Z. X. A L im o V a transport vositalarida


-BO‘L IM D IZ E L L I D V IG A T E L L A R U C H U N Y O N IL G ’IL A R


Download 3.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/116
Sana21.08.2023
Hajmi3.59 Mb.
#1668861
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116
Bog'liq
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011

3-BO‘L IM
D IZ E L L I D V IG A T E L L A R U C H U N Y O N IL G ’IL A R
Dizel dvigatellari ish protsessi karbyurator dvigatellamikidan 
keskin farq qiladi, chunki ularda yonilg‘i havo bilan bevosita yonish 
kamerasida aralashadi.
Dizel dvigatellari - quw ati, porshenni harakat tezligi, tirsakli 
vallar aylanish tezligi, aralashma hosil bo‘lish sharoitiga qarab har xil 
konstruksiyali bo‘ladi.
Tezyurar dizellar siqish darajasi yuqori 8=16-5-20. Ularda 
silindrdagi 3,
0
-
5
-
5
,0 MPa ga siqilgan va siqilish hisobiga 600-800 °C 
gacha isigan havoga, yuqori bosim nasosi ostida ishlaydigan forsunka 
orqali yonilg‘i porsiyasi purkalanadi. Silindming yonish kamerasida 
yonilg'i issiq havo bilan aralashadi. Qisqa vaqt ichida (tirsakli val 20- 
25 °C burilguncha) 0,001-0,004 sekundda aralashma hosil bo‘lib o‘z- 
o‘zidan alangalanadi. Shunday qilib, dizel dvigatellarida qisqa vaqt 
ichida yonilg‘i yonish kamerasiga to‘zitilib purkalishi, issiq havo bilan 
aralashishi, bug‘lanishi, oksidlanishi va yonishi kerak.
Dvigatellar ishonchli va tejamli ishlashi uchun yonilg‘i to‘g‘ri 
tanlanishi, yonilg'i purkalishini ilgarilatish burchagi optimal bo‘-lishi, 
yonganda to‘liq va batamom yonishi kerak.
Dizel dvigateli avtomobillar xalq xo‘jaligining turli sohalarida 
keng qo‘llanilmoqda va hozir ko!p miqdorda ishlab chiqarilyapti. 
Dizellar karbyuratorli dvigatellarga nisbatan qator afzalliklarga ega 
bo‘lgani, ya’ni tejamliroq, og‘irroq, demak arzonroq yonilg‘ida 
ishlashi, yong‘in chiqish xavfi kamligi, (qabul qiluvchanligi 
yuqoriroq) ishonchli va uzoqroq ishlashi tufayli keng tarqalgan.
Dizel yonilg4ilari nisbatan qovushqoq qiyin bug‘lanadigan yo- 
nuvchan suyuqlikdir. Ulaming tarkibida massasi bo‘yicha taxminan 
87% uglerod, 15% vodorod, 
0,5%gacha oltingugurt, juda oz 
miqdorda kislorod va azot bor. Dizel yonilqisining zichligi 0,78-
0,86g/sm3, yonganda chiqadigan issiqligi o‘rtacha 42,5 MJ/kg. Dizel


yonilg‘isi benzin bilan ishlaydigan dvigatelli avtomobillarga qara­
ganda 25-30% tejamli. Dizel dvigatellaridaga yonilg‘i yonganda 
chiqqan issiqlik katta bo‘lib, avtomobillarga 600 km va undan ortiq 
zapas yo‘l yurishga imkon beradi.
Belgilangan quw at va tejamkorlik ko‘rsatkichlarida hamda 
ishlatilgan gazlarni tutun kam chiqarib dvigatelning ishonchli va uzoq 
muddat ishlashini ta’minlash uchun dizel yonilg‘isining sifati davlat 
standartlari talablariga javob berishi lozim.

Download 3.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling