Z nishanova, G. Alimova


"Ta’lim metodi” tushunchasining mazmuni


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

19.2. "Ta’lim metodi” tushunchasining mazmuni
Pedagogik adabiyotlarda “ta’lim metodi” tushunchasiga xilma xil 
ta’riflar beriladi. Yu.K.Babanskiy “ta’lim metodi ta’limiy vazifalami 
bajarishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchining tartibga solingan, 
o‘zaro bog'liq faoliyat yuritish usulidir” degan ta’rifni beradi. TA Ilina 
ta’lim metodi deganda “o‘quvchilar bilish faoliyatini tashkil etish 
usuli”ni tushunadi.
Didaktika tarixida ta’lim metodlarining xilma-xil tasniflari ishlab 
chiqilgan. Eng keng tarqalgan tasnifga ko‘ra ta’lim metodlari og‘zaki,
124


amaliy, ko‘rgazmali metodlarga ajratiladi.
Metodlar va metodik usullar. Har qanday metod ta’lim berish 
jarayonida muayyan metodik usullar orqali ro’yobga chiqariladi. 
Metodik usullar - u yoki bu metodning elementlari bo‘lib, ta’lim 
jarayonidagi o'qituvchi va o‘quvchining alohida harakatlarini 
ifodalaydi. Usui — metodning tarkibiy qismi, metodni amalga 
oshirishda bir martagina qo‘llanadigan alohida qadam. Metodik usullar 
mantiqiy, tashkiliy va texnik usullarga bo’linadi. Mantiqiy usullar 
barcha metodlarda qo‘llanib, narsa va hodisalami taqqoslash, xulosalar 
chiqarish, umumlashtirish kabi fikrlash operatsiyalarini faollashtirish 
maqsadida ishlatiladi. Tashkiliy usullar o‘quvchilar diqqati, idroki 
va faoliyatini yo‘naltiradi. Texnik usullar taqdim etilayotgan 
ma’lumotni yetkazishni osonlashtiradi. Texnik usullaiga o‘qitishda 
har xil texnik jihozlar, yordamchi vositalardan foydalanish kiradi. 
Mashg'ulotlarda har bir metod turli metodik usullar yordamida amalga 
oshiriladi. Ta’lim jarayonida xilma-xil metodik usullardan o‘rinli 
foydalana olish o‘qituvchining pedagogik mahorati va ijodkorligini 
ko‘rsatadi. Ijodkor o'qituvchi o‘z faoliyatida yangi usullami o‘ylab 
topadi va amaliyotda qo‘llaydi.
0 ‘qitishning og‘zaki metodlari. Og‘zaki metodlar ta’limda eng 
ko‘p qo‘llanadigan metodlar bo‘lib hisoblanadi. Didaktikada 
o‘qitishning og'zaki usullari uch turga o‘qituvchining hikoyasi, suhbat 
va ma’ruzaga ajratiladi.
Hikoya metodi psixologiyada mashhur psixolog olimlaming hayoti 
va ijodi, katta psixologik kashfiyotlaming tarixini yoritib berish 
maqsadida qo‘llanadi. Mazkur metodda nutqiy ko‘rgazmalilik, ya’ni 
og‘zaki ravishda tinglovchilarda obrazlami hosil qiUsh usulidan 
foydalaniladi. 0 ‘qituvchi hikoyasi syujetli tuzilishga ega bo'lishi, 
induktiv yoki deduktiv tarzda bayon etilishi mumkin.
Suhbat metodi asosan o‘qituvchi va o'quvchi o‘rtasidagi savol- 
javob tariqasida amalga oshiriladi. Shuning uchun bu metod qo‘llansa, 
dars ko‘pincha savol-javob yo‘sinida olib boriladi. Suhbat 
0‘quvchilaiga 
hali notanish bo'lgan material bo‘yicha o'tkazilishi mumkin emas. 
Bu metod ko‘proq yakuniy yoki umumlashtiruvchi darslarda 
qo£llanadi va egallangan bilimlar yuzasidan xulosalar chiqarishga
125


yo'naltiriladi. Наг qanday suhbatning asosiy tarkibiy elementi 
o‘qituvchining savollaridir. 0 ‘qituvchining savollari o‘rganilgan yoki 
o ‘rganilayotgan materialdan kelib chiqadi va o‘quvchilarning 
e’tiborini asosiy masalalarga yo‘naltiriladi. Savollar asta-sekin 
murakkablashtirilib borishi va o'quvchilarni mavjud bilimlarni 
qo‘llashga, ulardan foydalanishga undashi kerak.
Ma’ruza metodi asosan maktabning yuqori sinflarida, o‘rta- 
maxsus kasb-hunar o‘quv yurtlari va oliy o’quv yurtlarida qo‘llanadi. 
Bu metod yordamida og‘zaki bayon etiladigan o‘quv materiali 
hikoyadagiga nisbatan hajman kattaligi, mantiqiy tuzilishi, obrazlari, 
isbot va umumlashtirishlarining anchagina murakkabligi bilan 
farqlanadi. Agar hikoya darsning yoki mashg‘ulotning bir qisminigina 
egallasa, ma’ruza odatda, ulami to‘liq qamrab oladi. Ma’ruza 
o‘tilayotgan mavzuning haqiqiy ilmiy mohiyatini ochib berish, 
ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va umumlashtirish yo‘li bilan bir 
soatlik mashg‘ulot davomida bilimlarni izchillik bilan bayon etishdir.
Ko‘igazmalilik metodi o‘quvchilarga ko‘rgazmali vositalami yoki 
real ob’ektlami ko‘rsatishga asoslangan metoddir. Mazkur metod 
qo‘llanganda o‘qituvchi aslicha ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan buyum 
va narsalar hamda tasviriy-ко‘rgazmali materiallardan foydalanadi. 
Materiallarning barchasi illyustratsiya materiallari deb ataladi. 
Ko‘rgazmalilik metodi qo‘llanib, o‘quvchilarga illyustratsiya materiallari 
ko‘rsatilayotganda quyidagi qoidalarga rioya etish lozim: ko‘rsatilayotgan 
narsa iloji boricha turli retseptorlar bilan sezilishi kerak; ko‘rsatilayotgan 
narsa barcha o‘quvchilarga ko'rinishi kerak; ko‘rsatilayotgan narsaning 
eng muhim joylari o‘quvchilarga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi kerak; 
narsalar asta-sekin darsning tegishli qismida ko‘rsatilishi kerak; 
zaruratsiz oldindan illyustrativ materiallami namoyish etmaslik, har 
erga osib qo‘ymaslik, joylashtirmaslik lozim. Eng muhimi, illyustrativ 
materiallar yordamchi vosita ekanini, suhbat, hiokoya, tushuntirish, 
ma’ruza bilan uyg‘un qo‘llanishi lozimligini unutmaslik kerak.
0 ‘qitishning amaliy metodlari doirasi juda keng. Ular yozma 
mashqlar, tajriba metodlarini o£z ichiga oladi. Amaliy metodlar orasida 
kuzatish va eksperiment kabi ilmiy-psixologik metodlar psixologiya 
darslarida keng qo‘llanadi. Kuzatish metodi narsa va hodisalami ularga


ta’sir ko‘rsatmay bevosita idrok etish metodidir. Kuzatish metodini 
o‘quvchilar uyda, darsda, ko‘cha-kuyda o‘qituvchining rahbarligi 
ostida va berilgan topshiriqqa muvofiq mustaqil qo‘llashlari mumkin. 
Kuzatish qisqa muddat yoki uzoq muddat davomida amalga oshiriladi. 
Eksperiment metodi asosan laboratoriya mashg‘ulotlarida qo'llanib, 
turli psixologik qonuniyatlaming ifodalanishini ko‘rgazmali namoyish 
etish maqsadida qo‘llanadi. Mazkur metodlar o'quvchilami ilmiy 
tadqiqot ishlarini amalga oshirishga o'rgatib boradi, o ‘quv 
materialining ongli tushunilishini ta’minlaydi.
Ta’lim metodlarini tanlashda o'qituvchi, birinchidan, o‘quv 
materiali mazmuniga, ikkinchidan, ta’lim oluvchilaming psixik 
rivojlanishi darajasiga e’tibor berishi kerak.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling