3. Ichki nutqga muallifning aralishuvi nega kerak?
4. Adib ichki ovozlar yordamida nimalarga erishadi?
4-§. Personaj nutqi
•
Nutq egaslniki bo‘lishi kerak.
<
•
Nudqdaxarakterning namoyon bo‘lishi.
•
Nutq ytlmoty qatlamga mansublik belgisL
•
Kimning klmilglnl s o ‘zl aytadL
Har bir ijodkor, awalo, xalq tilini yaxshi bilishi lozim. Narsa,
voqea
va hodisalami aniq, ravon, yorqin, tushunarli anglatishi
uchun xalq tili o‘z bag‘rida noyob javohirlami saqlovchi ummondir.
Ijodkor esa mana shu ummonga chuqur sho‘ng‘iy oluvchi, g‘owos
bo‘lishi kerak. Shunda u ushbu tildan,
uning boy xazinasidan
xohlagancha foydalana oladi. Ijod mahsulida o‘nlab maqollar,
qochirimlar, maxsus ifodalar, o‘xshatishlar, so‘z o‘yinlari,
takror
qo‘llanmalar bor rangi bilan tovlanadi. Agar ijodkor shularga
muvaffaq bo‘lsa, uning asari ham jonli, obrazli tilga ega bo‘ladi.
Asardagi barcha personajlar- ular asosiy qahramonlar bo‘ladimi
yoki ikkinchi,
uchinchi darajalimi, bari bir hammasi o‘z tilida
so‘zlaydi. Adib ulaming o‘z nutqidan foydalanib muayyan shaxs-
personaj tavsifini yaratadi. Har bir personaj o‘ziga yarashiq tilda
so‘zlaydi (aslida, ijodkor tomonidan so‘zlatiladi) va o‘zlarining kim
ckanligini ko‘rsatadi. Iste’dod egasi bo‘lmish ijodkor, turli tabaqa
vakillarining nutqini, so‘zlash tarzini yaxshi bilishi talab qilinadi.
Abdulla Qodiriy “0 ‘tkan kunlar” romanida XIX asr o‘ratalarida
Toshkent va Marg‘ilonda yuz bergan voqealami qalamga oladi.
223
0 ‘sha davr kishilari obrazini yaratadi.
Albatta adib obrazlar
to‘laqonli va ishonarli bo‘lishlari uchun o‘sha davr barcha ijtimoiy
qatlamlarining vakillarini alohida - alohida tasvirlaydi. Ular
obrazi mukammal bo‘lishi uchun nutq omiliga h3111 al°hida e tibor
beradi. Masalan, 0 ‘zbek oyim. Bu o‘ziga to 4» Toshkentning
tagli-taxtli xonadoninig aytgani aytgan, o‘z
so zini о tkazmasdan
qo‘ymaydigan erka qizi bo‘lganligidan eri Yusufbek hojidek
Toshkentning hokimdan keyingi ikkinchi darajadagi maqomga ega
inson ham uning rayiga qaraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: