Zahriddin Muhammad Boburning nutq va notiqlik haqidagi qarashlari

Download 1.91 Mb.
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1477659
1   2   3   4
Bog'liq
Zahriddin Muhammad Boburning nutq va notiqlik haqidagi qarashlari

Bobur qirq yetti yilu o’n oy umr ko’rgan bo’lsa, “Boburnoma” uning hayotidan atigi o’n sakkiz yilini qamragan. Kitob Boburning o’z qo’li bilan turkiy tilda yozilgan. Unda Bobur ijodiyotida ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalari keng o’rin olgan. Bir asarida:

Xulqingni rost qilg’il har sorig’aki borsang,

Axsanta der bari el gar yaxshi ot chiqarsang,

deb yozgan Boburning o’zi umr bo’yi ana shu gapiga rioya qilgan.

Ko’p g’azallarida axloqning barcha normalariga rioya qilish kerakligini va shundagina kishi el hurmatiga, katta baxtga sazovor bo’lishini uqtirgan. Insonlarga hurmatni, mehr-oqibat va boshqa ezgu fazilatlarni doimo ulug’lagan. Quyidagi ruboiy Boburning kamtarligidan, fikr-mulohazaliligidan dalolat beradi:

Ey, yel, borib ahbobg’a nomimni degil,

Har kim meni bilsa, bu kalomimni degil.

Mendin demagil, gar unutilgan bo’lsam,

Har kimki meni so’rsa, salomimni degil.

Bobur she’rlarida haqiqiy, barkamol inson timsoli madh etiladi, ulug’lanadi. Eng avvalo, insonning qadr-qimmatini yuqori tutish, amal va davlatga erishib g’ururlanmaslik, kamtarinlik kabi xislatlar targ’ib etiladi.

Bobur inson kamolotining birinchi ostonasi oila ekanligini uqtirib, u jarayon nihoyatda qiyin va murakkabligini his etgan edi. Bolalarning axloq-odob qoidalarini o’rganishi ko’p jihatdan atrofdagi shaxslarga bog’liqligini yaxshi bilgan Bobur o’z farzandlarini tarbiyalashda tadbirkor, bilimdon odamlar bilan maslahatlashib, tajribali fozil va tarbiya ko’rgan kishilar bilan kengashib ish tutgan. U o’zining “E’tiqodiyya” asarida bolalarni yoshlikdan boshlab e’tiqodli, imonli qilib tarbiyalash masalalariga e’tibor bergan.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling