PSIXOLOGIYA FANLARINI PEDAGOGIKA OLIY 0 ‘QUV
YURTLARI VA KOLLEJLARIDA 0 ‘QITISH
METODOLOGIYASI VA METODIKASI
20.1. Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida psixologiyani o‘qitishning
umumiy masalalari
Mazkur bo‘limda psixologik fanlami pedagogik kollejlar va oliy
o ‘quv yurtlarida o'qitishga tegishli
eng muhim muammo va
masalalar muhokama qilinadi. Oliy maktabda psixologiya fanlarini
o'qitish muammolariga bag'ishlangan adabiyoitlarda 4
asosiy
muammo tilga olinadi: 1. Amaliy va nazariy psixologik bilimlaming
o‘zaro munosabati muammosi. Bu sohada psixologlarning va butun
jamiyatning qiziqishlari, o‘zgarishlar qayd etiladi. 2. Oliy o‘quv
yurtlari talabalari tomonidan psixologik bilimlaming o‘zlashtirilishi
bilan bog‘liq muammolar. Bu sohadagi
asosiy muammo talabalar
tomonidan ilmiy-psixologik tushunchalarning o ‘zlashtirilishi
muammosidan iborat. 3. Ta’lim va tafakkur jarayonlari o‘rtasidagi
munosabat muammosi. Bu sohada aqliy jarayonlar, ta’Um oluvchilar
tafakkurining rivojlanish darajasi va ta’lim jarayoni o'rtasidagi oczaro
ta’sir masalalari o'rganiladi. 4. Psixologiya fanlarini nopsixologik
oliy о‘quv yurtlarida o‘qitish bilan bog‘Mq muammolar.
Psixologiya fanlari pedagogik ta’lim tizimida o‘ziga xos mavqega ega.
Ulami o'zlashtirishning o‘zi alohida maqsad emas.
Psixologik fanlar
bo‘lajak pedagoglaming barkamol shaxs ta’lim-tarbiyasini tashkil etish
va amalga oshirish sohasidagi faoliyatini samaradorligi uchun zarur
bo‘lgan vositadir. Shu tufayli psixologiya fanlari bo‘yicha talabalar
oladigan bilimlami baholashda o‘zgacha mezonlardan foydalanish zarur.
Bo'lajak pedagog talabalaming psixologiya fanlari sohasidagi bilimlarini
baholashda nafaqat ulaming ilmiy tushunchalar mazmunini qanchalik
to‘g‘ri tushunishi, balki bu tushunchalar asosida atrof voqelikni qanday
tahlil eta olishini mezon sifatida qabul qilish lozim.
Psixologiya — odam va hayvonlar psixik hayoti qonuniyatlari va
Do'stlaringiz bilan baham: