Zamonaviy futbolda jismoniy va texnik
I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI
Download 107.56 Kb.
|
futbolchilarda tezkorlik kuch sifatlarini rivojlantirishda qo\'laniladigan vosita va metodlarnitakomilashtirish
I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI.Zamonaviy futbolda jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik darajasiga bo‘lgan talab. Musoboqa faoliyatini hisobga olishni odatda o„yin harakatlarini bevosita yozib borish bilan amalga oshiriladi. Bunda, mutaxassislar turli metodlardan foydalangan xolda, ularning fikriga ko„ra, faqat ko„proq qiziqish uyg„otgan o„yin metodlarini ruyxatga oladilar (A.N.Eyngorg, 1958, A.N.Grukolenko, 1976. D.YU.Jeleznyan, 1978). Musoboqalarni belgilar orqali yozib borish ko„plab sport o„yinlarida amalga oshirib kelingan: voleybolda (D.A.Godminina, 1981, V.A.Sokolova, M.O.Simgurov, 1961), basketbolda (K.Gyusheva, 1968), tennisda (S.A.Savin, 1975). SHartli belgilashlar tahlili avtorlarga o„yinchilar tomonidan yul qo„yilgan xatoliklarni xarakterini tashlashlar sonini, ularni bajarish joyi va usullarini muxokama qilish imkoniyatini berdi. SHuni tan olish lozimki, banday yozib borish o„yin davrida o„yinchining harakatlarini yuzaki ko„rsatadi. Uning asosiy kamchiligi harakatni bajarishning sifat tomonini ifodalamaydi. Bundan tashkari, o„yinning ayrim harakatlari hisobga olinadi. Ruyxatga olishning, futbol maydoni sxemasiga ko„ra amalga oshiriluvchi. Grafik metodi ancha samarali hisoblanadi. Undan foydalangan xolda musoboqa davrida o„yinchining harakatlarini kurgazmali ifodalashni olish mumkin. U ko„plab futbol mutaxassislari orasida keng tarqalgan (L.V.CHixaidze, 1937. S.ASavin, 1952, A.Sokolov, 1961, V.A.Timofeev, 1968, V.I.Simakov, 1973, G.Kachalin. 1974, V.I.Kozlovskiy, 1975 va boshqalar). U voleybolda (A.D.Gidminene, 1961), gandbolda (V.I.Izzak, 1974, N.P.Klusov, 1971) va xokkeyda (V.Kostka, 1976) xam muvaffaqiyatli qo„llanilmokda. Futbol mutaxassislari grafik formada yozishning ustunligini shunda ko„rmaqdalarki, u o„yinning nafaqat texnikadagi, balki taktik tayyorgarlikdagi kamchiliklarini xam aniqlash imkonini beradi. SHu bilan birga izlanuvchilar bu usul bilan ro„yxatga olishni amalga oshirayotganlarida o„yinning borish xolatini kuzatish imkoniyatiga ega emaslar. O„yin momentlarini yozishning eng qulay usuli sifatida qo„yidagi ikkita asosiy talabga javob beruvchi metodni ko„rsatish mumkin: —yozib boruvchining e‟tiborini chalg„itmaydi; —kam vaqt talab etadi (V.A.Belyaev, 1963). Bundan kelib chiqqan xolda P.M.Ueytlin (1951, 1959) o„yinchi tomonidan bajarilayotgan ko„plab harakatlarni fikrlovchi stenografik yozuvni tanlaydi. Bunday usul uytn texnikasi va taktikasining ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradi. SHu sababli, uni sport o„yinlari bo„yicha ko„plab mutaxassislar qo„llaganlar (A.B.Kasimov, 1973; F.V.Kozlova, 1973; V.I.Izzak, 1974 va boshqalar). Ammo ular umumiy kamchilikka ega bo„lib. qo„yidagilardan iborat: —birinchidan, shartli belgilarni qayta tug„ri keladi; —ikkinchidan, ro„yxatga olish maxsus tayyorlangan kuzatuvchi tomonidan amalga oshirilishi kerak. Bu ma‟noda, avvaldan tayyorlab qo„yilgan protokolli sistema ko„proq samaradi hisoblanadi. Bu usul birinchi navbatda basketbolda (B.N.Gzovskiy, 1953) va xokkeyda YU.Bajanov, 1950) qo„llanilgan, keyingi vaqtlarda o„yinning asosiy parametrlari haqida axborot olish uchun futbolda xam qo„llanilmokda. (N.YU.Morozov, 1967, 1968, B.B.Pagiev, 1977 va boshqalar). Sport o„yinlari bo„yicha ko„plab mo„taxassislar musoboqa faoliyatini nazorat qilish muammolariga tuxtalganda o„yinchilarning maxoratini baxolashga harakat kildilar. P.M.Seytlinning (1962) fikriga ko„ra o„yin jarayonida bajarilgan usullarning son hisobi etarli emas. SHu sababli, u o„yinchilarning harakatini o„yindagi vaqtda ishtirokining nisbatini ifodalovchi ko„rsatkichni hisoblashni taklif kildi. Boppqa avtorlar esa (P.A.CHumakov 1964, 1966, L.N.nersisian 1962) o„yin faoliyatining tahlili vaqt parametrlarini hisobga olgan xolda amalga oshirilishi kerak deb hisoblaydilar. Bir qator kuzatishlarda (A.N.Seytlin, A.V.Vareyan, T.V.Ganuashvili 1966) to„p bilan egalik qilish davrida kiritilgan to„plar nisbati o„yinchilarning texnik — taktik maxorati samaradorligi ko„rsatkichi sifatida qaralgan. SHuni ko„rsatish lozimki, V.Lindberg (1977) o„yin faoliyatining samaradorligi umumiy to„plangan ochkolarning umumiy to„pga egalik qilish soniga nisbati sifatida fikr yuritgan. Ayrim mo„taxassislar (E.Alekseev 1967, E.V.Plekseev 1969, YU.Kleshev 1969) futbolchilarning texnik maxoratini aniqlash uchun ular harakatining samaradorligini, turli — tutmanligini, kandaydir bir usulni egallaganligi e‟tiborga olish haqida fikr yuritadilar. SHunga qaramay, bir qator avtorlar musoboqa natijalarini o„yin harakatlarining faqat samaradorlik kattaliklari bo„yicha baxolashni tavsiya etadilar. Masalan, D.YU.Jeleznyak 1978, yutib olingan to„plarning bajarilgan zarbalari umumiy soniga nisbatini xujumda texnik — taktik maxoratning samaradorligi ko„rsatkichi sifatida qaraydi. Xuddi shunday yul bilan yutuq tahlillari o„tkazildi (G.S.Zenin 1974, M.AGodik 1977, A.A.Suchilin, A.N.laptev 1978). YUqoridagilardan xulosa qilgan xolda qo„yidagilarni ko„rsatish mumkin: yozish metodining eng samaralisi YU.A.Morozov metodi hisoblanadi, texnik — taktik maxorat samaradorligi koeffitsientini baxolash uchun esa, umumiy bajarilgan harakatlar sonini samarali bajarilgan harakatlar soniga nisbatidan foydalanish maqsadga muvofikdir. Download 107.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling