Z. X. A L im o V a transport vositalarida


sa, silindrlardagi porshen halqalarining zichligi shuncha yaxshi va


Download 3.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/116
Sana21.08.2023
Hajmi3.59 Mb.
#1668861
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116
Bog'liq
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011

sa, silindrlardagi porshen halqalarining zichligi shuncha yaxshi va 
moy ham shuncha kam kuyadi. Moyning qovushqoqligi harorat 
pasayishi bilan keskin ortadi, shuning uchun uning qiymati qizigan 
dvigatel uzoq muddat ishlaganda ham past haroratlarda sovuq 
holatdagi dvigatelni ishga tushirganda ham suyuq ishqalanishi 
ta’minlay digan darajada optimal bo‘lishi kerak.
Turli uzellarda suyuqlikli ishqalanishni hosil qilish, ulami 
sovitish, zichlikni ta’minlash, osongina yurgizib yuborish qovush- 
qoqlikka bog‘liq bo'ladi. Moy qatlamining mustahkamligi ishqala­
nuvchi juftlarning ish sharoitiga (harorat, bosim, sirtlaming o‘zaro 
harakatlanish tezligiga) qarab tanlanadigan moyning qovushqoqligi 
bilan belgalanadi.
Qovushqoqligi 
qancha 
yuqori 
bo‘Isa, 
moy 
pardasining 
ishonchliligi shuncha yuqori bo‘ladi. Lekin qovushqoqlik ortishi bilan 
moy qatlamlarini harakatga keltirish uchun kuch ko‘proq sarflanadi, 
ichki ishqalanish koeffitsiyenti ortadi, quwat esa kamayadi. Shuning 
uchun moylar yuqori haroratda dvigatelni oson yurgizib yuborishni 
ta’minlaydigan qovushqoqlikka ega bo‘lishi kerak.
Motor moylari uchun faqat 100 °C dagi qovushqoqlik qiymati 
berilmasdan 0°C dagi qovushqoqlik qiymati va qovushqoqlik indek-si 
ham keltiriladi. Qovushqoqlik indeksi o ‘lchovsiz kattalik bo‘lib, 
etalon moyga nisbatan tekshirilayotgan moyning qovushqoqhgini 
haroratga bog‘liq xolda o ‘zgarish darajasini ko‘rsatadi. Qovushqoqlik 
indeksini aniqlashda maxsus jadvallar va nomogrammalardan 
foydalaniladi.


5.4-rasm. Motor moylari qovushqoqligining haroratga 

Download 3.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling