16
1) yaxlit yuzliklarni bir xonali songa ko'paytirish va bo'lish (300 • 2, 800 : 4 va sh.
o'.); 2) yaxlit o'nliklarni bir xonali songa ko'paytirish va bo'lish (30 • 8, 640 : 8 va
sh. o'.) va 3) yuzlardan va o'nlardan tuzilgan sonni bir xonali songa ko'paytirish va
bo'lish (130 • 3, 850 : 5 va sh. o'.).
Birinchi guruh hisoblash usullari quyidagicha tushuntiriladi:
300 • 2 = 3 yuz • 2 = 6 yuz = 600.
800 : 4 = 8 yuz : 4 = 2 yuz = 200.
Ikkinchi guruh hisoblash rriisollarini yechish yaxlit o'nliklarni jadvalda
ko'paytirish va bo'lishga keltiriladi. Tegishli misollar yechilishini ushbu yozuvlar
bilan tushuntirish mumkin:
640: 8 = ? 64Vn: 8 = 8 o'n 8 o'n = 80 bir 640 : 8 = 80
30 • 8 = ? 3 o'n - 8 = 24 o'n 24 o'n = 240 bir 30 • 8 = 240.
Uchinchi guruh misollarini yechish jadvaldan tashqari ko'paytirish va
bo'lishga keltiriladi, bunday ko'paytirish va bo'lish shu guruh yechilishiriing asosi
hisoblanadi:
120 • 4 = 12 o'n • 4 = 48 o'n = 480;
260: 2 = 26 o'n : 2 =13 o'n = 130.
Shu bilan birga ko'payuvchini xona qo'shiluvchilariga yoyish usulidan,
boshqacha aytganda, yig'indini songa ko'paytirish qoidasidan, shuningdek,
bo'linuvchini qulay qo'shiluvchilarga yoyish usulidan, ya'ni yig'indini songa bo'lish
qoidasidan foydalanish mumkin:
130 • 5 = (100 + 30) • 5 = 100 • 5 + 30 • 5 = 500 + 150 = 650; 460 : 2 = (400
+ 60): 2 = 400 : 2 + 60 :2 = 200 + 30 = 230; 250 : 2 = (240 + 10): 2 = 240: 2 + 10
:2 = 120 + 5 = 125.
ll. Metrda ifodalang:
4 km 47 m = 4047 in 87 km 353 m= ",.,,. 652 km 9 m = 87km =
12. Tenglamani yeching:
a) x-7099 = 62526;
b) 13460 + x = 7346;