kuch qo‘ymasdan aylantirish mumkin. Shu sababli, transmission
moyning qo‘llanish harorati uning qotish haroratidan past bo‘ladi.
Moyning harorati bundan ham pasayganda, u shunchalik mustahkam
bo‘ladiki, uni isitmasdan turib rulni burish ham, agregatlami
harakatlantirish ham mumkin bulmay qoladi.
Sovuq juda kuchli bo‘lganda avitomobilni shatakka olib o‘t
oldirishga urinishlar yarim o‘qlaming sinishi olib kelishi mumkin.
Transmission moyning harorati intervali atrofinuhitning sharoitiga
qarab (uzoq vaqt turgandan keyin qo‘zg‘alishda) va og‘ir sharoitda
uzoq ishlagandagi haroratiga qarab belgilanadi.
Issiq kunlarda moyning harorati 80-100°C ga, o g ‘ir ishlash
sharoitlarida ishlatilganda 150°C ga yetishi mumkin. Ishqalanuvchi
sirtlaming boglanish joylarda harorat 300-1000°C ga yetishi mumkin,
to‘g‘ri, bu qisqa muddatli bo‘ladi.
Harorat pasayganda moyning qovushqoqligi ortishi sababli
ishqalanish tufayli isroflar va moyning ko‘chishiga qarshiliklami
yengishga sarflanadigan isroflar ortadi.
6.4. Transmission m oylarning tu rlari
Ishlatish sharoitiga ko‘ra transmission moylami 5 ta katta
guruhga bo‘lish mumkin:
TM-1 - avtomobillar tranmissiyasining kontakt kuchlanishi 900
dan 1600 MPa gacha, harorati 90°C gacha bo'lgan sharoitga ishlovchi
kam yuklamali silindrik hamda konussimon tishli uzatmalar, tezliklar
qutisi, ketingi ko‘priklari, bort uzatmalari va boshqa agregatlarida
ishlatiladigan moylar bo‘lib, bu moylarga odatda qo‘shilmalar
qo‘shilmaydi:
TM-2 - yeyilishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shilgan moylar bo‘lib,
ular 2100 MPa gacha solishtirma bosim ostida va 130°C gacha
bo‘lgan haroratda ishlaydigan konussimon tishli uzatmalar uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |