Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat unversiteti pedagogika fakulteti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf matematika darslaridabolish amalini orgatishda qoldiqli bolishdanfoydalanish metodikasi
Jadvaldan tashqari bo‘lish.
Jadvaldan tashqari bo‘lishda quyidagi ko‘rinyshdagi hollar qaraladi: 60 : 3, 100 : 2, 80 : 20, 64 : 4 va 64 : 16. Yaxlit sonlarni bir xonali songa bo‘lib, bolalar jadvaldan tashqari ko‘paytirishdagidek mulohaza yuritishadi: «80—bu 8 ta o‘nlik, 8 o‘nl. : 2= =4 o‘nl. yoki 40». 80 : 20 ko‘rinishdagi bo‘lishda bolalar ularni o‘nliklar kabi bo‘lishadi. 8 o‘nlikni 2 ta o‘nlikdan qilib bo‘linganda 4 chiqadi. 80 : 2 va 80 : 20 ko‘rinishidagi misollarni taqqoslashga alohida e’tibor berish lozim. Bolalar ko‘pincha ularni chalkashtirishadi va bunday xatoga yo‘l qo‘yishadi: 80 : 20=40. Bu turdagi xatoliklarning oldini olish o‘chun bu hollarni taqqoslab, tanish bo‘lgan ko‘rsatmalilikdan foydalanishga qaytish kerak. Bo‘lishning keyingi usullarini o‘zlashtirish maqsadida o‘qituvchi quyidagi ko‘rinishdagi juda ko‘p tayyorgarlik mashqlarini o‘tkazadi: 1. Har bir son uchun shunday bo‘luvchini tanlangki, bo‘linmada 10 soni hosil bo‘lsin: 30, 40, 50, 60, 70, 80. Topshiriq yozma ravishda bajariladi: 30 : 3=10, 40 : 4=10 va hokazo 2. 30, 40, 80 soni qanday bir xonali sonlarga bo‘linadi? Topshiriqni bajarishda 1 sonini ham hisobga olish kerak, ya’ni daftardagi yozuv bunday ko‘rynishda bo‘ladi: 30:1=30, 30:2=15, 30:3=10, 30 : 5=6, 30: 6=5. 3. Yig‘indi 6 ga bo‘linishi uchun 30 ga qanday bir .xonali sonni qo‘shish mumkin? Yig‘indi 8 ga bo‘linishi uchun 40 ga qanday bir xonali sonni qo‘shish mumkin? Yig‘indi 5 ga bo‘linishi uchun 50 ga qanday bir xonali sonni qo‘shish mumkun? 4. 3 ga, 4 ga, 5 ga, 6 ga bo‘linadigan va 0 bilan tugaydigan eng katta sonni ayting. Shunday qilib, jadvaldan tashqari bo‘lishni o‘rganishga tayyorlanish oldin o‘tilgan hamma mavzularni o‘rganish jarayonida, ko‘paytirish va bo‘lishning jadval hollarini o‘zlashtirishdan boshlab muntazam va maqsadga yo‘naltirilgan holda o‘tkazilishi kerak. U holda yig‘indini songa bo‘lishning xossasi bilan
21
tanishish va bu xossa asosida hisoblash usullarini bundan keyin shakllantirish o‘quvchilarda qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. Bolalarni 64 : 4 ko‘rinishidagi hollarda bo‘lish usullari bilan tanishtirish uchun ular bilan yig‘indini songa bo‘lish usullari qarab chiqiladi. Yig‘indiga nisbatan bo‘lishning taqsimot xossasi bilan tanishtirish odatda ko‘rsatmali tarzda beriladi, bunda birinchi ko‘rsatmali namoyish doskada bajariladi, keyin shunga o‘xshash mulohazalar yuritib, bolalar darslik bo‘yicha yig‘indini songa bo‘lishning ikki usulini taxdil qilishadi va shunga o‘xshash usul bilan yig‘indini songa bo‘lishga doir misollarni yechishni o‘rganishadi (bu misollarning birinchisi bu har bir qo‘shiluvchini bo‘lish imkonini ko‘zda tutadi, ammo birinchi darslardayoq shunday hollar kiritiladiki, ularda ikki qo‘shiluvchining yig‘indisi songa bo‘linadi, ularning har biri esa bu songa bo‘linmaydi). Shunday qilib, eng bopshdanoq bolalarning diqqati yig‘indini songa bo‘lishning qarab chiqilgan usullaridan ikkalasi ham har doim ham mumkin bo‘lavermasligiga, lekin doimo, qo‘shiluvchilardan har biri bo‘linganda ularning yig‘indisini «bo‘laklab» bo‘lish, keyin olingan natijalarni qo‘shish mumkinligiga qaratiladi. 6
Bolalarni qarab chiqilgan xossaning masala va misollarni samarali usul bilan yechishga qo‘llanishda mashq qildirib, ularning diqqatini yig‘indini «bo‘laklab» bo‘lish usulidan tez-tez foydalanish, yechimni yengillashtirishga qaratish kerak (masalan, bolalar shunday qilib 45+81 sonlar yig‘indisini 9 ga bo’lishlari mumkin, bu qoidani bilmasdan esa bu sonlarning yig‘indisini 9 ga umuman bo‘la olishmaydi). Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling