8) Ko‘piklashishga qarshi suyuqlik(silikonli moy)lar moyning
ko‘piklanisliiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu suyuqliklar moylarda erimaydi.
Ko‘pikka qarshi suyuqlikning ta’siri shundan iboratki, silikonli
suyuqlik zarralari moydagi havo pufakchalarini yorib yuboradi.
Motor moyining xossalarini yaxshilash maqsadida unga tarki
bida rux, xlor, oltingugurt, kalsiy, bariy, natriy, fosfor, yod, siklli
uglevodorodlar bo‘lgan xilma-xil anorganik va organik moddalar
qo‘shiladi. Ba'zi moddalami ayni bir vaqtda, birga qo‘shib ishlatib
bo‘lmaydi, chunki ular birga qo‘shilganida parchalanishi, cho‘kishi,
zanglatadigan moddalar hosil qilishi mumkin. Shunga ko‘ra sifatini
yaxshilaydigan qo‘shilmalari bo‘lgan xilma-xil moylami birga
aralashtirib bo‘lmaydi.
Qo‘shilmalar mumkin qadar samarali bo‘lishlari kerak. Ular
moyda batamom erib ketmasligi, dvigatelning moy tozalash quril-
malarida filqtrlanmasligi lozim. Moyga qo‘shiladigan birikmalar
yetarli darajada barqaror bo‘lishi, ya’ni uzoq muddat saqlanganda,
harorat o‘zgarganda va suv ta’sir etganda ajralib chiqib cho‘kmasligi
kerak.
5.1.3. M otor m oylarining asosiy xossalari
Motor moylari, dvigatellaming belgilangan quwat va tejam
korligini, sifat ko‘rsatkichlarini yo ‘qotmasdan, ishonchli va uzoq vaqt
ishlashini ta’minlashi uchun, ular standartlar va texnik shartlarda
belgilangan talablarga javob berishi lozim.
Motor moyining suyuq ishqalanishini ishonchli ta’minlay olish
xususiyatini xarakterlovchi muhim xossalaridan biri
k in e m a tik
q o v u s h q o q lik d ir .
Ishqalanuvchi sirtlardagi moy pardasi qancha mustahkam bo‘l-
Do'stlaringiz bilan baham: |