Z. X. A L im o V a transport vositalarida


Download 3.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/116
Sana21.08.2023
Hajmi3.59 Mb.
#1668861
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116
Bog'liq
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011

10D
 
5 0
YU.CH.N.
 
5 o
t o o
tp
2.7-rasm. Uchqun 
bilan alangalanadigan dvigatellarning 
indikator diagrammasi
Dvigatel detonatsiyali ishlaganda alangalanishning' tarqalishi 
boshida bir xil b o isa ham, lekin yonish jarayonining oxiriga bor- 
ganda yonish tezligi (alanganing tarqalish tezligi) juda katta bo‘lib, 
(1500-2000m/s) portlash orqali boradi (harorat juda katta bo‘ladi) 
bosim tekis ko‘tarilmay, tik cho‘ziladi (indikator diagrammada).
2.4. Benzinlarning detonatsiyaga bardoshlik xossalari
Benzinning detonatsiyaga turg‘unligi unga qo‘yiladigan muhim 
talablardan biridir. Kuchli detonatsiya vaqtida dvigatelning quwati 
kamayadi, ishlatilgan gazlar qop-qora tutun ko‘rinishida chiqadi, 
dvigatelning detallari issiqlik ta’sirida zo‘riqib ishlaydi. Natijada 
klapanlaming chetlari, portshenlar, svechalaming elektrodlari kuyib
ishdan chiqadi, blok kallagidagi qistirma teshilishi mumkin. Zarb 
to‘lqinlari porshen bilan silindr orasidagi moy pardasini yirtadi va


ishqalanib ishlaydigan yuzalar jadal yeyiladi. Bu hoi benzin deto­
natsiyaga yetarlicha turg‘un bo‘lmaganida yuzaga keladi.
Dvigatelda ishlatiladigan benzinning detonatsiyaga turg‘unlik 
darajasi haddan tashqari yuqori bo‘lishi ham yaxshi emas. Bunda 
benzin alanganlashga jadal «qarshilik ko‘rsatganligi» sababli sekin 
yonadi, aralashmaning yonishi uzoqqa cho‘ziladi, yonish mahsulot­
lari kengayib ulgurmaganligidan u foydali ish bajarmasdan sovib 
qoladi.
2.8-rasm. Detonatsiyali yonish jarayonining indikator 
diagrammasi:
Kuchsiz (a) va kuchli (b) detonatsiyali yonish diagrammalari.
Yonish jarayoni tugamasdan chiqarish klapani ochiladi va issiq 
yonish mahsulotlari klapanga boradi, klapan bunday issiqlikka 
bardosh berolmay, kuyib ketadi.
Benzinlarning detonatsiyaga turg‘unlik darajasi oktan soni bilan 
ifodalanadi. Benzinning dvigatel quw atiga va yonilg‘ining sarf 
miqdoriga ta’sir qiluvchi xossalaridan yana biri uning oktan soni 
bo‘lib, oktan soni - yonilg'ining detonatsiyaga turg‘unligi (bardosh- 
ligi)ni bildiradi. Detonatsiya, bu dvigatelning noto‘g‘ri ishlashi yoki 
boshqacha qilib aytganda, yonish jarayonining noto‘g‘ri borishidir.
Dvigatelning detonatsiyali ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuning 
uchun detonatsiyani kelib chiqish sabablarini va uni kamaytirish


yo'llarini bilishimiz kerak. Yonish kamerasida qurum (qotishmalar) 
ko‘p hosil bo‘lishi natijasida benzinni o ‘z-o‘zidan ham alangalanib 
ketishi mumkin.
Detonatsion yonishning asosiy sabablaridan bittasi - yonilg'i 
tarkibidagi uglevodorodlaming oksidlanishi natijasida organik pere- 
kis birikmalaming, yonish jarayonining oxiriga borib ko‘p hosil bo‘- 
lishi va ulaming parchalanishi natijasida ko‘p issiqlik ajralishi nati­
jasida silindr ichida bosim va harorat katta bo‘lishidir.

Download 3.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling