umumiy yondashish bilan birlashtiriladi, bo‘linuvchi har biri bo‘luvchiga
bo‘linadigan qo‘shiluvchilar yig‘indisi bilan almashtiriladi, so‘ngra yig‘indini
songa bo‘lish qoidasi qo‘llaniladi, bunda har bir qo‘shiluvchi songa alohida
22
bo‘linadi va hosil qilingan natijalar qo‘shiladi. Bu usulni yaxshilab o‘zlashtirish
uchun bolalar quyidagilarni bilib olishlari mumkin:
a) sonni ikki qo‘shiluvchining yig‘indiga turli usullar bilan ajratishni (bunda
har bir qo‘shiluvchi berilgan songa bo‘linishi kerak). Masalan, 52 sonini 4 ga
bo‘lish uchun uni 32+20, 28+24, 40+12 yigandi bilan almashtirish mumkin;
b) bo‘linuvchini sonlarning yig‘indisi bilan almashtirishning mumkin bo‘lgan
usullaridan hisoblash uchun eng oson bo‘ladigan sonlarni tanlash. Keltirilgan
misolda bu 52=40+12 holidir. Ayni shu asrsda 46 : 2, 65:5 ko‘rinishidagi bo‘lishlar
hollari qarab chiqiladi. Keyin 70 : 2, (60+10) : 2, 96 : 4 hollari qarab chiqiladi.
Bunday hollarda xona qo‘shiluvchilari qulay bo‘lmasdan, boshqalar qulaydir,
lekin bunda umumiy yondashish saqlanadi, bolalar ham o‘shanday izoh berishadi:
a) bo‘linuvchini har birini shu songa bo‘lish qulay (hammasidan oson) bo‘ladigan
ikki qo‘shiluvchining yig‘indisi bilan almashtiramiz; b) har bir qo‘shiluvchini
alohida shu songa bo‘lamiz va hosil bo‘lgan natijalarni qo‘shamiz. Mazkur hodda
bo‘linishni bajarishda muhimi bo‘linuvchini bo‘lish kerak bo‘lgan eng qulay
qo‘shiluvchilarni tanlay olishdir. 70 : 2 ko‘rinishidagi hollar uchun birinchi
qo‘shiluvchi sifatida bo‘luvchiga bo‘linadigan o‘nliklar sonini olish kerak.
Masalan, 70:2, (60+10): 2, 100:4= = (80+20) : 4 va hokazo. 72 ni 3 ga bo‘lganda
ham xuddi shunday yo‘l tutamiz: 3 ga bo‘linadigan eng katta o‘nliklar soni,
mazkur holda shuning uchun 72 ni 60+12 yig‘indi bilan almashtirish qulay. Bolalar
qulay qo‘shiluvchilarni mustaqil tanlab olishni o‘rganib olishlari uchun yangi
misollarni qarab chiqishdan oldin aynan ana shunday mashqlar qarab chiqilishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: