Z nishonova, D. Qarshiyeva
Laboratoriya eksperimentini
Download 2.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekspirimental psixologiya 2007 КУЛЛАНМА
Laboratoriya eksperimentini maxsus jihozlangan laboratorlya-
larda, tabiiysi esa, oddiy tabiiy sharoitlarda o‘tkaziladi. Lekin d a r ning farqi faqatgina o ‘tkazishda emas, balki laboratoriya eksperi- mentining eng asosiy qiyinchiligi u yoki bu nuqsormi yo‘qotishga qaratilgan boiadi. Har qanday laboratoriya eksperimenti sun’iydir, chunki unda ishtirokchilaming faoliyati tadqiqotchi yaratgan muhit yoki sharoitda kechadi. Bu yerda hech qanday zamonaviy takomil- lashgan eksperimental laboratoriya ham jiddiy ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi. Inson doimo biladiki, bu eksperiment, ya’ni haqiqiy ish emas va har qaysi sharoit yoki vaqtda ishtirokchining talabiga ko‘ra to ‘xtatilishi shart va mumkin. Bu vaqtda tadqiqotchi muhim bo igan bogianishlar, qonuniyatlarni aniqlashga qiynalib qoladi. Eksperiment doimo ma’lum darajada mavhumdir, chunki tadqiq qilinayotgan jarayon qat’iy sun’iylashgan sharoitlar tizimida ro‘y beradi. Laboratoriya sharoitida xulosa va tavsiyalami real amaliyotga ko‘chirish qiyinligi bundan ko‘rinib turibdi. Ushbu metodologik muammoni hal qilishda B.M.Teplov bosh- chiligidagi differensial psixofiziologiya maktabi o‘z hissasini qo‘sh- di. Ular eksperiment usuli bilan olingan natijalami boshqa meto- dikalar yordamida tekshirib ko‘rish kerakligini ta’kidlashdi, ya’ni, 35 buni hal qilishda alohida analiz apparati (faktorli yoki dispersiyali analiz) zarur bo'ladi. So‘ngra «hayotiy ko'rsatkichlar» tizimini ishlab chiqish muhim- ligi masalasi qo‘yiladi, ya’ni, tekshiruvchining psixologik xususiyati eksperimentda va real faoliyatida qandayligining ilmiy taiqini beri- lishi kerak. Hayotiy ko‘rsatkichlami jamlangan holda qiyoslab ko‘rish kerak. Shuningdek, bu jarayonlarning ichki tomonlarini ham bilish kerak, chunki uning natijaviy ifodasi bizga oz ma’lumot beradi. Insonning xulqi uning asab sistemasining ko‘pgina xusu- siyatlariga bog‘liqdir, ya’ni hayotiy ko‘rsatkichlar bir xil emas, doimiy ham emas, qolaversa, normal sharoitlarda ular faqatgina asab sistemasining mahsuli emas, balki hayotiy sharoitlarga qaratilgandir, chunki ularning ta’sirida qaror topgan bo‘ladi. Tabiiy eksperiment esa qayd etilgan kamchilikni bartaraf etishga yordam beradi, chunki u laboratoriya eksperimenti va kuzatish metodi orasida «joylashgandir». Laboratoriya - tabiiy - kuzatish. Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling