Z. X. A L im o V a transport vositalarida
Dizel yonilgUsi qovushqoqligi(v)ning, harorat(t°C )g a
Download 3.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Dizellarda yonilg‘ining yonishi
Dizel yonilgUsi qovushqoqligi(v)ning, harorat(t°C )g a
bog‘liq!igi: 1-yozgi: 2-qishki; 3-shimoliy. Yonilg‘i nasosining pretsizion jufflari yonilg‘i bilan moylanadi, yonilg‘i qovushqoqligi pasayishi natijasida moylash xossalari yomonlashadi, bu esa yeyilishning oshishiga yonilg‘i sarfini oshishiga, dvigatel quvvatini pasayishiga olib keladi va purkalish fakeli qisqa bo‘ladi. Qovushqoqlik oshib ketganda ham yonuvchi aralashma hosil bo‘lish sifati yomonlashadi, yirik tomchilar hosil bo‘lib, yonilg‘i bug‘lanishiga ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Yonilg‘i to‘liq yonmaydi, sarfi ortadi. Yonilg‘i porshen tubiga va kamera devorlariga o‘tirib qolishi natijasida qurum hosil bo‘lishi ko‘payu.ui, ish bajargan gazlar qorayib chiqadi va purkalish fakeli uzun bo‘ladi. Qovushqoqlik me’yorida bo‘lganda yonilg‘i bir xil tartibli tomchilar tarzida to‘zitiladi. Bug‘li aralashma yonish protsessi yax- shilanadi. Oquvchanlik yaxshi bo‘ladi, trubalardan, may in tozalash filtri, yuqori bosim nasoslaridan yonilg‘i oson o‘tadi. Yilning sovuq vaqtida dizellar yaxshi ishlashini ta’minlash uchun qishki sort dizel yonilg‘isining qovushqoqligi pastroq bo‘ladi. 3.3. Dizellarda yonilg‘ining yonishi Dizellarda aralashma silindmi ichida hosil bo‘ladi. Dizel dviga- tellarida yonilg‘i aralashmasining hosil bo‘lishi va uning yonish intensivligi ko‘pgina sabablarga, chunonchi, siqilgan havo bosimi va harorati, to‘zitilish mayinligiga, havodagi yonilg‘i mikdoriga, yonilg‘ining bug‘lanuvchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Ammo yonilg‘i- ning kimyoviy tarkibi asosiy ahamiyatga ega, u yonilg‘ining alan- ganlanish haroratinigina emas, balki, alangalanishning kechikish davrini ham (ya’ni yonilg‘i berila boshlangandan to o‘z-o‘zidan alangalana boshlaydigan paytgacha o‘tadigan vaqtni) ham belgi-laydi. Jarayonning bir qismi yonilg‘i yonishga tayyorlanayotgan davrda, anchagina qismi esa alanga paydo bo‘lgandan so‘ng kechadi. Dizellarda yonuvchi aralashma hosil bo‘lishiga ketadigan vaqt uchqundan o‘t oladigan dvigatellarga qaraganda kam, lekin jara yonning tezligi esa ikkala xolda ham bir xildir. Dizellarda aralashma hosil bo‘lishining zaruriy elementlariga yonilg‘ining purkalishi va to‘zitilishi, shuningdek, yonish kamerasi bo‘shlig‘ida yonilg‘i oqimining harakatlanishi kiradi. Silindrlarga yonilg‘i forsunkaning purkahshidan beriladi. Bu jarayon purkash teshiklari bilan yonish kamerasi orasida bosim 13,5-16,5 MPa gacha o‘zgarishi natijasida sodir bo‘ladi. Bu bosim purkash bosimi deyiladi. Purkash bosimi va purkashning o ‘tish kesimi yonilg‘i berilishi davomida o‘zgarib turadi, shu sababli teshiklardan yonilg‘ining o‘tish tezligi va uning sekundlik sarfi ham o‘zgaruvchandir. Oqimning yonilg'i eng ko‘p to‘plangan markaziy qismi eng katta tezlik bilan harakatlanuvchi zarralar bilan to‘la bo'ladi. Kanal o‘qidan uzoqlashgan sari tom-chilaming o‘lchami kichiklashib va harakat tezligi pasayib, tomchi-lar miqdori esa ko‘payib boradi. Bu qiymatlar tirsakli valning buri-lish burchagiga qarab o‘zgaradi, aralashma hosil qilish usullariga, yonilg‘i beruvchi apparatlaming konstruksiyasiga, yonilg‘ining xossalariga, silindming o'lchamlari va IYoDning ishlash rejimlariga bog‘liq. Yonilg‘ining to'zitilish mayinligi va yonish ko‘rsatkich-larini baholash uchun tomchilaming o‘rtacha diametri tushuncha-sidan foydalaniladi. 0 ‘rtacha diametr qancha kichik bo‘Isa, to'zitish shuncha mayda (mayin) hisoblanadi. To‘zitilgan yonilg'i kamera devorlariga tegmasligi kerak, aks xolda aralashma hosil bo‘lish va uning yonish jarayoni buziladi. Havoning yonish kamerasidagi maksimal aylanish tezligi 10-15 m/sek. ni tashkil etadi. L 3.2 - rasm. Purkalgan yonilg‘i oqimining sxemasi. Purkalgan yonilg‘i zarralarining isishi va bug‘lanishi natijasida aralashmaning harorati pasayadi. Shu sababli o‘z-o‘zidan alanga lanish manbalari yonilg‘i oqknlarming chekka qismlarida, ya’ni yonilg'i eng qulay miqdorda to‘planadigan va harorati yuqori bo‘ladigan joylarda yuzaga keladi. Yuzaga kelayotgan birlamchi manbalardan alanganing tarqalish tezligi bir necha 10 m/s dan tovush tezligidan yuqori qiymatlargacha o‘zgarishi mumkin. Dizellarda yonilg‘i bir jinsli bo‘lmagan tarzda to‘zitiladigan, alangalanish manbalari esa siqilgan yonilg‘i miqdorining kattagina qismi purkalgunicha yoki o‘z-o‘zidan alangalanishga tayyor bo‘lgunga qadar yuzaga keladi. Qisqa vaqt ichida yonish kamerasida fizikaviy (to‘zitilish, havo bilan aralashish, isish, bug'lanish) va murakkab kimyoviy jarayonlar (yonilg‘i molekulalari oksidlanishining turli bosqichlari) sodir bo‘ladi. Natijada yonilg‘ining 10-15% energiyasi ajraladi va issiqlik to‘planadi, harorat ko'tariladi va yonilg‘i alangalanadi. Yonilg‘ining havo kislorodi bilan aralashmasi yona boshlashi uchun zarur bo‘lgan isitish harorati o‘z-o‘zidan alangalanish harorati deb ataladi. -40 -20 о 20 40 60 80 100 З.З.-rasm. Download 3.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling