Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti ingliz tili grammatikasi va til amaliyoti


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/55
Sana19.12.2021
Hajmi0.77 Mb.
#181959
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari

Bu vaqtda ko‟zlarim yosh bilan  to‟lgan va ovozimda bir oz o‟zgarish yuz 

bergan edi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Bu  gap  biriktiruv  bog‟lovchili  bog‟langan  qo‟shma  gap  bo‟lib,  u  sabab-



natija  ma‟nosini  ifodalaydi.  Birinchi  gap  <bu vaqtda ko‟zlarim yoshga to‟lgan 

>  sabab  ma‟nosini,  ikkinchi  gap  <ovozimda  bir  oz  o‟zgarish yuz bergan edi

natija  ma‟nosini  ifodalaydi.  Chunki,  mantiqiy  jihatdan  ko‟zga  yosh  to‟lishi 

natijasida    ovozda  o‟zgarish  yuz  berishi  tabiiy holat.  Demak, biror voqea sodir 




 

11 


 

bo‟lishi  uchun  avvalo,  uning  sababi  so‟ngra  esa  uning  natijasi  yuz  beradi. 

Natija  sabani  taqoazo  etadi.  Agar  biz  bu  gaplarni  alohida  –  alohida  ajratib 

olsak,  ularning    umumiy  mazmuni  to‟liq  ifodalanmaydi,  chunki  ulardagi 

mazmun   bir-bir bilan  bog‟langan bo‟ladi [22; 130].       

 

 



 

Yuqoridagi  fikrdan  ma'lum  bo‟ladiki,  bog`langan  qo`shma  gap  tarkibiy 

qismlarining  har  biri  mustaqil  gapga  tengday  ko`rinishiga  qaramay,  ular 

qo`shma  gap  tarkibida  mazmuniy  jihatdan  to`liq  mustaqil  bo`la  olmaydi,  ular 

mustaqilligining  nisbiydir.  Bizningcha  ham,  bog`langan  qo`shma  gap 

komponentlarining  nisbiy  mustaqilligi  mazmuniy  jihatdan  ham,  grammatik 

jihatdan  ham  seziladi.    Zotan,  bunday  sintaktik  qurilma  komponentlarining  har 

ikkisi  ham  alohida  ahamiyatga  molik  bo`lgan  mustaqil  tub  strukturalarga 

tayanadi.      

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Taniqli  tilshunos  olimlardan  biri  A.Nurmonov  ham  o‟zining  tilshunoslikka 

oid  ilmiy  izlanishlarida  qo‟shma  gap  mavzusiga  alohida  to‟xtalib,  qo‟shma 

gaplarning  pozitsion  tuzilishi,  ularning  semantik  turlari  haqidagi  ilmiy 

qarashlarni  “O‟zbek  tilining  nazariy  grammatikasi”,  “O‟zbek  tilining 

mazmuniy  sintaksisi”  kabi asarlarida  bayon etadi. 

 

 

 



 

U  qo‟shma  gaplarda  pozitsion struktura haqida fikr yuritar ekan shunday 

yozadi:    “qo‟shma  gaplarda  pozitsion  struktura  bu  qo‟shma  gap  qismlarining 

joylashish  o‟rnidir.  Qo‟shma  gap  tarkibidagi  sodda  gaplarning  o‟zaro 

joylashishida  ham  ma‟lum  tartib  mavjud.  Bu,  albatta,  komponentlarda  ishtirok 

etgan  leksik  birliklarning  o‟zaro  grammatik  va  semantik  munosabati  bilan 

uzviy  bog‟liq. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Demak,  qo‟shma  gap  tarkibiy  qismlarining  joylashishida  ularni 



bog‟lashga  hizmat  qiluvchi  leksik  birliklarning  ahamiyati  katta.  Chunki  bu 

birliklar  o‟zaro  grammatik    hamda  semantik  munosabatga  kirishib,  qo‟shma 

gap  tarkibidagi    sodda  gaplarni  joylashish  o‟rnini  aniqlashga  xizmat  qiladi.             

 

Yuqoridagilardan  tashqari,  M.Asqarovaning  bog`langan  qo`shma  gaplarda 



birinchi  komponent  erkin  tuzilishi,  ikkinchi  komponent  esa  bog`langan 


 

12 


 

qo`shma  gap  komponentlari  orasidagi  munosabatga  bog`liq  holda  qurilishi 

xususidagi  mulohazalari  ham    e`tiborga  molikdir.   Xususan, bo`lsa, esa so`zlari 

ishtirokida  tuzilgan  ikkinchi  komponent buning  dalili  bo`lishi mumkin. 

 

Qo‟shma  gapning  tarkibiy  qisimlari  o‟zaro  bir-  biriga  turli  yo‟llar  bilan 



bog‟lanadi.  Umuman,  bu  qismlarning  munosabati  shunday  yo‟llar  bilan 

ifodalanadi:    intonatsiya  orqali,   yordamchi so‟z yoki shu vazifasida qo‟llangan 

mustaqil  so‟z orqali, tartib orqali, so‟z fomalari orqali.   

 

 



 

Intonatsisya  bog‟lanishning  hamma  turida  ishtirok  etadigan  universal 

vositadir. U ikki  xil  rolda bo‟ladi: 

 

 



 

 

 



 

 

1.  Bosh  rolda  (bunda  sintaktik  aloqa  faqat  intonatsiya  orqali  ifodalangan 



bo‟ladi, boshqa vositalar qo‟llanmaydi).   

 

 



 

 

 



2. Yordamchi rolda (boshqa vositalar ham ishtirok  etadi) [5; 6]. 

 

Qo‟shma  gapning  tarkibiy  qisimlarining    o‟zaro  bir-birlariga  turli  vositalar 



orqali  birikishi  va  bu    birikish  yo‟larining  xilma-  xilligi,    qisimlar  o‟rtasidagi 

o‟zaro  mazmun  munosabati  va  strukrurasi  qo‟shma  gaplarni  dastlab  ikki  turga 

ya‟ni,  bog‟langan  va  ergash  gapli  qo‟shma  gaplarga    ajratishimizga  asos 

bo‟ladi[5; 6]. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Komponentlari 

grammatik 

jihatdan 

teng 

huquqli 


bo‟lib, 

teng 


bog‟lovchilar  yoki  bog‟lovchi  vazifasidagi  so‟zlar  va  intonatsiya  yordamida 

bog‟langan gaplar bog‟langan qo‟shma gap deyiladi [12; 120]. 

 

 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling