tashkil etish va o'tkazishning muhim 
tomoni shundaki, bunda o'qituvchi uning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy 
funksiyasini yaxshi anglab olgan bo'lishi talab qilinadi. O'qituvchi hech


qachon talabalarga tayyor haqiqatni (echimni) berishi kerak emas, balki 
ularga bilimlami olishga turtki berishi, mashg‘ulotlarda va hayot faoliyatlarida 
zarur bo‘lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalami ongida qayta ishlashlariga 
yordam berishi lozim bo'ladi.
Muammoli 
0‘qitish bilimlami ongli va mustahkam o'zlashtirish, atrof- 
muhitga o'zining faol munosabatini belgilab olishda talabalar bilish faoliyatini 
jonlantirishda katta imkoniyatlaiga ega.
Muammoli o‘qitishda 
0‘qituvchi talabalaming bilish faoliyatini tashkil 
etadi, shundagina talabalar fanlarni tahlil qilish asosida mustaqil ravishda 
intellektual mashaqqatlarni hal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, 
qonuniyatlami shakllantirish hamda qo‘lga kiritilgan bilimlami yangi vaziyatga 
tatbiq etishga intiladi.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling