oddiy valyutada berilsa, foiz nisbatan past o'rnatiladi. Konvertir-
langan pul nufuzli bo'lgani uchun uni ishlatish o so n , undan
tezda daromad ko'rish mumkin.
Inflyasiya darajasi.
Inflyasiya yuz bersa, qarzga berilgan pul
egasiga qaytib kelgunicha o ‘z qadrini qisman yo'qotadi. Bunda pul
egasi yutqazadi. Shu sababli foiz inflyasiyani hisobga olib o ‘matiladi.
Foiz inflyasiya shiddatiga nisbatan to ‘g ‘ri mutanosiblikda o'zgaradi.
Pulni qarz berishdan ko‘ra boshqa yo‘sinda ishlatishdan
tushadigan daromad.
Bunda pul egasining afzal k o‘rish prinsipi
amal qiladi. Agar aksiya dividendi yuqori bo'lsa, foiz pasayadi va
aksincha. Agar aksiyaga 15% dividend berilsa, foiz undan yuqori
b o ‘lishi shart. Aks holda pul egasi uni qarzga bermay, aksiya sotib
olishni afzal ko'radi.
Qarz berishning xatar darajasi.
Agar qarzning qaytib kelishi
kafolatlansa, foiz past, agar bu xatarli b o'lib , qarz qaytishi
shubhali bo'lsa, foiz yuqori bo'ladi. Odatda, m oliyaviy baquw at
va nufuzli firmalar uchun foiz tayinlanadi. Yuqori va past foiz
o'rtasidagi farq pul egalari uchun m a’lum darajada qarz xatarini
kamaytiradi, chunki bir erda foizning kam ligi, boshqa erda uning
ortiq bo'lishi bilan qoplanadi.
8.3. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining
iqtisodiy samaradorligi
Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati.
B ozor iqtisodiyotiga
o'tish xo'jalik yuritishning oqilona yo'llarini izlab topishni talab
qiladi. Bu esa materiallar va xom ashyoni tejab-tergab sarflash,
Do'stlaringiz bilan baham: