Z nishanova, G. Alimova


Psixologiyani o‘qitish vazifalari va psixologiya kursini


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

20.3. Psixologiyani o‘qitish vazifalari va psixologiya kursini 
tuzish tamoyillari
Psixologiya fani o‘qituvchisi oldida quyidagi muhim vazifalar 
turadi:
1. Talabalar — bo‘lajak o‘qituvchilarda ilmiy dunyoqarash va yuksak 
axloqiy sifatlami tarkib toptirish.
2. Talabalarda kasbiy yo’nalganlikni tarbiyalash: ularda o'qituvchi 
faoliyatiga qiziqishni oshirish, bolalarga bo'lgan muhabbat, bolalami 
o‘rganishga bo'lgan intilishni kuchaytirish.
3. Talabalarda psixologiya bo‘yicha egallangan bilimlami pedagogik 
amaliyotda qo‘llash ko'nikmalarini rivojlantirish.
137


Mazkur vazifalami muvaffaqiyatli bajarish uchun psixologiya 
o‘qituvchisi o‘qitish metodikasini mukammal egalagan bo‘lishi kerak. 
0 ‘qitish metodikasini yaxshi bilish nafaqat ta’lim usullari va metodlarini 
samarali qo‘llash, balki mavjud psixologik ma’lumotlar ichidan eng 
ishonchli, pedagogik jihatdan muhim ma’lumotlami ajratib olish uchun 
ham zarur bo‘ladi, ular asosida esa psixologiya kursi tuziladi.
Quyidagi tamoyillar psixologiya kursining tuzilishi uchun asos 
bo‘ladi: 

»
1.Barcha psixik hodisalar voqelikning in’ikosi- aksidir. Faoliyat 
jarayonida odam olamni aks ettirar ekan, u olamdagi narsa va 
hodisalar, ularning xususiyatlari, ular o'rtasidagi munosabatlar 
haqida bilimga ega bo‘lib boradi. Voqelikning inson tomonidan aks 
ettirilishi faol xarakteiga egadir. Chunki u insonning atrof olamga 
ta’sir ko‘rsatish va uni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyati davomida 
ro‘y beradi. Insonning bilish jarayoni uning individual xususiyatlari, 
to‘plangan bilim va tajribasi ta’siri ostida kechadi. Psixik faoliyat 
natijasida inson ongida ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazi 
shakllanadi.
2.Psixika bu - yuksak taraqqiy etgan materiya, ya’ni miyaning 
xususiyati. Psixik hodisalar asosida tashqi muhit ta’siri asosida yuz 
beruvchi miyaning reflektor faoliyati yotadi.Tashqi muhit ta’siri 
miyada o‘zgarish, tormozlanish, nerv bog£lanishlarining hosil bo‘lishi 
kabi asab jarayonlarini keltirib chiqaradi. Miyaning reflektor faoliyati 
organizmning tashqi ta ’sirlarga nisbatan javob reaktsiyasini 
ta’minlaydi. Teskari afferentatsiyaning mavjudligi hisobiga odam va 
xayvonlar o‘z organizmining faoliyatini boshqarish imkoniyatiga 
ega bo‘ladilar.
3.Insonning butun psixik faoliyati sababiy taqozolangan. U tashqi 
va ichki muhit ta’sirlari bilan hosil qilinadi. Insonning fikrlari va 
hissiyotlari, harakatlari va xulq-atvori uning hayot tarzi, yashash va 
tarbiyalanish muhiti xususiyatlari bilan belgilanadi. Xatti-harakatlami 
tushunish uchun ularning motivlarini bilish kerak. Ularning 
sabablarini bilish uchun inson qahday muhitda tarbiya topgani, uni 
qanday insonlar qurshab turganini, bu insonning ular bilan qanday 
munosabatda ekanini bilish talab qilinadi.
138


4.Barcha psixik hodisalar taraqqiy etib boruvchi birliklar sifatida 
quriladi. Mazkur tamoyil inson va hayvonlar psixikasining 
filogenezdagi rivojlanishi uchun ham , inson psixikasining 
ontogenezdagi taraqqiyoti uchun ham o‘rinlidir. Taraqqiyot bu - 
sifat o'zgarishi, yangilikning paydo bo'lishidir. Aynan taraqqiyot 
davomida kuzatuvchanlik, yorqin xayol, chuqur fikrlash qobiliyati, 
murakkab va oliy insoniy hissiyotlar - vatanparvarlik, burch hissi, 
hamdardlik va boshqa insoniy fazilatlar, shaxs xususiyatlari tarkib 
topib boradi. Yangi xususiyatlar insonning amaliy faoliyati va boshqa 
insonlar bilan bo‘lgan munosabat va muloqoti natijasida shakllanadi.
5.Inson tafakkuri uning faoliyatida shakllanadi va namoyon bo‘ladi. 
Inson narsa va hodisalami, ulaming xususiyatlarini va ular o‘rtasidagi 
munosabatlami bu narsa va hodisalarga ta’sir ko'rsatibgina bilishi 
mumkin. Insonning narsa va hodisalarga ta’siri esa faoliyat orqali amalga 
oshadi. Aynan faoliyat davomida inson boshqalami va o‘zini bilib 
boradi. Faoliyat xususiyatlari, uning amalga oshirish jarayoni 
shaxsning turli tomonlari rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
6.Наг bir psixik hodisa bir butun, yaxlit xolda ko‘rib chikilishi 
kerak. Inson psixologiyasi yaxlit voqelikdir. Shaxs xususiyatlari
bilimlari, hayotiy tajribasi psixik hodisalarga faqat o‘ziga xoslik baxsh 
etadi. Temperament xususiyatlari ko‘pgina psixik jarayonlami o ‘ziga 
xos tarzda kechishiga sabab bo‘ladi. Faoliyat davomida shakllanib shaxs 
xususiyatlari psixik jarayonlaming kechishiga ta’sir ko‘rsatadi, 
insonning xulq- atvori va xarakatlarini belgilab beradi. Inson 
shaxsining barcha tomonlari bir-biri bilan bog‘liq. Faoliyat 
motivatsiyasi shaxs yo‘nalishiga bog‘liq, diqqatning rivojlanishi 
xarakterda irodaviy sifatlaming shakllanishiga bog‘liq va hakazo.
7.Nazariy psixologiya bilimlari amaliy pedagogik faoliyat bilan 
bog'lanishi kerak. Pedagogika oliy o ‘quv yurtida o‘qitiladigan 
psixologiya kursining asosini umumiy psixologiya, yosh va pedagogik 
psixologiya tashkil etadi. Umumiy psixologiyada umumiy psixologik 
qonuniyatlar, psixologiyaning nazariy tam oyillari, asosiy 
kategoriyalari metodlari o‘rgatiladi. Yosh psixologiyasida psixikaning 
ontogenezdagi rivojlanish qonuniyatlari yoritilsa, pedagogik - 
psixologiya ta’lim-taibiya jarayonlarining psixologik jihatlarini ochib
139


beradi. Pedagogika oliy o‘quv yurtida yoki o'rta maxsus bilim yurtida 
psixologiyani o'rgatishning o'ziga xosligi shundaki, bu erda 
psixologiyani o‘rganishning o‘zi maqsad emas. Bo'lajak o'qituvchi 
va tarbiyachilarga psixologiyani o‘qitishning asosiy maqsadi psixologik 
bilimlarni pedagogik faoliyatda qo'llashga o‘rgatishdan iboratdir.
Pedagogika o‘quv yurtlaridagi psixologiya kurslari yuqorida sanab 
o'tilgan tamoyillar asosida tuzilsa, ular talabalar psixologik 
bilimlarining hayot va kasbiy faoliyatdagi ahamiyatini tushunishlari, 
shaxs sifatida shaldlanishlarida muhim poydevor bo'lib xizmat qiladi.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling