Z. X. A L im o V a transport vositalarida
Download 3.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011
V 2,0
1,6 1.2 0,8 0,4 0 - 10 3.7.-rasm. Setan sonini o‘zgarishini dizel dvigatelining param etralariga bog‘liq lik grafigi: l-alangalanishni kechikish davri, Tk; 2-bosimining oshish tezligi, V;3-yonilg ‘ining solishtirma sarfi, g Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi boshlaguncha bo‘lgan davr katta bo‘lganda silindrda to‘plangan yonilg‘i qisqa vaqt ichida yonadi, gaz bosimi bir zumda oshib ketadi. Shuning uchun ham dizel ravon ishlamaydi (taqillangan tovush chiqadi). Dvigatel qattiq ishlaganda, uning detallari, ayniqsa, podshipnik vkladishlari tez yeyiladi, porshen halqalari deformatsiyalanadi, yonilg‘i sarfi ortadi. Setan soni qancha katta bo‘lsa, dizel yonilg‘isining o‘z-o‘zidan alangalanishi boshlaguncha bo‘lgan davr shuncha kichik bo‘ladi, dvigatel shuncha ravon ishlaydi, dvigatelni ishga tushurish harorati ham shuncha past bo‘ladi. S E T A N S O M 3.8.-rasm. Setan sonini o‘zg arish in i dizel dvigatelining siqish darajasigaga bog‘liqlik graflgi. Dizel dvigatellarini ishlatishda yonilg‘i purkalishini ilgarilatish burchagi to‘g‘ri o‘matilgandagina yonilg‘i yaxshi yonadi, ya’ni bu burchak optimal bo‘lishi zarur. U katta yoki kichik bo‘lganda dviga tel quw ati kamayadi, yonilg‘ining chala yonishi, ortiqcha sarflani- shiga hamda dvigatelning F.I.K. kamayishiga olib keladi. 3.5. Dizel yonig‘ilarining past h aroratdagi xossalari Yilning sovuq vaqtida dvigatellarini ishlatishda yonilg‘ining qovushqoqligidan tashqari, uning past haroratdagi xossalari ham katta rol o‘ynaydi. Bu xossalari xiralashish va qotish haroratlari bilan baholanadi. Xiralanish harorati deb, yonilg‘ining faza bo‘yicha bir jinsliligi yo‘qoladigan haroratga aytiladi. Masalan, dizel yonilg‘isi rangsiz shishadan tayyorlangan probirkaga solinib, sovitilsa, muayyan haroratda u xiralasha bosh laydi, bunda parfin uglevodorodlar ajralib chiqishi natijasida yonil- g‘ining tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi. Yonilg‘i asta-sekin sovitilsa par fin kristallari kattalashadi va yonilg‘i harakatlanish .qobiliyatini yo‘qotadi. Yonilg‘ining harakatlanuvchanligi yo'qoladigan harorat qotish harorati deyiladi. Yonilg‘ining harorati shu darajaga yetganda yonilg‘i oquvchanligini yo‘qotadi, yonilg‘ini dvigatel silindrlariga uzatishning iloji bo‘lmay qoladi. Yozgi yonilg‘ining qotish harorati minus 10 °C dan, qishniki mo‘tadil iqlimli zonalar uchun minus 35 °C dan, sovuq zonalar uchun minus 45 °C dan, shimoliy yonilg‘ilar uchun minus 55 °C dan yuqori emas. Mexanik aralashmalar va suv. Yonilg‘i apparati detallarini va dvigatelning o'zini yeyilishiga sabab bo‘lgani, shuningdek yonil- g‘ining uzluksiz uzatilib turilishiga zararli ta’sir ko‘rsatgani uchun dizel yonilg‘isi tarkibida mexanik aralashmalar va suv bo‘lmasligi kerak. Download 3.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling