borgandagina, ya’ni uni nazariy qayta ishlagandagina haqiqiy
mutaxassisga aylanadi.
Pedagogik oliy o‘quv yurtida yoki kollejda psixologiya fanidan
dars bemvchi o ‘qituvchi kim? U bir tomondan, tadqiqotchi,
ikkinchi tomondan, psixolog-amaliyotchi. Shu tufayli unga ham ilmiy
tadqiqot faoliyatiga, ham amaliy yordam faoliyatiga mutaxassis uchun
psixologik bilimlar manbai va ulardan pedagogik faoliyatda foydalanish
usullari manbai boiib xizmat qiladi.
Psixologiyani o ‘qitishdagi asosiy muammolardan biri taiim
oluvchilar tomonidan psixologik tushunchalaming o‘zlashtirilishi
muammosidir. Psixologiya o ‘qitish metodikasi sohasidagi yirik
mutaxassis B.Ts.Badmayevning ko‘rsatishicha, psixologiya fani
bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihonlarda eng ko‘p uchraydigan kamchilik
talabalaming psbcologik kategoriya va tushunchalar bilan mantiqiy
fikrlay olmasligi, o‘z bilimidan real psixologik hodisalami tahlil
qilish va baholashda foydalana olmasligidan iborat. Ushbu holat
I.A.Domashenko va T.A.Rotanova tomonidan ham qayd etiladi.
I.A.Bayevaning fikricha, talabalaiga ilmiy atamalar va tushunchalami
tushuntirishning qiyinligiga sabab psixologiya o‘qituvchisining
2
xil
til — o‘zining ilmiy tili va boshqa odamning kundaUk muloqot tili
o‘zaro ta’siiga kiritadigan vaziyatga tushib qolishidir. Tadqiqotchi
ilmiy tushunchalami o ‘rganishning ma’lum ketma-ketligini taklif
etadi. Uning taklif qilishicha, dastlab tushunchaga mavhum, mantiqiy
tafakkurga mo‘ljallangan ilmiy tilda batafsil ta’rif beriladi. Keyin
tushunchaning qisqacha mazmuni, asosiy mohiyati, ma’nosi
keltiriladi. Shundan so‘ng tushunchaga oid “obrazlar” taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |