Z. X. A L im o V a transport vositalarida
Download 3.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. Benzinlarning detonatsiyaga bardoshlik xossalari
10D
5 0 YU.CH.N. 5 o t o o tp 2.7-rasm. Uchqun bilan alangalanadigan dvigatellarning indikator diagrammasi Dvigatel detonatsiyali ishlaganda alangalanishning' tarqalishi boshida bir xil b o isa ham, lekin yonish jarayonining oxiriga bor- ganda yonish tezligi (alanganing tarqalish tezligi) juda katta bo‘lib, (1500-2000m/s) portlash orqali boradi (harorat juda katta bo‘ladi) bosim tekis ko‘tarilmay, tik cho‘ziladi (indikator diagrammada). 2.4. Benzinlarning detonatsiyaga bardoshlik xossalari Benzinning detonatsiyaga turg‘unligi unga qo‘yiladigan muhim talablardan biridir. Kuchli detonatsiya vaqtida dvigatelning quwati kamayadi, ishlatilgan gazlar qop-qora tutun ko‘rinishida chiqadi, dvigatelning detallari issiqlik ta’sirida zo‘riqib ishlaydi. Natijada klapanlaming chetlari, portshenlar, svechalaming elektrodlari kuyib, ishdan chiqadi, blok kallagidagi qistirma teshilishi mumkin. Zarb to‘lqinlari porshen bilan silindr orasidagi moy pardasini yirtadi va ishqalanib ishlaydigan yuzalar jadal yeyiladi. Bu hoi benzin deto natsiyaga yetarlicha turg‘un bo‘lmaganida yuzaga keladi. Dvigatelda ishlatiladigan benzinning detonatsiyaga turg‘unlik darajasi haddan tashqari yuqori bo‘lishi ham yaxshi emas. Bunda benzin alanganlashga jadal «qarshilik ko‘rsatganligi» sababli sekin yonadi, aralashmaning yonishi uzoqqa cho‘ziladi, yonish mahsulot lari kengayib ulgurmaganligidan u foydali ish bajarmasdan sovib qoladi. 2.8-rasm. Detonatsiyali yonish jarayonining indikator diagrammasi: Kuchsiz (a) va kuchli (b) detonatsiyali yonish diagrammalari. Yonish jarayoni tugamasdan chiqarish klapani ochiladi va issiq yonish mahsulotlari klapanga boradi, klapan bunday issiqlikka bardosh berolmay, kuyib ketadi. Benzinlarning detonatsiyaga turg‘unlik darajasi oktan soni bilan ifodalanadi. Benzinning dvigatel quw atiga va yonilg‘ining sarf miqdoriga ta’sir qiluvchi xossalaridan yana biri uning oktan soni bo‘lib, oktan soni - yonilg'ining detonatsiyaga turg‘unligi (bardosh- ligi)ni bildiradi. Detonatsiya, bu dvigatelning noto‘g‘ri ishlashi yoki boshqacha qilib aytganda, yonish jarayonining noto‘g‘ri borishidir. Dvigatelning detonatsiyali ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuning uchun detonatsiyani kelib chiqish sabablarini va uni kamaytirish yo'llarini bilishimiz kerak. Yonish kamerasida qurum (qotishmalar) ko‘p hosil bo‘lishi natijasida benzinni o ‘z-o‘zidan ham alangalanib ketishi mumkin. Detonatsion yonishning asosiy sabablaridan bittasi - yonilg'i tarkibidagi uglevodorodlaming oksidlanishi natijasida organik pere- kis birikmalaming, yonish jarayonining oxiriga borib ko‘p hosil bo‘- lishi va ulaming parchalanishi natijasida ko‘p issiqlik ajralishi nati jasida silindr ichida bosim va harorat katta bo‘lishidir. Download 3.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling