o‘quvchi psixologiyasi bo‘yicha bilimlarini chuquriashtiradi va uning yosh
davriari psixologiyasi masalalariga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Quyida umumiy psixologiya, yosh davrlari va pedagogik
psixologiyadan o ‘tkaziladigan laboratoriya va am aliy
mashg‘ulotlarning taxminiy ishlanmalari keltiriladi. Umumiy
psixologiya bo‘yicha o ‘tkaziladigan ayrim mashg‘ulotlar so‘nggida
talabalaming aqliy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan savol-vazifalar
keltirilgan.
0
‘qituvchi ulami og‘zaki muhokama etish yoki yozma
javob qaytarish uchun taklif etishi mumkin.
21.2. Umumiy psixologiyadan Iaboratoriya va amaliy
mashg‘ulotlarni o‘ikazish
Laboratoriya mashg‘uloti № 1.
Psixologiya metodlari.
1. Talabalar bilan psixologiyada metod, metodika va metodologiya
tushunchalarining ma’nolarini muhokama qilish.
2. Talabalarga ayrim so‘rovnomalar namunalarini tahlil qilishni
taklif etish.
3. Test metodini o‘iganish maqsadida talabalar qo‘liga SHTUR (yoki
MATT — maktab aqliy taraqqiyot testi) testini berish. Agar har bir
talabaga ushbu yoki boshqa testni berish imkoniyati bo‘lmasa, test savollarini
o‘qib berish, talabalar esa barcha savollaming taitib raqamlarini qo‘yib,
tegishli variantlar yoidamida javob beradilar va javoblami tegishli tartib
raqami oldiga yozib qo‘yadilar. Ish so‘ngida o‘qituvchi test kalitini beradi.
Savollar-vazifalar:
1
. Nima uchun kuzatish va eksperiment metodlari psixologiyaning
asosiy metodlari boiib hisoblanadi?
2. Inson psixikasini o‘rganishning metodlari haqidagi quyidagi
fikrlami o ‘zaro solishtiring. .Ulaming qaysilariga qo‘shilasiz, qaysi
Do'stlaringiz bilan baham: |