Ўз бекистон Республикаси Олий ва Ўрта Махсус
Download 136.49 Kb.
|
Услубий Курсатма БМИ ИЧТБ Юлдашева
- Bu sahifa navigatsiya:
- III bob.
- Bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida
- Bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobida
Kirish.
I bob. Tanlangan mavzuning yo`nalishlari bo`yicha nazariy asoslanishi va uslubiy asoslari. II bob. Tahlil qilinayotgan korxonaning rivojlanish tarixi, ishlab chiqarish, moliyaviy faoliyati ko`rsatkichlarini tahlil qilish, korxona va tashkilotlarning tashkiliy va ishlab chiqarish strukturalarini takomillashtirish bo’yicha tahlillar olib borish, strategik va innovatsion yondashuvlarni qo’llash. III bob. Takliflar va tadbirlar. II bob tahlili asosida mavzuni takomillashtirish bo`yicha takliflar kiritish va ularning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligini hisoblash. IV. bob. Hayot xavfsizligi va mehnat muhofazasi Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. Kirishda mavzuning hozirgi davrdagi dolzarbligi, ishning maqsadi, vazifalari, ob’yekti aniq va to`g’ri yoritilishi kerak. Bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida ishning mavzusi yoritilgan ilmiy va amaliy adabiyotlar umumlashtiriladi, mohiyati yoritiladi, berilgan yo`nalishlarning dolzarbligi ko`rsatiladi. Ishning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar mahkamasi qarorlari bilan bog’liqligini ko`rsatilishi zarur. Agarda, ilmiy adabiyotlarda qandaydir savolga mualliflar turli nuqtai - nazardan qarashsa, u holda talaba ularning har birini yoritish va o`z fikrini bildirishi lozim. Shuningdek, tegishli iqtisodiy qonunlarning mohiyati, namoyon bo`lish ob`yektivligi va ularni ishlab chiqarish korxonalariga qo`ygan talablari ochib beriladi. Shu maqsadda ilmiy monografiya va risolalardan keng foydalanish mumkin. Ushbu nazariy asoslashlar keyingi boblarda bayon qilinadigan amaliy holat, muammo va kamchiliklarni mavzuga oid o`tkaziladigan tahlil bilan bog’lash va to`la yoritilishiga asos bo`lishi kerak. Bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobida tanlangan mavzular asosida tahlil qilinadigan korxonaning (firmaning) tarmoq masshtabidagi faoliyat darajasi keltiriladi. Tahlil qilinayotgan korxonaning rivojlanish tarixi, ishlab chiqarish, moliyaviy faoliyati ko`rsatkichlarini tahlil qilinadi, korxona va tashkilotlarning tashkiliy va ishlab chiqarish strukturalarini takomillashtirish bo’yicha tahlillar olib boriladi, strategik va innovatsion yondashuvlar qo’llaniladi. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarining iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitidagi faoliyat tendensiyalari, moliyaviy xo`jalik holati, kamchiliklari va muammolari batafsil yoritiladi, tahlil qilinadi. Shuningdek, firmaning (korxonaning) maqsadga erishish yo`llari va texnologiyasini ochib berish, yechimini topish mexanizmi masalalarini tahlil qilish usullari ko`rsatiladi. Download 136.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling