Polioksanlar
muzlash harorati pastligi bilan ajralib turadi,
qovushqolik harorat tasnifida egri chiziqni
hosil
qiladi va
issiqbardoshdir. Shu bilan birgalikda kimyoviy barqarordir. Bu
moylarda po‘lat, cho‘yan, mis, latun, bronza, qo‘rg‘oshin va boshqa
metallar 150°Cda ham korroziyaga uchramaydi. Polisiloksan va ular
asosidagi moylarning kamchiligini yemirilishga qarshi xususiyati
kamligidir. Prisadkalar qo‘shish orqali bu kamchilikni yanada
kamaytirish mumkin. Moylash materiallari orasida polisiloksanlar
kelajagi porloqdir. Hozirgi davrda ular gidrotizimlarda, gidro-
amortizatorlarda, plastik moylarda va o ‘lchash uskunalarida keng
qo‘llanilmoqda.
Ftoruglerodli moylar xossasi bo‘yicha yaxshi xususiyatga ega:
yuqori termik va ishqorlarga inertligi va minimal korroziyaga
uchraydi. Bu xususiyatli ftoruglerodli moylami yuqori haroratda
ishlatish mumkin. Bu moylarning qovushqoqlik-harorat tasnifi va
moylash xususiyati yaxshidir, lekin termik turg‘unligi yomonrokdir.
Sun’iy moylami neft moylariga qaraganda o ‘rtacha tannarxi 2-3
marta kamroqdir. Ekspluatatsion xossalari yaxshiligi bilan birgalikda
tejamkorliroqdir, chunki dvigatelda ishlash davri katta va ular kamroq
xarajat sarflanadi.
Neksiya, Tiko va Damas turidagi avtomobillar uchun zavod
ko‘rsatmasiga muvofiq SG 5W/30. SAE25W/30, SAE 10W/40, SAE
15W/40, SF/CC turidagi motor moylaridan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Shuni aytish kerakki, yarim sun’iy (polusintetik) moylar bahosi
bo‘yicha yaxshi raqobatda va ekspluatatsiyada yaxshi ko‘rsatgichlari
bilan ajralib turadi. Yarim sun’iy moylar mineral va sun’iy moylar
kabi yengil aralashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |