Z. N. Yulchiyeva, N. A. Mirashirova, sh. D. Usmanova, G. G. Kuvandikova, I. N. Mustafaeva, D. F. Hamroqulova kasbiy psixologiya oliy texnik ta’lim yo’nalishlari uchun darslik Toshkent 2021
Download 0.6 Mb.
|
KASBIY PSIXOLOGIYA ma\'ruzalar matni zo\'ri shu maydalash kerak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik psixologiya
- Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani sifatida .
Yosh davrlar psixologiyasi - ontogenezda shaxs tug’ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o’rganuvchi psixologiya tarmog’i. Yosh psixologiyasi psixologiyaning turli yosh bolalik, o’smirlik, o’spirinlik va boshqa bosqichlaridagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi maxsus sohasi.
Pedagogik psixologiya- shaxsga ta’lim-tarbiya berishning qonuniyatlari va muammolarini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya psixologiyaning yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning psixologik muammolarini o’rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya pedagogikaning ilmiy asoslaridan biri bo’lib, pedagogika nazariyasi va amaliyotini tashkil qilish uchun zarur bo’lgan psixologiyaga oid fakt hamda qonuniyatlarni aniqlaydi. Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini alohida ta’kidlash lozim. E. A. Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub’ekt sifatida faoliyat ko’rsatishi va shakllanishi sohasidagi vazifalarni echish usullari, yo’llari va sharoitlarini o’rganuvchi psixologiya yo’nalishidir. Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o’rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanish sifatida ko’rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarning psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo’yiladigan psixologik talablarni o’rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi bo’limidan iborat. Mutaxassislikning turli ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy hulq muhim axamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi o’rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o’rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o’rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo’lgan ta’sirini o’rganadi. Kasb psixologiyasining muhim jihatlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o’rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat. Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani sifatida. Kasbiy psixologiya fani ham ma’lum bir psixologik qonuniyatlarni o’rganadi va ularni amalda qo’llash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. Psixologik qonuniyat u yoki bu ruhiy hodisani keltirib chiqaruvchi va rivojlantiruvchi sabab bilan natijaning ichki bog’liqligidan iboratdir. Bunday psixologik qonuniyatlardan biri ma’lum sharoitda u yoki bu ruhiy hodisaning takror namoyon bo’lishidir. Psixologik qonuniyatlarni bilish – muayyan psixik hodisani tushunish, oldindan ko’ra olish va ularni qayta tiklash imkonini beradi. Shuningdek, muxandis xodimlariga fuqarolarning ruhiy faoliyatlari umumiy xususiyatlarini chamalab ko’rishga, fikr yuritish va xulq-atvorlarini belgilashga, ayniqsa, jinoyatchi shaxsining qilmishlarini ochish ishlarini tashkil qilishda xatoga yo’l qo’ymasliklarida yordam beradi. Har bir xodim shaxsning individual xususiyatlarini, sof tasodifiy holatlarni keltirib chiqaradigan boshqa narsalarni hamisha o’rganib borishi va hisobga olishi shart. Psixologik qonuniyatlar umumiy va juz’iy bo’lishi mumkin. Umumiy qonuniyatlar hamma shaxslarga yoki ko’pchilikka aloqador bo’lishi mumkin. Masalan, hamma shaxslarda sezgilarning intensivligi (tez, jadal) qo’zg’atuvchining kuchiga nisbatan (o’rtacha kuchiga nisbatan) logarifma mutanosibligida o’sib boradi. Juz’iy qonuniyatlar ba’zi yoshdagi kasb egalari va ba’zi toifadagi shaxslarga xos qonuniyatlardir. Masalan, o’smirlarda abstrakt fikrlashning tezlik bilan rivojlanishi hamma shaxslarga emas, faqat o’smirlarga xos bo’lgan juz’iy qonuniyatdir. Psixologik qonuniyatlarni jiddiy o’ylab tashkil qilingan hamda rejali ravishda olib boriladigan tekshirishlar orqali aniqlash mumkin. Qanchalik murakkab bo’lishidan qat’i nazar, ko’pgina psixologik tekshirishlar mutaxassis uchun tushunarlidir va ularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin. Psixologik qonuniyatlar jarayonini ba’zi asosiy bosqichlarga ham bo’lish mumkin. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling