Ўз бекистон Республикаси Олий ва Ўрта Махсус
I.Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari
Download 136.49 Kb.
|
Услубий Курсатма БМИ ИЧТБ Юлдашева
I.Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari
Bitiruv malakaviy ishni bajarish - oliy ta’lim muassasalari bakalavriatida talabalarni o`qitishning yakuniy bosqichidir. Zamonaviy ta`lim sharoitida talabalarning qobiliyati, ongini va ko`nikmalarini o`stirish, ilmiy - amaliy bilimlarini chuqurlashtirish va faollashtirish muammosi muhim ahamiyatga ega bo`lib, o`z kasbiga bo`lgan qiziqish va mas`uliyatni oshishiga yordam beradi. Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni hal etishda qo`llash, ijodiy ishlash, muammo yoki masalaning o`qitish jarayonidan boshlab, uni to`la nihoyasiga yetkazish bo`yicha qaror qabul qilishda bo`lgan mas`uliyatni his etishga o`rgatish, ishlab chiqarish ta`limini tashkil etish va o`tkazish, baholash uslubiyotini ishlab chiqish, talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish bo`yicha ularda bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Shuningdek bo`lajak iqtisodchi-menejerlarda mustaqil izlanish va ijodiy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Bitiruv malakaviy ishi talabalarning iqtisodiy fanlardan olgan nazariy, amaliy bilimlarini va olgan bilimlardan korxonalarni tashkil etish va boshqarishda samarali qo’llashga xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishning bajarilish sifati, unda qo`yilgan savollarning talabalar tomonidan o`zlashtirilishi va himoya darajasiga qarab davlat attestatsiya komissiyasi bitiruvchiga ta`lim yo`nalishi bo`yicha iqtisodchi-menejer bakalavr malakasini berish haqida qaror qabul qiladi. Bitiruv malakaviy ishdagi hisob-kitoblarning to`g’riligiga talaba - ishning muallifi javob beradi. Bitiruv malakaviy ishning mavzulari kafedrada tasdiqlanadi va himoyadan 9 oy oldin tarqatiladi. Talaba rahbar tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilgan ishlarni ko`rsatishi shart va bu ma`lumotlar kafedradagi bitiruv ishlarning bajarilish grafigiga kiritiladi. Bitiruv malakaviy ishining tahliliy qismini bajarishda quyidagi materiallardan foydalanish mumkin: menejment va iqtisodiy fanlarning ayrim yo`nalishlari bo`yicha ilmiy ommabop iqtisodiy adabiyotlar, korxona strategiyasi, korxona iqtisodiyoti bo`yicha qaror, qonun va farmoyishlar, ma`lumotnoma, standartlar to`plami, me`yoriy hujjatlar, zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari potok chiziqlari katalogi, respublika, mintaqa qimmatli qog’oz va fond bozorlaridan olingan ma`lumotlar, iqtisodiy gazeta va jurnallar. Bitiruv ishining asosiy materiali bo`lib talabalarning malakaviy amaliyotida olgan ma`lumotlari xizmat qiladi, ya`ni korxonaning statistik hisobotlari va tashkiliy tuzilishi, boshqaruvchilarning funktsional vazifasi va h.k. Bitiruvchi bakalavr yo`nalishi maqomiga erishishida va bitiruv malakaviy ishni bajarishda ishning ob`ekti bo`lgan korxona yoki firmaning faoliyatini o`rganib, tahlil qilish orqali baholab va natijalar asosida tegishli xulosalarga erishib, materiallarni yig’ib, qayta ishlab chiqadi va amaliy ishni bajaradi. Bitiruv malakaviy ishning ob`yekti mulkchilikning turli shaklidagi ishlab chiqarish korxonalari, firmalar, qo`shma korxonalar, birjalar, banklar va tadbirkorlikning boshqa sub`yektlari ham bo`lishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishini bajargandan keyin talaba quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallashi kerak: korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va boshqarishni o`rganish; o`quv amaliyotini ishlab chiqarish ta`limini tashkil etish va o`tkazish; ishlash jarayonida axborot texnologiyalarini samarali qo`llash; ishlash jarayonida hisobot shakllarini o`rinli qo`llash; ishni bajarish jarayonida olingan bilimlarni yanada mustahkamlash va malakasini oshirish. Download 136.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling