Z nishanova, G. Alimova
Mehnat faoliyatining bola ruhiyatiga ta’siri
Download 485.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G
7.3. Mehnat faoliyatining bola ruhiyatiga ta’siri
Bog'cha yoshidagi bolalar xatti-harakatlari motivlarining rivojlanishida axloqiy motivlarning roli nihoyatda kattadir. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu yoshdagi bolalarda ijtimoiy axloqiy qoidalarga rioya qilish motivlari katta o’rin tutadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ana shunday motivlar bilan birga o‘z-o‘zini anglash, o‘zining xatti- harakatlariga baho berish ham tarkib topa boshlaydi. Masalan, “Uch ayiq”, “Uycha”, “Aka-uka bahodirlar” kabi hikoyalami ifodali qilib o‘qib berish yoki instsenirovka qilish orqali bolalarda o‘z-o‘zini anglash va o‘z xatti-harakatlariga baho berish tarbiyalab boriladi. 43 VIII - BOB 0 ‘QUV FAOLIYATI 8.1. 0 ‘quv faoliyatiga umumiy xarateristika 0 ‘quv fa o liy a ti m uam m osi — yosh va pedagogik psix o lo g iy an in g m ark aziy m u m m o larid an d ir. B og‘cha muassasalarida bolalarni o'qftishga bizning mamlakatimizda boshlang‘ich maktab ta’limiga tayyorlov pog‘onasi sifatida qaraladi. Shu sababli “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilanganidek, bog'chadagi ta’lim uzluksiz ta’limning dastlabki bosqichidir. Nemis psixologi O.Kronning fikricha, uch yashar bola unga berilayotgan bilimni o‘zlashtirishga, yani ta’lim olishga qodir. V.Shtern esa qarama-qarshi nuqtai nazarni ilgari surdi. Uning fikricha, hayotining dastlabki olti yilida bola olgan bilimlar o ‘ziga xos tarzda egallanadi. Bog'cha bolasi hali “o‘qish uchun anglanilgan irodaga ega emas, maktab o‘quvchisi uchun esa o‘qish berilgan materialni ongli tarzda o ‘zlashtirish niyati va bu bilimlardan o ‘zining kelajagi uchun mulk sifatida foydalanish, butun holicha saqlab qolish istagidir”. Shtern “bog‘cha bolasi ayni buguni bilan shunchalik mashg‘ulki, ertangi kun, kelajak uchun biror-bir narsani egallash istagidan uzoqdir”, deydi. Uning o‘qishi boshqa faoliyatning m ahsuli hisoblanib, tevarak- atrofdan olgan taassurotlarni “ongsiz tarzda tanlash” asosida hosil bo‘ladi. J.Piaje bolaning ijtimoiylashuvi jarayonida (yashash sharoitiga moslashish) intellekt operatsiyalari strukturasi rivojlanishi sodir bo'ladi, deydi. Tobora yuqori intellektual operatsiyalar (“konkret o p e ra siy a la r” , “ form al o p e ra siy a la r” , “ in v a ria n tlilik ” , “munosabatlilik”va boshqalar) paydo bo‘lishi va rivojlanishi o‘z qonuniyatlariga ega. Ta’lim faqat aqliy o‘sishni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin, lekin unga tabiiy ta’sir etmaydi. J.Piaje va uning izdoshlari, masalan, agar bolada mantiqiy operativ tafakkur qaror topmagan bo‘lsa, fikrlashga o‘rgatishdan ma’ni yo‘q, deydi. Ta’lim bola rivojlanishi qonuniyatlariga bo‘ysunishi 44 lozim. L.S.Vigotskiy bog‘cha bolasining psixologik xususiyatlarini pedagogik ta’sir mohiyatining analizi bilan uzviy bog'liqlikda o ‘rganib bordi. B og'cha davrida o ‘qitishning aham iyatli momentlaridan biri, deydi Vigotskiy, bolaning kattalar talablariga munosabatidir. Shunday qilib, xorij va rus psixologlari maktabgacha ta’lim muassasalarida beriladigan ta’limga katta e’tibor beradilar. Download 485.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling