Bog‘cha yoshidagi bolalar tafakkur (fikr yuritish) jarayonida
ayni shu chog‘da idrok qilayotgan narsalargina emas, balki ilgari
idrok qilgan narsalariga ham tayana oladilar. Masalan, bolaga ilgaridan
ma’lum bo‘lgan biron topshiriq yoki savol berilsa, u o ‘z tasawuriga
asoslanib, qiynalmay, darhol javob qaytaradi. Chunonchi 6 yoshli
bir boladan “yong‘oq suvda cho‘kadimi yoki oqadimi?” deb
so‘ralganida, u “oqadi” deb javob beigan. Bolaning to‘g‘ri javob
beiganligiga sabab shundaki, u o‘z tajribasida yong‘oqni suvga tashlab
ko‘rgan. Ana shu tarzda bog‘cha yoshidagi bolalarda induktiv va
deduktiv xulosa chiqarishning eng sodda sharllari yuzaga kela boshlaydi.
1 0 .5 . S a b a b -o q ib a t b o g ‘lanish larin in g shakllanishi
Bog‘cha yoshidagi bolalar tafakkuming xarakterli xususiyatlaridan
biri ular tafakkurining hamon konkret obrazli bo‘lishidir. Ular
o‘zlarining mulohazalarida abstrakt tushunchalaiga emas, balki konkret
faktlaiga asoslanadilar. Shuning uchun ular abstract tusda berilgan
oddiy vazifalami hal qila olmaydilar. Biroq, bog‘cha yoshidagi bolalaida,
xususan katta guruh bolalarida, ayrim narsa va hodisalaming muhim
www.ziyouz.com kutubxonasi
belgilariga qarab, umumlashtirish qobiliyati yuzaga kela boshlaydi.
Masalan, katta guruh bolalari olma, o‘rik, nok, olcha, olxo‘ri, uzum,
anor, behi va anjirlaming rasmlarini to‘plab, meva deb ataydilar. Ular
endi meva degan umumiy tushunchadan o ‘z nutqlarida erkin foydalana
oladigan bo‘ladilar. Bog‘cha bolalari xilma-xil rasmli lotolar bilan
ynash jarayonida ana shunday umumlashtirishga o‘igana boshlaydilar.
Bunday o‘yinlarda ba’zan tarbiyachining aralashuvi va bolalaiga
Do'stlaringiz bilan baham: |