Z nishonova, D. Qarshiyeva
IV. REAL HAYOTNI AKS ETTIRUVCHI
Download 2.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekspirimental psixologiya 2007 КУЛЛАНМА
46
IV. REAL HAYOTNI AKS ETTIRUVCHI EKSPERIMENTLAR Deyarli barcha hayotimizdan oladigan mulohazali xulosalarimiz kundalik hayotimizda sodir boiadigan o‘zgarishlarni vujudga keli- shiga olib keladi. Bunday tarzdagi eksperimentlarimiz real dunyoni aks ettiradi. Barcha eksperimentlardagi mavjud ma’lumotlar umumiy xulosa- larga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, eksperiment bu umum- lashtirishdir. Biz kundalik hayotimizda deyarli ko‘p hollarda eksperiment o‘tkazib, o ‘zimizning faoliyatimizga rahbarlik qilib, malakalarga ega boiam iz, natijada, xulosalarimizni esa umumlashtiramiz. Bir necha bor uchrashganimizda iliq kayfiyat bilan qo‘l berib muomala qilgan, sogiigingiz, kayfiyatingiz haqida so‘ragan kishi- ning harakatlarini do‘stona harakatlar tarzida mulohaza qilamiz. Endilikda o‘zimiz shu odam bilan qaerda uchrashmaylik - xoh, biror kechada, anjuman yoki ko‘chadami u bilan muloqotga kirishishga intilamiz. Albatta, bu orada bizning xulosalarimiz chin boMmasligi mumkindir. Balki, hamsuhbatdoshimiz o‘zining «samimiyligi» osti- da biror maqsadni ko‘zlayotgandir? Agar ilgari egallagan malakala- rimizni umumlashtirmaganimizda edi, shubhasiz har bir yangi holatlarda nima qilishimiz kerakligini bilmagan b o ia r edik. Eksperimentda tadqiq qilinuvchilarning kundalik hayotlari: nima qilayotganligi va uni atrofmi egallagan hodisalar aks etayotgan bo‘lsa-da, unga sistema kiritilishi darkor. Uyushtiriladigan sharoitlar, foydalaniladigan materiallar, jarayonlaming ketma-ketligi reja aso- sida tartibga solinishi kerak, Turli tipdagi eksperimentni tavsiflash, hal qilish va rejalashti- rishda bir necha atamalarni tushunib ishlata olishimiz lozim. Tad qiqotchi lug‘atining asosiy atamalaridan biri o‘zgaruvchanlikdir. 0 ‘zgaruvchanlik ahamiyati o‘zgarib turishi ehtimoli bor istalgan ko‘rsatkichdir. Reallikdagi, ya’ni tevarak-atrofimizdagi bizni qiziq- 47 tiruvchi barcha hodisalar o‘zicha farqli tomonlarini aks ettiradi. Masalan, aqliy taraqqiyot testida o‘zgaruvchanlik inson intellektual qobiliyatlari boiishi mumkin. Aqliy faoliyatga oid musiqaning ta’si- riga baho beruvchi eksperimentda musiqaning balandligi o‘zgaruv- chanlikni berishi mumkin. Eksperimental chizmani tahlil qilishda o‘zgaruvchanlik mustaqil va tobe ko‘rsatkichlarga boiinadi. Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling