kJ/kg ga teng. Dvigatelga yonilg‘i emas, balki yonilg‘i va havodan
iborat yonuvchi aralashma keladi. Yonuvchi
aralashmada havo kam
bo‘lsa issiqlik ortadi, yonish uchun ko‘proq
havo berilganda esa
kamayadi.
Yonilg‘i bug'larining havo bilan har qanday aralashmasi ham
dvigatelda alangalanib yonavermaydi. Aralashmaning
yuqori va past
alangalanish chegaralari bo‘ladi. Aralashmaning yuqori chegarasiga
havoda yonilg‘i bug‘lari shuncha miqdorda bo‘ladiki,
aralashma
bundan
ham quyuqlashib
ketganda u alangalanmaydigan bo‘lib
qoladi. Alangalanishning past chegarasida havoda yonilg‘i bug‘lari
yetarli bo‘lmaydi, agar endi aralashma
bundan ham suyuqlashsa, u
yonmaydigan bo‘lib qoladi.
2.3-jadval
Yonilg‘i va yonuvchi aralashm alarning yonish issiqligi
Yonilg‘i
Hisoblab
topilgan havo
miqdori,
kg/kg
Yonilg‘ining
yonish
issiqligi
kJ/kg(kkal/kg)
Yonuvchi
aralashmaning
yonish issiqligi,
kJ/kg(kkal/kg)
Avtomobil
benzini
14.8
43961 (10500)
2780 (664)
Aviatsiya
benzini
14.9
44380 (10600)
2788(666)
Dizel yonilg‘isi
14.4
42700(1020)
2771 (662)
Etil spirti
8.4
25958(6200)
2763(660)
Benzol
13.2
39356 (9400)
2771(662)
Karbyuratorli dvigatelda yonish jarayoni me’yorida borganda
yonilg‘i
havo bilan aralashib, yonuvchi aralashma hosil qilgandan
so‘ng, silindrda uchqun orqali alangalanadi
va alanganing tarqalishi
natijasida yonib tugallanadi (2.7.rasm). Alanganing tarqalish tezligi
15-30 m/s bo‘lganda dvigatelning quw ati yetarli darajada bo‘ladi,
yonilg‘i tejamli sarf bo‘ladi.
Yonish tezligiga ko‘p omillar, yonilg‘ining tarkibi,
havoning
miqdori, namligi yonish kamerasi ichidagi bosim, harorat ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: