Zahiriddin muhammad bobur merosida tilga oid munosabatlar tahlili


Download 457.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana09.05.2023
Hajmi457.65 Kb.
#1448516
  1   2   3   4   5
Bog'liq
zahiriddin-muhammad-bobur-merosida-tilga-oid-munosabatlar-tahlili



“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№14
 
76 
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MEROSIDA TILGA OID 
MUNOSABATLAR TAHLILI 
 
Tuxtarova Yorkinoy Toshpulatovna 
Toshkent shahri Yashnobod tumani 231-maktabning
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7450751
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik 
namoyondasi,mashhur davlat arbobi, atoqli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur 
hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar keltirildi. Uning badiiy nasrning yetuk namunasi 
hisoblangan “Boburnoma”asari tadqiqotchilar e’tiborini tortadi. “Boburnoma” 
matnlari asosida ko‘plab tilga va adabiyotga oid qimmatli ma’lumotlar olish 
mumkinligi bilan ahamiyatlidir. 
Kalit so‘zlar: “Boburnoma”, tilshunoslik, adabiyot, maqollar, fors tili va 
tovush. 
O‘zbek klassik adabiyotining XV asr oxiri va XVI asr boshlarida yashab ijod 
etgan atoqli namoyondalaridan biri, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur 
o‘zining qarama – qarshiliklar to‘la, murakkab va qisqa hayotida (1483-1530) 
anchagina asarlar yaratgan bo‘lsa-da, ularning hammasi bizgacha yetib kelgan emas. 
Boburning bizgacha yetib kelgan asarlari uncha to‘liq bo‘lmagan bir devoni
islom dini asoslarini bayon etuvchi “Mubayyin” nomli she’riy risolasi, “Volidiya” 
deb nomlangan tasavvufga oid qarashlari bitilgan she’riy tarjimasi, Bobur ixtiro etgan 
va “Xatti Boburiy” nomi bilan mashhur bo‘lgan alifbosi hamda “Boburnoma” 
asaridan iboratdir. 
Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur “Boburnoma” asari benihoyat 
qimmatli tarixiy memuar asar bo‘lib, unda O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston 
mamlakatlarining XV asr oxiri va XVI asr boshlaridagi ahvoli, geografiyasi, siyosiy - 
iqtisodiy va madaniy hayoti o‘z ifodasini topgan. Boshqacha qilib aytganda, u o‘rta 
asrlarda yoritilgan shu xalqlar tarixini izohlovchi bironta muqobili bo‘lmagan tarixiy-
badiiy asardir. Aslida “Boburiya”, keyinchalik “Voqeanoma”, “Tuzuki Boburiy”, 
“Voqeati Boburiy” va eng so‘nggida “Boburnoma ” nomi bilan mashhur bo‘lgan bu 
asar Hindistonda eski o‘zbek (chig‘atoy) tilida yozilgan. “Boburnoma” juda ko‘p 
tillarga, chunonchi: fors, ingliz, nemis, fransuz, rus tillariga tarjima qilingan. 
Tarixiy manbalar Hindiston mamlakatining “Boburnoma” ga juda ham hurmat 
bilan qaraganligini ko‘rsatadi. Boburning nevarasi Akbarshoh (1556-1605) davrida 
“Boburnoma” o‘zbek tilidan fors tiliga tarjima qilindi va u bu davrda “Voqeoti 
Boburiy” nomi bilan mashhur bo‘ldi. Fors tiliga qilingan tarjimalar ichida 



Download 457.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling