Z nishanova, G. Alimova
8.3. 0 ‘quv faoliyati rivojlanishining asosiy xususiyatlari
Download 485.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G
46
8.3. 0 ‘quv faoliyati rivojlanishining asosiy xususiyatlari A. P. Usova bog'cha yosh davridagi bolalar tomonidan o‘quv faoliyati o ‘zlashtirilganligining aniq belgilarini ko ‘rsatadi^ 0 ‘zlashtirishning uch saviyasi ajratilib, ular o ‘quv faoliyati rivojlanganligining turli darajalarini xarakterlaydi. 1-darajasi. Bilish faoliyati barcha jarayonlarining mahsuldorligi va maqsadga qaratilganligi bilan o'qishga nisbatan faol va qiziquvchan munosabat, o'zining harakatlarini nazorat qilish va erishilgan natijalarini baholash qobiliyatiga egaligi bilan farqlanadi. 0 ‘zlashtirilganlar asosida bolalar amaliy va aqliy faoliyatida qurbi etadigan vazifalami echa oladi. 2-darajasi - kuchsizroq. 0 ‘quv faoliyatini egallashning barcha ko‘rsatkichlari etarli rivojlanmagan. Lekin shu bilan birga bolalar ta’limidagi ba’zi bir ehtimoliy og'ishishlar ham bundan mustasno emas. 3-darajasi. Mashg‘ulotlarda tashqi intizomning o‘quv faoliyati shakllanishidagi boshlang’ich davr. 47 SENSOR TARBIYA TIZIMINING PSIXOLOGIK ASOSLARI Sezgi o‘z mohiyati jihatidan birmuncha sodda psixik jarayon (aks ettirish jarayoni) bo‘lishiga qaramay, barcha bilimlarimizning asosiy manbaidir. Narsa va hodisalaming ayrim belgilari, xususiyatlarini aks ettirishdan iborat bo'lgan sezish protsessining fiziologik mohiyati mashhur fiziolog I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlaming analizatorlar haqidagi ta’limotlarida atroflicha ochib berilgan. Akademik I.P.Pavlov organizmning hissiy aks ettirish apparatlarini analizatorlar deb ataydi. Mana shuning uchun har bir sezgi organi analizatorlaming barcha qismlarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, akademik I.P.Pavlov ta’limotiga ko‘ra, har bir analizator asosan uch qismdan iborat: 1) tashqi ta’sirlami qabul qilib oluvchi periferik qism (bu odatda retseptor deb yuritiladi); 2) taassurotni markazga olib boruvchi (afferent) va markazdan tegishli javob reaktsiyasini olib qaytuvchi (efferent) nerv tolalari; 3) analizatoming orqa yoki bosh miyadagi markaziy qismi. Sezgi mana shu qismlaming yaxshi va ravon ishlashiga bog'Iiqdir. Analizatorlaming bironta qismi ishdan chiqsa, sezish bo‘lmaydi. Demak sezishning fiziologik asosida analizatorlar ishidan iborat bo'lgan organizmning reflektor faoliyati yotadi. Analizatorlaming asosiy vazifasi organizmga ta’sir etayotgan turli qo‘zg‘ovchilami ayrim bo‘laklarga ajratishda, ya’ni analiz qilishdan iboratdir. Shuning uchun ham sezgi oiganlari analizatorlar deb ataladi. Sezgi va idrok rivojlanishi boshqa, tobora qiyinroq bo'lgan bilish jarayonlarining (xotira, xayol, tafakkur) paydo bo‘lishi uchun zamin yaratadi. Rivojlantirilgan sensorika zamonaviy odamning amaliy faoliyati takomillashuvining asosidir. Sensor tarbiya haqidagi sobiq sovet psixologlarining fikri g’arb olimlari fikrining psixologik asoslaridan printsipial tarzda farq qiladi. Har ikki tomon nuqtai nazarlari, awalambor, bola sezgisi va idroki rivojlanishini harakatga keltiruvchi sabablar va ularning bu jarayondagi tarbiyaviy rolini tushuntirishda farqlanadi. Ko‘pgina g’arb Download 485.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling