aromatik)
uglevodorodlar ko‘p bo‘lsa,
dizel dvigateli taqillab
ishlaydi, chunki yonilg‘i tarkibidagi uglevodorodlar qiyin oksidlanadi.
Yonish kamerasida yonilg‘i ko‘p to‘planadi va katta qismi bir-
daniga alangalanadi, bosim keskin qo‘tariladi va dvigateldan o‘ziga
xos
takillangan ovoz eshitiladi, natijada dvigatel kattiq ishlaydi:
podshipnik vkladishlari, porshen xalkalari yeyiladi. Yonilg‘i sarfi
ortadi.
Yonish protsessi (3.3-rasm) 2-nuqtada
boshlanadi, bunda bosim
jadal ko‘tariladi. Tez yonish davri 2-nuqtadan 3-nuqtagacha davom
etadi. Bunda energiyaning asosiy qismi (70%) ajrilib chiqadi.
Yonish
protsessi yaxshi to‘g‘ri tashkil qilinsa, bosim maksimal qiymatgacha
ko‘tariladi (bu vaqtda yonilg'i berish davom
etganUgidan yonish hali
tugamaydi).
Uchinchi davr-sekin yonish davri (3dan-4gacha)
boshlanadi, bunda issiqlik energiyasining (
20
%) qismi ajralib chiqadi.
Bu davmi boshida yonilg‘i berish tugaydi. Bu davr oxirida kengayish
chizig‘ida 4-nuqtadan keyin barcha yonilg‘i yonib ulgurishi kerak.
3.4-rasm.
Dizel dvigatelining ta’minlash tizim i:
1-yonilg‘i nasosi, 2 -yonilg'i baki, 3,5,6- (ruboprovod, 4-dag'al
tozalash filtri, 7-
havo tozalagich, 8-ventil, 9-haydash nasosi,
10-forsunka, 11-yonish kamerasi, 12-mayin tozalash filtri
Dizel dvigatelining ta’minlash tizimi silindrlami tozalangan
yonilg‘i va havo bilan ta’minlaydi, yonilg‘ini
yuqori bosimgacha
siqadi, dvigatelning ish rejimiga qarab kerakli yonilg‘i miqdorini
silindrga mayda to‘zitilgan xolda uzatadi va uni silindr ichidagi
siqilgan, qizigan havo bilan aralashtiradi
hamda silindrni ishlatilgan
gazlardan tozalaydi (3.4-rasm).
Dizellar ishlaganda qora tutun chiqishi ishlatilgan gazlarda
qurum borligi bilan tushuntiriladi. Qurumni boshlang‘ich o‘lchamlari
Do'stlaringiz bilan baham: