Z nishonova, D. Qarshiyeva
Download 2.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekspirimental psixologiya 2007 КУЛЛАНМА
xarakteridagi tadqiqotni kiritish mumkin. Uning mazmuni aynan
olim tomonidan tanlab olingan metod yordamida aw al hech kim muammoni yechishga harakat qilmaganligini anglatadi. Ushbu yo‘nalishdagi ilmiy ishlar prinsipial jihatdan kam o‘rganilgan sohalarda yangi natijalarni qo‘lga kiritish imkonini yaratadi. Tadqiqotning ikkinchi turi - tanqidiy tadqiqotlardir. Bunday tadqiqot mavjud nazariya, model, faraz, qonunning noto‘g‘ri ekanligini isbotlash yoki ikkita muqobil farazdan qay biri voqelikni aniqroq bayon qilishini tekshirish maqsadida olib boriladi. Tanqidiy tadqiqotlar boy nazariy va empirik bilimlar to ‘plangan hamda eksperiment o'tkazish uchun sinalgan metodikalar mavjud bo‘lgan sohalarda olib boriladi. Nihoyat, tadqiqotning yana bir turi - qayta o‘tkaziIadigan tadqiqotdir. Uning maqsadi aw al o‘tkazilgan eksperimentlardan olingan natijalarning ishonchliligi va obyektivligini tekshirish uchun aynan takrorlash hisoblanadi. Har qanday tadqiqot natijalari boshqa ilmiy xodim tomonidan olib borilgan xuddi shunday eksperiment davomida takrorlanishi lozim. Eksperimentning metod va anig metodikasi intersubyektiv boiishi, ya’ni tadqiqot jarayonida olib boriladigan harakatlar har qanday malakali tadqiqotchi tomonidan qayta oikazilishi kerak. Tabiiy-ilmiy tadqiqotlar nazariyasi bir qator taxminlarga tayanadi. Birinchidan, vaqt oikinchi va u kelajakka yo‘nalgan, voqealami orqaga qaytarib boim aydi. Oqibat sababdan oldin sodir boiishi mumkin emas. Ikkinchidan, fikrimizcha, voqealar yuz beradigan fazo izotron hisoblanadi, ya’ni fazoning muayyan sohasida yuz beradigan jarayon har qanday sohada ham boiishi mumkin. Va nihoyat, dunyodagi voqea-hodisalar bizning ular haqidagi bilim- larimizdan qat’iy nazar ro‘y beradi. Dunyo real va obyektiv tadqi qotchi tomonidan q o ig a kiritilgein ilmiy natija ideal holda vaqtga 55 bog‘liq bo'lmasligi zarur, ya’ni qonuniyat, holat, qonun vaqtga nisbatan invariantdir. Insonning yorugiik signaliga ko‘rsatadigan oddiy sensomotor reaksiyalari erta, indin va ma’lum yildan key in ham eksperimental jihatdan qabul qilingan bugungi kun chegaralari oralig‘ida b o iishi lozim. Tadqiqotchi u tomonidan kashf etilgan qonuniyat Londonda yoki Moskvada (tadqiq qilinayotgan obyektning xususiyatlarini hisobga olgan holda) yashovchi insonning psixik jarayonlari (masalan, fikriash) uchun adolatli ekanligiga ishonishi kerak. Har qanday holatda vazifani amalga oshirish bosqichlari ketma-ketligi vazifasini qo‘yish, sharoitlar tahlili, farazni ilgari surish, funksional va aniq qaror qabul qilish, uni tekshirish va isbotlashlar bir xilda boiishi zarur. 0 ‘z tadqiqotlarida vazifani hal qilish bosqichlarining muayyan izchilligini qoilovchi Rossiyalik psixolog, xuddi shunday metodika bo‘yicha ishlagan Britaniyalik hamkasbi q o ig a kiritgan natijalarni olishi lozim. Ilmiy bilish intersubyektiv, ya’ni ilmiy natija tadqiqotchi shaxsi, uning motivlari, niyatlari, oldindan his qilishiga bo giiq boim asligi kerak, Ilmiy bilim obyektiv manbaga ega. Mashhur metodolog M.Bunge tadqiqot natijalari metodga b o g iiq fanlami, natija va obyekt bilan 0‘tkaziladigan harakatlar turlicha bo‘lgan fanlami farqlaydi. Psixologiya ikkinchi turdagi fanlar qatoriga kiradi. Shu tufayli ilmiy nashrlarda ma’lumotlar qaysi metod yordamida qo‘lga kiritilganligini yoritish juda muhim. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan talablar ideal tadqiqot va uning ideal natijalariga taalluqlidir. Haqiqatda esa turli davrlar bir-biriga o ‘xsha- maydi, dunyo, voqelik rivojlanib boradi hamda turli davrlarda turli 0‘zgarishlarga duch keladi. Aynan o‘xshash obyektlar ham mavjud emas. Har bir inson o‘ziga xos xususiyat, taqdirga ega. Hattoki, egizaklar ham bir vaqtda tug‘ilmaydi. Bu fikrlar tadqiqotchilarga ham tegishli. Shuning uchun ham eksperimentni boshqa sharoitlarda aynan to iiq qayta o‘tkazish mumkin emas. Eksperimentatorning shaxsiy xislatlari tadqiqotning borishiga, uning sinaluvchilarga munosabatiga, qayd qilishning aniqligiga hamda natijalarni tavsiflash xususiyatlariga ta’sir etadi. Real (haqiqiy) tadqiqot ideal tadqiqotga to‘liq mos kelmaydi. Psixolog faoliyati jarayonida muqarrar tarzda bo‘ladigan ideal tadqiqotdan og‘ishlar biz yashaydigan dunyoning xususiyatlaridan 56 kelib chiqadi. Ilmiy metod ideal yaqin natija berishi zarurligi esa masalaning boshqa tomonidir. Ideal tadqiqotning real tadqiqotdan og‘ish ta’sirini kamaytirish uchun eksperimentni rejalashtirish va olingan natijalarni qayta ishlash- ning alohida metodlarini qoMlash zarur. «Real tadqiqot» jarayonida olim sun’iy ravishda voqelikning ma’lum qismini ajratib oladi, unga diqqatini qaratadi, uni mavhumlashtiradi. Tadqiqot predmeti sifatida qabul qilinadigan voqelikning bu bir qismi eksperimentator tomo nidan «nazorat qilinadi». Hundan tashqari, tadqiqot yoki kuzatuv olib boriladigan sharoitlar, eksperimental taassurot, sinaluvchilarni tan- lash natijalari, ya’ni sinaluvchilarning xulq-atvori va kuzatilayotgan xulq-atvor ko‘rsatkichlarini qayd etishga ta’sir etuvchi omillardir. Shu tufayli voqelikda sodir bo‘ladigan jarayon va holatlami tadqiqot davomida biz kuzatadigan holatlardan farqlash lozim. Qayd etilgan fikrlarimizni 1.2-rasmda tasvirlangan sodda chizma yordamida umumlashtirish mumkin. Tatqiq qilinayotgan voqelik Real tatqiqod Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling