Z. X. A L im o V a transport vositalarida
,2 3, 4 benzapiren 7,2*10 '1
Download 3.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011
1,2
3, 4 benzapiren 7,2*10 '1 10,5* 10 _1 Sulfit angidridi 1,1 4,8 Organik kislotalar 0,5 3.7 Qattiq zarralar 1,4 13,2 Qo‘rg‘oshin 0,4 - Zamonaviy IYoDlarda aralashma hosil bo‘lishi juda qisqa vaqt 0,0005...0,04 s oralig‘ida amalga oshadi va shu sababli yonilg'i hamda havoning yuqori nisbiy tezliklari hosil qilinadi, harorat yuqorilash- tiriladi. Yonuvchi aralashma tayyorlash quyidagi jarayonlardan tashkil topadi: • havoni karbyurator orqali harakatlanishi; • benzinni jiklerdan oqib chiqishi; • benzinni purkalishi va bug’lanishi. Karbyuratorda tayyorlanib, kiritish quvurlari orqali silindrlarga uzatilgan benzinni may da tomchilari va bug‘lari hamda havodan tarkib topgan aralashma -yonuvchi aralashma deyiladi. Purkagichdan havo tezligidan 25 marta kam tezlik bilan oqib chiqayotgan benzin katta tezlik bilan harakatlanayotgan havo zarbasidan o’rtacha radiusi 0,1-0,3 mm bo’lgan mayda-mayda tomchilarga ajraladi va qisman tomchilar bug’ga aylanadi. Ba’zi tomchilar aralashtirgich kamera devorlariga o’tiradi. Tomchilar qancha mayda bo’lsa bug’lanish yuzasi shunchalik ko’payadi. Silindrlarga kiritilgan yonuvchi aralashma oldingi chiqarish jarayonidan qolgan gazlar bilan aralashib, ish aralashmasini tashkil qiladi. 2. 6 -rasm. K arbyurator dvigateii ta’minlash shemasi: 1-yonilg' baki, 2- filtr, 3-nasos, 4-qalqovich kamerasi,5-jiklyor, 6- havotozalagich, 7-aralashtirish kamerasi, 8-kirgizish trubasi, 9-kiritish klapani, 10-yondirish svechasi, 11-yonish kamerasi, 12-chiqarish klapani, 13-ishchi silindr, 14-chiqarish trubasi Havo miqdorini keragidan oshirib yuborish ham yaramaydi. Havo tarkibidagi kislorod, hajm bo‘yicha faqat 21% ni tashkil qiladi, 42 qolganlarini esa inert gaz va azot N 2 tashkil etadi. Demak, ko‘p havo berilsa, issiqlikning anchagina qismi azot va ortiqcha kislorodni isitishga sarflanadi, bunda harorat pasayadi, yonish tezligi kamayadi, yonilg‘i ortiqcha sarf bo‘ladi. Har xil yonilg'ilarni to‘liq yonishi har xil nazariy miqdordagi havo miqdorini talab qiladi. Yonuvchi aralashmaning tarkibi havo ortiqlik koeffitsiyenti (a) bilan baholanadi. Yonish jarayonida ishtirok etayotgan haqiqiy havo miqdorining (L) yonilg‘ini to‘la yonishi uchun zarur bo‘ladigan nazariy havo miqdoriga (Lo) nisbati havo ortiqlik koeffitsiyenti deyiladi. 1 kg benzinni to‘liq yonishi uchun nazariy jihatdan me’yoriy atmosfera bosimi va 20°C haroratda 15 kg (12,5 m3) havo kerak bo‘ladi. Bunday nazariy to‘g‘ri tarkibdagi aralashma (a= l,0) me’yoriy deyiladi. Amalda nazariy aralashmada benzin to‘liq yonmaydi. To‘liq yonishni ta’minlash uchun Download 3.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling