Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti ingliz tili grammatikasi va til amaliyoti


BIRINCHI BOB. HOZIRGI ZAMON TILSHUNOSHLIGIDA ERGASH


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/55
Sana19.12.2021
Hajmi0.77 Mb.
#181959
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari

BIRINCHI BOB. HOZIRGI ZAMON TILSHUNOSHLIGIDA ERGASH 

GAPLI QO’SHMA  GAPLAR NAZARIYASI. 

1.1.  Hozirgi zamon tilshunosligida  qo’shma gaplarga turlicha 

yondashuvlar. 

 

 

 

Tildagi  fikr  ifodalashga  xizmat  qiluvchi  sintaktik  shaklining  eng  yuqori  va 



murakkab pog`onalaridan  biri  qo‟shma gap hisoblanadi.  

 

 



 

Uning  murakkabligi  shundaki,  sodda  gap  birgina  konstruktiv  birlikdan- 

yadrodan  tashkil  topgan  bo‟ladi,  birgina  konstruktiv  markazga  ega  bo‟ladi. 

Qo‟shma  gapda  esa  bir-biri  bilan  uzviy  ravishda  bog‟langan  bir  necha 

kostruktiv  markaz  bo‟ladi.  Shuning  uchun  ham  qo‟shma  gap  sintaktik 

birlikning  eng  yuqori shalkidir  [5; 5]. 

 

 

 



 

 

 



Mazmuni,  grammatik  tuzilishi  hamda  intonatsiyaga  ko`ra  bir  butunlikni 

tashkil  etgan,  turli  xil  grammatik    va  lеksik  vositalar  yordamida  birikkan 

tuzilmalar  qo`shma gap dеyiladi  [26; 280].  

 

 



 

 

Demak,    qo‟shma  gap  til  sintaktik  sathining  eng  oliy  birligi  bo‟lib,  sodda 



gaplardan  eng  avvalo  mazmun  sig‟imining  kattaligi,  mazmuniy-sintaktik 

tuzilishining  o‟ziga  xosligi,  murakkabligi  bilan  farqlanadi.  Albatta,  har  ikki  gap 

turi  –  sodda  gap  ham,  qo‟shma  gap  ham  muayyan  hukm  ifodachisi  sifatida 

mavjud  bo‟lsada,  tilning  kishilar  o‟rtasida  aloqa vositasi bo‟lishday eng muhim 

vazifasi    bevosita  gaplarda  namoyon  bo‟lsada,  sodda  va  qo‟shma  gaplar 

tuzilishi  va  mazmuniy  tarkibi  hamda  bu  tarkibni  yuzaga  keltiruvchi  uzvlar 

munosabati ularning -har birida o‟ziga hosdir. Agar  sodda  gap va qo‟shma gap 

orasidagi    munosabatlar    mantiq  fani  nuqtai  nazaridan    o‟rganisa,  sodda  

gaplarda  asosan    sodda  hukm,  qo‟shma  gaplarda  esa  murakkab  hukm 

ifodalanishi   yaqqol ko‟zga tashlanadi [23; 178].   

 

 

 



 

Qo`shma  gap  komponentlarining  munosabati  turlarini  o`rganish  XX 

asrning  yigirmanchi  yillarida  tilshunoslik  fanida  asosiy  mavzulardan  biri  bo`ldi 



 

10 


 

va  bu  sohada  tilshunoslarning  olib  borgan  ilmiy  izlanishlari  masalaning 

mohiyatini  ochib berishda katta ahamiyatga  egadir.  

 

 



 

 

Qo‟shma gaplarni o‟rganishda ayniqsa, M. Asqarova, G‟. Abdurahmonov, 



A.Berdialiyev,    A.  Nurmonov  singari  o‟zbek  tilshunoslarining  va  B.Ilish,    M. 

Y.Blox,    S.  Haymovich,    B.  I.Rogovskaya,  L.  S.  Barxudarov,  N. A.  Kobrina, 

E.A.  Korneyeva  kabi  jahon  tilshunoslarining  olib  borgan  ilmiy  tadqiqotlari  

alohida  diqqatga sazovordir.   

 

 

 



 

 

 



 

Qo`shma  gap    ikki  yoki  undan  ortiq  sodda  gaplarning  mexanik  tarzdagi 

birikuvini  emas,  balki  muayyan  kommunikativ  vazifa  bajarilishi  uchun  xizmat 

qiluvchi  shakliy  va  mazmuniy  butunlikni  tashkil  etadi.    Shu  bois  qo`shma  gap 

o`ziga  xos  murakkab  shakl,    ma`no  hamda  ohang  butunligi  mahsuli  sanaladi 

[40].  


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Qo‟shma  gapning  bir  butunliligi  M.Asqarova  tomonidan  quyidagicha 

izohlanadi:    “Qo‟shma  gap  tarkibidagi  bir  butunlik,  grammatik  yaxlitlik  uning 

tarkibidagi  qisimlarning  har  jihatdan  birikkan  bo‟lishi    orqaligina  tug‟uladi:  u 

qisimlarining  o‟zida  bunday  butunlik  yo‟q  -  ular  to‟la  ma‟noda mustaqil emas. 

Demak,  qo‟shma  gapning  ichidagi  qismlarini  -  mazmunan  bir-biriga 

bog‟langan  sodda  gaplarni  alohida-alohida  ajratib  olgan  vaqtimizda,  ular  to‟liq 

mustaqilligini  ifodalay  olmaydi:  ulardagi  mazmun  o‟zaro  bog‟langan  bo‟ladi, 

birining  mazmuni  boshqasi  bilan  birga  olingandagina  to‟liq  va  aniq 

anglashiladi.”  [5; 5]. 

 

 

 



 

 

 



 

Muallifning    bu  fikrini  quyidagi  misol  orqali  taxlil  qilishimiz  mumkin.

 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling