Ўз бекистон Республикаси Олий ва Ўрта Махсус
Bitiruv ishning chizma qismi
Download 136.49 Kb.
|
Услубий Курсатма БМИ ИЧТБ Юлдашева
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining tushuntirish qismi
- V.Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibi.
Bitiruv ishning chizma qismi chizmalarning (sxemalar, diagrammalar, jadvallar va ko`rgazmali shakldagi tadbirlar) formati shartli belgilari shrift va masshtablari amaldagi GOSTlar talablariga muvofiq kelishi zarur. Odatda chizmalar A2 formatli qog’ozda, kamida 5 varaq hajmda qalamda bajariladi yoki texnika vositalari orqali ekranda ko`rsatiladi, slaydlar tayyorlanadi, shuningdek zaruriy qo`shimcha axborot yozilgan disketlar ilova etilishi mumkin.
Talabalarning bitiruv malakaviy ishi – O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus ta`lim vazirligi «Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining oliy o`quv yurtlarida bakalavr bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo`yiladigan talablar»iga to`la javob beradigan darajada yozilishi va tartibga solinishi kerak. Bitiruv malakaviy ishining tushuntirish qismi – 80-100 betdan iborat bo`lib, 10-15 ming so`z hajmida qo`lyozma tarzda bajarilishi shart: Mundarija - 1-2 bet Kirish - 2-3 bet I bob - 15-20 bet II bob - 30-40 bet III bob - 18-25 bet IV bob - 10-12 bet Xulosa - 2-3 bet Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati - 2-3 bet V.Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibi. Bitiruv malakaviy ishlari bo`yicha kafedrada maxsus ajratilgan xonada maslahatlar berib boriladi. Bitiruv malakaviy ishining bajarilishini doimiy ravishda kafedra mudiri nazorat etadi. Belgilangan muddatlarda talaba bitiruv malakaviy ishining bajarilishi haqida rahbar va kafedra mudiriga ma`lumot berib boradi. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bitiruv malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so`ng, ishni o`z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlaridagi yangiliklar va bitiruv malakaviy ishining boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Bitiruv ishini himoya qiluvchi talaba, himoya muddatidan 10 kun oldin kafedraga kelib yozilishi kerak. Bitiruv malakaviy ishni himoya qiluvchi talabaning DAK (Davlat Attestatsiya Komissiyasi)da qiladigan ma`ruzasi (yozma ravishda)12-15 minut davom etishi kerak. Ma`ruzadan so`ng taqrizchining fikri o`qiladi. Keyin esa DAK a`zolari talabaga savollar berishadi. Savol-javoblar himoya bayonnomasiga yozib qo`yiladi. Talaba savollarga qisqa va aniq javob berishi kerak. Agar talaba taqrizchiga qarshi biror fikri bo`lsa, u taqrizga javob berishga haqli hisoblanadi. Ximoya tugagach DAKning yopiq majlisida himoyaning natijalari muhokama qilinadi va DAK a`zolari ovozi bilan 5 balli sistema asosida bajarilgan ishning bahosi e`lon qilinadi. Talaba to`plashi mumkin bo`lgan maksimal ballar quyidagicha baholanadi: 5 baho - «besh» 4 baho - «to’rt» 3 baho - «uch» 2 baho - «ikki» Ishni baholashda mavzuning qay darajada yoritilganligi, barcha hisoblashlarning to`g’riligi va aniqligi, savollarga bergan javoblarga e`tibor berilishi kerak. Ma`lum miqdorda dekan tomonidan berilgan o`quv rejasi asosida o`tilgan fanlardan olgan baholari asosida talabaning institutda o`qish davomidagi umumiy darslarni o`zlashtirishini ham hisobga olish mumkin. Yuqori darajada bajarilgan ishlar DAKning bayonida qayd qilinadi. Bitiruvchiga bakalavr darajasining berilishi va himoyada olgan bahosi to`g’risidagi qarori DAKning raisi tomonidan hammaga o`qib e`lon qilinadi.U talabaning oliy o`quv yurtini tugatganligi uchun ixtisosligi bo`yicha diplom olishiga asos bo`ladi. Download 136.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling