Ўз бекистон Республикаси Олий ва Ўрта Махсус


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Download 136.49 Kb.
bet6/9
Sana23.06.2023
Hajmi136.49 Kb.
#1651224
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Услубий Курсатма БМИ ИЧТБ Юлдашева

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati bitiruv malakaviy ish oxirida keltiriladi. Uni tuzishda keltiriladigan adabiy manbalarni joylashtirishning quyidagi ketma-ketligiga rioya qilish lozim:
1. O`zbekiston Respublikasi qonunlari.
2. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va farmonlari, Respublika vazirlar mahkamasi qarorlari.
3. Darsliklar, o`quv qo`llanmalar va boshqa manbalar. (mualliflar ismi, sharifi alfavit tartibida).
4. Xorijiy adabiyotlar (chet va rus tillarida).
5. Korxonalar ma`lumotlari.
6. Internet saytlari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati bitiruv malakaviy ishi matnida keltirilgan yoki esga olingan barcha adabiyotlar va ma`lumotlar manbalarini o`z ichiga olishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini alfavit tartibida guruhlab, har bir adabiy manbaga tartib raqami beriladi. Materialni alfavit tartibida joylashtirish, kitoblar va maqolalarni muallif ismi sharifi va kitoblar nomi (maqolalar to`plami, jamoa monografiya va boshqalar) alfavit bo`yicha guruhlashni ko`zda tutadi.
Matnda adabiy manbani dalil qilib keltirish kvadrat (to`g’ri) qavs ichida, ushbu manbaning adabiyotlar ro`yxatidagi tartib raqamini yozish orqali amalga oshiriladi.
Talaba ish jarayonida tanishgan, ammo bitiruv ishida ishlatmagan, shuningdek maxfiy materiallar yoki «xizmat bo`yicha foydalanish uchun» mo`ljallangan nashrlar ro`yxatda ko`rsatilmaydi.
Ro`yxatda adabiy manbalar kuyidagi ma`lumotlarga ega bo`lishi shart: muallifning ismi, sharifi, sarlavhasi, nashr joyi, nashriyot va nashr yili,
ilmiy axborotlar, ishlar, ro`znomalardan maqolalar, kitoblar singari.
Bitiruv malakaviy ishida iloji boricha oxirgi 5 yilda nashr etilgan adabiyotlar, ilmiy ishlardan hamda internet yangiliklaridan foydalanish tavsiya qilinadi.


IV.Bitiruv malakaviy ishini rasmiylashtirish.

Bitiruv malakaviy ishni yozganda har bir mustaqil ishga qo`yiladigan talablar bilan bir qatorda (ish mazmunining mavzu va rejaga mosligi, mantiqiyligi, bayon qilishning aniqligi, tushunarliligi va ixchamligi) alohida e`tibor statistik va hisob jadvallar to`g’riligi va puxtaligiga qaratilishi lozim. Har bir hisoblashga qisqacha aniq tushuntirish berish lozim. Hisoblashlarda keltiriladigan dastlabki ma`lumotlar, normativlar, formula va koeffitsientlar manbaga tayanish bilan asoslanishi yoki shunga muvofiq fikrlar bilan mustahkamlanishi lozim. Barcha harfli ifodalar (indekslar) umumiy qabul qilingan belgilashlarga mos kelishi va ish davomida bir xil bo`lishi lozim.


So`zlarni qisqartirish, umumiy qabul qilingan hollardan tashqari, ruxsat etilmaydi. Texnik va iqtisodiy atamalarning to`g’riligiga rioya qilish kerak. Bitiruv malakaviy ish umumiy hajmi 10-15 ming so`z atrofida qo`lda ko`k rangli ruchka bilan, aniq tushunarli xat bilan, tuzatishlarsiz yozuv qog’ozining faqat bir betida yoziladi. Varaqning chap tomonida 2 sm.li toza joy muqovalash uchun, yuqori, pastki va o`ng tomonidan 0,5 sm qo`yiladi. (Ilova №4,5).
Bitiruv malakaviy ish quyidagi ketma-ketlikda rasmiylashtiriladi: Belgilangan shakldagi birinchi (sarlavhali) varaqdan (1 ilovaga qarang) so`ng varaq joylashtiriladi (2-ilovaga karang), keyin bitiruv malakaviy ish buyicha topshiriq (3-ilova), rahbar taqrizi, tashqi taqriz, mundarija va matn joylashtiriladi. Birinchi sarlavhali varaqa va titul varaqasi komp’yuterda yoziladi.
Mundarija ishning tuzilishini aks ettirib, uning ruknlanishi va ruknlarning (sarlavhalar) aloqasini ko`rsatishi kerak. Ruknlashtirish deganda matnning boblarga, paragraflarga, punktlarga va ichki punktlarga bo`linishi ko`zda tutiladi.
Boblar tartib raqamiga ega bo`lib, raqam va undan so`ng nuqta bilan belgilanadi.
Bitiruv ishlari muqovalanadi.
Bitiruv malakaviy ish himoya qilish vaqtida osiladigan yoki slaydlar orqali ko`rsatiladigan diagrammalar, grafiklar, jadvallar albatta ishning matnida bo`lishi zarur (kichik masshtabda, oddiy yoki millimetrli qog’ozda, ishning oxirida yoki ilovada berilishi mumkin). Barcha ko`rgazmalar arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Ko`rgazmalar nomlanishi va ba`zi hollarda tushuntiruvchi ma`lumotlari bo`lishi kerak.
Barcha jadvallar arabcha raqamlar bilan belgilanishi va zarurat tug’ilganda mavzu nomlariga ega bo`lishi mumkin, masalan,«2-jadval» yozuvini jadvalning eng yuqori qismida joylashtirib, uning tagiga jadval nomi joylashtiriladi, so`ngra esa umumiy yoki asosiy o`lchov birligi yoziladi.
Matnda har bir formula arabcha raqamlar bilan belgilanib, raqam formulaning o`ng tomonida qavs ichida yoziladi.
Belgilar va sonli koeffitsientlarning mohiyati formulaning tagida yangi satrdan formulaga mos ketma-ketlikda berilishi lozim. Tushuntirishning birinchi satri «bundagi» so`zidan ikki nuqtasiz boshlanishi zarur. Bitiruv ishi matni varaqlari tartib raqamlari bilan belgilanib boriladi (mundarija 1-betidan boshlab). Titul varaqasi hisobga olinmaydi.

Download 136.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling