Z. X. A L im o V a transport vositalarida


Dizel yonilgUsi qovushqoqligi(v)ning, harorat(t°C )g a


Download 3.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/116
Sana21.08.2023
Hajmi3.59 Mb.
#1668861
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116
Bog'liq
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011

Dizel yonilgUsi qovushqoqligi(v)ning, harorat(t°C )g a
bog‘liq!igi:
1-yozgi: 2-qishki; 3-shimoliy.
Yonilg‘i nasosining pretsizion jufflari yonilg‘i bilan moylanadi
yonilg‘i qovushqoqligi pasayishi natijasida moylash xossalari 
yomonlashadi, bu esa yeyilishning oshishiga yonilg‘i sarfini 
oshishiga, dvigatel quvvatini pasayishiga olib keladi va
purkalish fakeli qisqa bo‘ladi.
Qovushqoqlik oshib ketganda ham yonuvchi aralashma hosil 
bo‘lish sifati yomonlashadi, yirik tomchilar hosil bo‘lib, yonilg‘i 
bug‘lanishiga ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Yonilg‘i to‘liq yonmaydi, sarfi 
ortadi. Yonilg‘i porshen tubiga va kamera devorlariga o‘tirib qolishi


natijasida qurum hosil bo‘lishi ko‘payu.ui, ish bajargan gazlar qorayib 
chiqadi va
purkalish fakeli uzun bo‘ladi.
Qovushqoqlik me’yorida bo‘lganda yonilg‘i bir xil tartibli 
tomchilar tarzida to‘zitiladi. Bug‘li aralashma yonish protsessi yax- 
shilanadi. Oquvchanlik yaxshi bo‘ladi, trubalardan, may in tozalash 
filtri, yuqori bosim nasoslaridan yonilg‘i oson o‘tadi. Yilning sovuq 
vaqtida dizellar yaxshi ishlashini ta’minlash uchun qishki sort dizel 
yonilg‘isining qovushqoqligi pastroq bo‘ladi.
3.3. Dizellarda yonilg‘ining yonishi
Dizellarda aralashma silindmi ichida hosil bo‘ladi. Dizel dviga- 
tellarida yonilg‘i aralashmasining hosil bo‘lishi va uning yonish 
intensivligi ko‘pgina sabablarga, chunonchi, siqilgan havo bosimi va 
harorati, to‘zitilish mayinligiga, havodagi yonilg‘i mikdoriga, 
yonilg‘ining bug‘lanuvchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Ammo yonilg‘i- 
ning kimyoviy tarkibi asosiy ahamiyatga ega, u yonilg‘ining alan- 
ganlanish haroratinigina emas, balki, alangalanishning kechikish 
davrini ham (ya’ni yonilg‘i berila boshlangandan to o‘z-o‘zidan 
alangalana boshlaydigan paytgacha o‘tadigan vaqtni) ham belgi-laydi.
Jarayonning bir qismi yonilg‘i yonishga tayyorlanayotgan 
davrda, anchagina qismi esa alanga paydo bo‘lgandan so‘ng kechadi. 
Dizellarda yonuvchi aralashma hosil bo‘lishiga ketadigan vaqt 
uchqundan o‘t oladigan dvigatellarga qaraganda kam, lekin jara­
yonning tezligi esa ikkala xolda ham bir xildir. Dizellarda aralashma 
hosil bo‘lishining zaruriy elementlariga yonilg‘ining purkalishi va 
to‘zitilishi, shuningdek, yonish kamerasi bo‘shlig‘ida yonilg‘i 
oqimining harakatlanishi kiradi. Silindrlarga yonilg‘i forsunkaning 
purkahshidan beriladi. Bu jarayon purkash teshiklari bilan yonish


kamerasi orasida bosim 13,5-16,5 MPa gacha o‘zgarishi natijasida 
sodir bo‘ladi. Bu bosim purkash bosimi deyiladi. Purkash bosimi va 
purkashning o ‘tish kesimi yonilg‘i berilishi davomida o‘zgarib turadi, 
shu sababli teshiklardan yonilg‘ining o‘tish tezligi va uning sekundlik 
sarfi ham o‘zgaruvchandir. Oqimning yonilg'i eng ko‘p to‘plangan 
markaziy qismi eng katta tezlik bilan harakatlanuvchi zarralar bilan 
to‘la bo'ladi. Kanal o‘qidan uzoqlashgan sari tom-chilaming o‘lchami 
kichiklashib va harakat tezligi pasayib, tomchi-lar miqdori esa 
ko‘payib boradi. Bu qiymatlar tirsakli valning buri-lish burchagiga 
qarab o‘zgaradi, aralashma hosil qilish usullariga, yonilg‘i beruvchi 
apparatlaming konstruksiyasiga, yonilg‘ining xossalariga, silindming 
o'lchamlari va IYoDning ishlash rejimlariga bog‘liq. Yonilg‘ining 
to'zitilish mayinligi va yonish ko‘rsatkich-larini baholash uchun 
tomchilaming o‘rtacha diametri tushuncha-sidan foydalaniladi. 
0
‘rtacha diametr qancha kichik bo‘Isa, to'zitish shuncha mayda 
(mayin) hisoblanadi.
To‘zitilgan yonilg'i kamera devorlariga tegmasligi kerak, aks 
xolda aralashma hosil bo‘lish va uning yonish jarayoni buziladi. 
Havoning yonish kamerasidagi maksimal aylanish tezligi 10-15 
m/sek. ni tashkil etadi.
L
3.2 - rasm. Purkalgan yonilg‘i oqimining sxemasi.
Purkalgan yonilg‘i zarralarining isishi va bug‘lanishi natijasida 
aralashmaning harorati pasayadi. Shu sababli o‘z-o‘zidan alanga­
lanish manbalari yonilg‘i oqknlarming chekka qismlarida, ya’ni 
yonilg'i eng qulay miqdorda to‘planadigan va harorati yuqori 
bo‘ladigan joylarda yuzaga keladi. Yuzaga kelayotgan birlamchi 
manbalardan alanganing tarqalish tezligi bir necha 
10
m/s dan tovush


tezligidan yuqori qiymatlargacha o‘zgarishi mumkin. Dizellarda 
yonilg‘i bir jinsli bo‘lmagan tarzda to‘zitiladigan, alangalanish 
manbalari esa siqilgan yonilg‘i miqdorining kattagina qismi 
purkalgunicha yoki o‘z-o‘zidan alangalanishga tayyor bo‘lgunga 
qadar yuzaga keladi.
Qisqa vaqt ichida yonish kamerasida fizikaviy (to‘zitilish, havo 
bilan aralashish, isish, bug'lanish) va murakkab kimyoviy jarayonlar 
(yonilg‘i molekulalari oksidlanishining turli bosqichlari) sodir bo‘ladi. 
Natijada yonilg‘ining 10-15% energiyasi ajraladi va issiqlik 
to‘planadi, harorat ko'tariladi va yonilg‘i alangalanadi. Yonilg‘ining 
havo kislorodi bilan aralashmasi yona boshlashi uchun zarur bo‘lgan 
isitish harorati o‘z-o‘zidan alangalanish harorati deb ataladi.
-40 
-20 
о
20 
40 
60 
80 
100
З.З.-rasm. 

Download 3.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling