Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti ingliz tili grammatikasi va til amaliyoti


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/55
Sana19.12.2021
Hajmi0.77 Mb.
#181959
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari

Sarbon shundoq dedi-da, quchogi‟ni  ochib Abu Bakr tomon kela boshladi

 

 Shu onda chiroq o‟chdi va birdan o‟q uzildi [19; 22].   

 

 

M.Asqarova  bog`langan  qo`shma  gapni  teng  bog`lovchilar  orqali 



birikkan,  biri  ikkinchisiga  grammatik  jihatdan  tobe  bo`lmagan,  teng  huquqli 

predikativ  qismlardan  tashkil  topgan  qo`shma  gapli  sintaktik  qurilma  sifatida 

talqin  etadi  va  qo`shma  gap  tarkibidagi  komponentlar  o`zaro  biriktiruv, 

chog`ishtiruv, 

ayiruv, 

zidlov, 


inkor  munosabatlarini  ifodalovchi  teng 

bog`lovchilar  yoki  bog`lovchi  vazifasidagi  -da,  -u  (-yu)  yuklamalari  vositasida 

bog`lanishini  aytadi.[5;  9]. 

 

 



 

 

 



 

 



 

13 


 

 

Bu  bog‟lovchilar  sodda  gaplarni  bog‟labgina  qolmay,  ular  orasida 



maznuniy  munosabatlarni  ham ifodalaydi:   

 

 



 

 

 



 va,  hamda  kabi  birktiruv  bog‟lovchilari  ko‟pincha  ketma-ketlik  yoki  bir 

vaqtdagi voqeani; 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



To‟satdan eshik sharaqlab ochilidi va ostonada Ertoyev paydo bo‟ldi

 

Dekabr  oyining  boshida  bir  qor  yog‟di-yu,  keyin  yana  oftob  charqlab, 

havo ilib ketdi [19; 25].  

 

 



 

 

 



 

 

 



Lekin, ammo, biroq bog‟lovchilari zidlik  mazmunini; 

 

 



 

Kishini tabiat vujudga keltiradi, ammo uni jamiyat kamol toptiradi 

 

Ashula nihoyasiga yetdi, lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush parvoz 

qildi [19; 27]. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

goh,  dam,  ba‟zan  bog‟lovchilari  navbatma-navbat  yuzaga  keladigan 

harakatni,  yo(yoki)  bog‟lovchisi  birdan  ortiq  voqealardan  birinigina  sodir 

bo‟lishini;   

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Uzoqdan keng vodiy quchog‟da goh ko‟m-ko‟k o‟t bosib yotgan yaylovlar 

ko‟rinadi, goh qop-qorong‟i dalalar ko‟zga tashlanadi  

 

 

 

Yo  zardo‟zi  to‟ning  to‟zibmi  qoldi,  yoki  so‟kildimi  suvsar  telpging  [19; 

28].  esa,  bo‟lsa    so‟zlari  bog‟lovchi  vazifasida  qo‟shma  gap  tarkiblari 

orasidagi qiyoslash va  zidlash munosabatini  ifodalaydi. 

 

 



 

Sen bu vazifani bajara olmaysan , Karim esa bemalol uddasidan chiqadi 

 

Olovning atrofi yorug‟ undan nari bo‟lsa avvalgiday qop- qorong‟i [23; 

198, 199].    

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Bog‟langan  qo‟shma  gaplarning  tarkibiy  qisimlari  o‟z  o‟rniga  ya‟ni 

pozitsion  strukturasiga  ega.  Bunday  pozitson  strukturani  turg‟un  pozitsion 

struktura  hamda  erkin  pozitsion  struktura  kabi  turlarga  ajratishimiz  mumkin.

 

Turg‟un  pozitsion  strukturadagi  bog'langan  qo'shma  gaplarlarning 



komponentlari  gapda  doimo  o‟z o‟rniga ega bo‟lib, ularning o‟rnini almashtirib 

bo‟lmaydi.   Chunki ikkinchi komponent bevosita birinchi komponentga bog‟liq 

holda yuzga keladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

14 


 

 

Erkin 



pozitsion 

strukturadagi 

bog‟langan 

qo‟shma 


gaplar 

komponentlarining  gapdagi  o‟rni  erkindir.  Ular  o‟z  o‟rnini  almashtirishlari 

mumkin  [23; 137]. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Masalan,  grammatik  formasi    biriktiruv  bog‟lovchilari  va,  ham,  hamda 

bo‟lgan  bog‟langan  qo‟shma  gaplarning    pozitsion  strukturasi  turg‟un  va  erkin  

bo‟ladi [22; 137] Buni  quyidagi  misollarda  ko‟rishimiz  mumkin: 

 

 

Ro‟paradagi g‟orning bag‟ridan qora tutun ko‟tarildi va u yerdan yo‟tal 



tovushi eshitildi   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ularning  ba‟zilari  yumshoq  qum  ustiga  cho‟zilib  badanlarni  yoqimli 

bahor oftobiga toblab xordiq chiqarishga kirishdilar va ba‟zilari esa podalari 

izidan cho‟lga qarab ketdilar [22; 130].     

 

 



 

 

 



Birinchi  gapdagi  pozitsion  struktura  turg‟un.  Chunki    qo‟shma  gapning 

umumiy  semantikasi  sabab-natija  ma‟nosini  ifodalaydi.  Bilamizki,  saba-natija 

ma‟nosini ifodalagan  qo‟shma gaplarda sabab ma‟nosini ifodalagan  sodda gap 

oldin, natija  ma‟nosidagi gap undan so‟ng keladi. 

 

 

 



 

Ikkinchi  gapdagi  pozitsion  struktura  esa erkin bo‟lib, undagi sodda gaplar 

o‟rnini  almashtirish  mumkin.  Chunki    bu  qo‟shma  gapda  bir  paytda  sodir 

bo‟lgan ikkita  voqeani tasvirlanyapti.   

 

 

 



 

 

 



Bundan tashqari bog‟lovchi vazifasidagi  –u (yu), -da yuklamalari,  bo‟lsa, 

esa  so‟zlari  hamda  zidlov  bog‟lovchilari  orqli  bog‟langan  qo‟shma  gaplarda 

pozitsion struktura turg‟un bo‟ladi [4; 137]. 

 

 

 



 

Masalan:  Eshik  tarqlab  ochildi-da,  ostonada  uzun  bo‟yli  so‟xtasi  sovuq 



o‟rta yoshlardagi bir ayol paydo bo‟ldi [22; 131]. 

 

 



 

 

Hamma kulib, chaq-chaqlashib o'tirar, Mahkam esa bir chekada hayollari 



bilan band edi [4; 135].  

 

 



 

 

 



 

 

 



Yurtimning bu kuni chiroyli, lekin ertsi, indini yana chiroyliroq, baxtliror 

bo‟ladi  [22; 68].  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Bunday gaplarda “logik urg‟u”  tushgan komponent birinchi o‟rinda, ya‟ni 

ahamiyati  jihatidan  birinchi  o‟rinda  bo‟lgan  voqeani  ifodalab  kelgan  gap 



 

15 


 

oldingi  pozitsiyada,  ahmiyati  jihatidan  ikkinchi  o‟rinda  bo‟lgan  voqeani 

ifodalagan  gap esa keying  pozitsiyada keladi  [22; 134, 135].   

 

Ayruv  bog‟lovchili  bog‟langan  qo‟shma  gaplarda  esa  pozitsion  struktura 



erkin  bo‟lib,  bunday  qo‟shma  gap  tarkibidagi  sodda  gaplarning  o‟rni 

almashtirilganda  ham  gap  semantikasi  va  strukturasida  o‟zgarish  yuz  bermaydi 

[22; 138].   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi.  

 

 

 



 

Yoki Dam kuilgim qistaydi, dam jahlim chiqadi.   

 

 

 



Demak,  bog‟langan  qo‟shma  gaplar  tarkibiy  qisimlari  o‟zaro  teng 

bog‟lovchilar  orqali  birikib,  qisimlararo  teng  huquqlilik  munosabatni  yuzga 

keltiradi.  Lekin  bu  munosabat  mantiqiy-  mazmuniy  jihatdan  emas,  balki  faqat 

shakiliy 

jihatdangina 

ekanligi  ayon  bo‟ladi.  Zero,  Abduraxmonov 

takidlaganidek,  “Bog‟langan  qo‟shma  gapni  tashkil  etgan  qisimlar  shaklan 

mustaqil,  mazmunan  o‟zaro  bog‟langan gaplardan tashkil topadi. [29; 32, 333].

 

 Bundan  tashqari  teng  bog‟lovchilar  va  bog‟lovchi  vazifasidagi  so‟zlar  



bog‟langan  qo‟shma  gaplardagi  sodda  gaplarni  bog‟labgina  qolmay    ular 

o‟rtasidagi  mazmuniy  munosabatni  va  ularning  gapdagi  pozitsion  o‟rnini  ham 

aniqlashga  yordam beradi. 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling