Z. X. A L im o V a transport vositalarida


Download 3.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/116
Sana21.08.2023
Hajmi3.59 Mb.
#1668861
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116
Bog'liq
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011

1
 
2
 
3
 
4
 
5
 
6
 
7
saqlash muddati, oy
2.11 rasm. 
Benzinni saqlash mobaynida sm olali birikm alarning
hosil bo‘lishi:
1- to ‘la to ‘Idirilgan idish, 2- 50% to 'Idirilgan idish.
Benzinga aralashgan oltingugurt dvigatel detallarining yeyili- 
shini tezlashtiradi, masalan, benzin tarkibidagi oltingugurt miqdori
53


0,003 dan 0,1% ga yetsa, detallaming yeyilishi 2,7 baravar, 
oltingugurt miqdori 
0
,
2
% ni tashkil etganda esa deyarli to‘rt baravar 
ortadi, shuningdek, ularni qurum bosishi ham zo‘rayadi, bu esa 
benzindagi smolali moddalar miqdoriga bog‘liq. Davlat sifat belgisi 
qo‘yilgan Ai-98 markali benzinda oltingugurt va smolali moddalar 
miqdori 0,05%ni, A-72 markali benzinda esa 0,12% ni tashkil etadi. 
Boshqa markali benzinlarning hammasida oltingugurt 0,1% dan 
oshmaydi.
Avtomobil benzinini tarkibida oksidlanishga moyil bo‘lgan 
to‘yinmagan uglevodorodlar ham bor. Shu sababli, benzin saqlab 
qo‘yilganida va ishlatilayotganida smolali maxsullar xosil bo‘lib, 
karbyuratoming ichki yuzasini va klapanlami qora qurum bosadi. 
Benzin tarkibidagi xaqiqiy smola miqdori 0,ldan 1,0 g/1 ga yetsa, o‘t 
oldirish shamlari qisqa tutashishi, porshen halqalarini qurum bosishi, 
klapanlar (agar profilaktika tadbirlari ko‘rilmagan bo‘lsa) «salqib» 
qolishi mumkin. Oqibatda dvigatelning foydali ish koefitsiyenti 
kamayadi.
2.6. Benzinlarning m arkalanishi
Benzinlar detonatsion xossalariga ko‘ra markalarga ajratiladi. 
Avtomobil benzini arming markasida motor usulida aniqlangan oktan 
soni (A-72, A-95) yoki tekshirish yo‘li bilan aniqlangan oktan soni (Ai- 
93, Ai-98) ko‘rsatilgan bo‘ladi. Aviatsiya benzinlarining markasi (B-70 
benzini bundan mustasno) kasr son bilan ko‘rsatiladi, kasming suratida 
motor usulida aniqlangan, oktan soni, maxrajida esa navi ko‘rsatilgan 
bo‘ladi (B-91/115, B-95/130, B-100/130). Benzin markasining 
dvigatelga mos 
tushish-tushmasligi, 
birinchidan, 
uning 
siqish 
darajasiga, ikkinchidan, bir silindming ish hajmiga va uchinchidan, 
dvigatelning tuzilishiga bog‘liq. Dvigatelning siqish darajasi qanchalik 
yuqori va silindming ish hajmi qanchalik katta bo‘Isa, unda 
ishlatiladigan benzinning oktan soni shuncha katta bo‘lishi zarur, siqish 
darajasining 0,2-0,25 xissa ortishi oktan sonining bitta birlikka 
oshirilishini talab qiladi. Dvigatellaming siqish darajasiga oktan soni 
mos bo‘lmagan benzin ishlatilganda detonatsion yonishni keltirib 
chiqaradi. Shuning uchun har bir dvigatelning siqish darajasiga mos 
oktan sonli benzin tanlanadi.


2.4-jadval

Download 3.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling