Z. N. Yulchiyeva, N. A. Mirashirova, sh. D. Usmanova, G. G. Kuvandikova, I. N. Mustafaeva, D. F. Hamroqulova kasbiy psixologiya oliy texnik ta’lim yo’nalishlari uchun darslik Toshkent 2021
Download 0.6 Mb.
|
KASBIY PSIXOLOGIYA ma\'ruzalar matni zo\'ri shu maydalash kerak
Birinchi tendentsiya muxandis xodimlarini jamiyatda mavjud shaxs sifatida tan olib, uning shaxsiy individual psixologik xususiyatlarini o’rganish, ya’ni uni psixologik jihatdan tavsiflash, tasniflashdir. Buni xodimning injener mehnati psixologiyasi nuqtai nazaridan talqin qilish mumkin. Ya’ni, muxandis mehnat huquqni qo’llash faoliyatining psixologik qonuniyatlarini tadqiq etadi va muxandislikka oid mutaxassisliklar professiogrammalarni, texnik usul va mahoratni, mutaxassislik ko’nikmalari va malakalarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishni, muxandislik faoliyati shakllari va boshqaruvini, mutaxassislik yo’nalishini, mutaxassislikka tanlovni; muxandislik idoralari xodimlari shaxsini shakllantirish va ixtisoslikka oid tarbiyalashni, mutaxassislik deformatsiyasi (buzilishi) va uning oldini olish, ish joyini, ish vaqtini to’g’ri tashkil etishini va boshqa masalalar bo’ycha ularning psixologik asosini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Ikkinchi tendentsiya muxandislar xizmat faoliyatining ob’ekti va predmetini tashkil etuvchi shaxslar psixologiyasini har tomonlama o’rganish. Bu tendentsiyaning echimi muxandis xodimlar zimmasiga yanada murakkabroq bo’lgan vazifalarni yuklaydi2. Bu ikki tendentsiya muxandisxodimlari faoliyatida shaxs muammosini psixologik jihatdan chuqur o’rganishni taqozo etadi. Muxandis xodimlar faoliyatida shaxs muammosini o’rganishning bu ikki tendentsiyasi rasman ikki xilda ko’rinsa ham uning echimi bir nuqtaga, ya’ni mamlakatimizda yashab mehnat qilayotgan shaxslarning psixologiyasini o’rganib, jamiyatda barqarorlikni ta’minlashga kelib taqaladi. Bu har ikki tendentsiya uchun ham ustuvor vazifa hisoblanadi. Muxandis shaxsining psixologik tuzilishi etarli darajada o’rganilmagan. Uning psixologik tuzilishi quyidagi masalalarning hal qilinganligi darajasiga bog’liq. Birinchidan, muxandis davlat xizmatchisi sifatida mavjudmi, mavjud bo’lsa, unga qanday majburiyatlar yuklangan va qanday vakolatlar berilgan? Bizning davlatimizda bu masala etarli darajada hal qilingan. Masalan, ishlab chiqarish jarayoni mavjud, u har doim takomillashib bormoqda. Ikkinchidan, muxandislar o’zaro va fuqarolar bilan bo’ladigan munosabatlari qanday ijtimoiy normalarga asoslangan? Bu masala ham ijobiy hal qilingan bo’lib, u qonunchilikka hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan. Uchinchidan, muxandislarning kasbiy va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik darajasi qanday yo’lga qo’yilgan? To’rtinchidan, xodimlarning har bir ijobiy xatti-harakat qanday baholanadi? Mana shu masalalarning qonuniylik, adolat, axloqiylik mezonlari bilan hal qilinishi muxandislarining psixologik tuzilishini belgilaydi. Psixolog olimlar shaxsning psixologik tuzilishini quyidagicha talqin qiladilar. Masalan, atoqli rus psixologi S.L.Rubinshteynning fikriga ko’ra, shaxs psixologiyasi quyidagi tuzilishga ega: yo’nalganlik, u ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi; bilimlar, ko’nikmalar, malakalar hayot va faoliyat jarayonida egallanadi; individual tipologik xususiyatlar temperament, irodada aks etadi. K.K.Platonov ta’limotiga ko’ra, shaxs psixologiyasining tuzilishi quyidagilarni o’z ichiga oladi: Yo’nalganlik kichik tizimi (ost tuzilish) shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko’lam (hajm) darajalarini farqlash lozim. Ijtimoiy tajriba kichik tizimi (ost tuzilishi) ta’lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko’nikmalar va odatlarni qamrab oladi. Psixologik aks ettirish shakllari kichik tizimi (ost tuzilishi) ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlarini o’z ichiga oladi. Biologik shartlangan kichik tizimi (ost tuzilishi) miyaning morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq bo’lgan patologik o’zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xosiyatlarini birlashtiradi. A. G. Kovalev talqiniga ko’ra, shaxs psixologiyasi quyidagicha tuzilishga ega: Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling