Zamonaviy futbolda jismoniy va texnik
Sportchilarni holatini pedagogik nazorat qilish usullari
Download 107.56 Kb.
|
futbolchilarda tezkorlik kuch sifatlarini rivojlantirishda qo\'laniladigan vosita va metodlarnitakomilashtirish
Sportchilarni holatini pedagogik nazorat qilish usullari.Maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish va takomillashtirish, ilmiy isbotlangan pedagogik nazorat tizimisiz mumkin emas. V.M.Zatsiorskiy, I.A.Ter — Ovanesyan, V.A.Zaporajanovlarni fikrlaricha, o„quv — mashg„ulot jarayonini boshqarish uchun, xozirgi xolatni baxolash usullarini ishlab chiqish kerak va shu asosda o„quv — mashg„ulotlarni shunday tashkil qilish kerakki, mashg„ulot yuklamalari sportchini xozirgi xolatiga qarab belgilanishi kerak. Buning uchun esa: —nazorat testlarini tanlash kerak va ular sportchini baxolashda samarali bo„lishlari kerak. —bajarilayotgan mashg„ulot vazifalari bilan sportchini shug„ullanganlik xolatidagi uzgarishlar orasidagi o„zaro bog„liqlikni aniqlash. Bir qator mualliflar (A.I.Puni, V.S.Farfel) testlarni ijobiy tomonini ta‟kidlab, testlarni tez ma‟lumot beruvchi vosita sifatida ta‟kidlashadi. M.A.Godik, T.A.SHanin, G.F.SHitikovalar bolalarni jismoniy xolatini testlash samarali bo„lishi ichki asosiy vazifani xal qilganda vujudga keladi. Bular: 1. Qanday testlar, tanlab olinishi. 2 Qancha testlar tanlab olinishidir. Ular yana testlashni sharoitlari standartlashgan vaziyatlarda qo„llanilishini kerakligini aytib o„tadilar. Futbolda testlardan foydalanish xususida V.Avanesov ish olib borgan. Oliy liga futbol jamoalarida testlashni maxsus tashkillashtirilgan musoboqalarda, ikki marta o„tkazilishi kerak. Testlashga avval chukurlashtirilgan medetsina kurigini tashkillashtirish maqsadli hisoblanadi. Bunda fiziologik testlardan xam foydalanish kerak. Futbolchilarni natijalarini baxolash uchun bir tizimli baxolash shaklini va kompleks shaklini ishlab chiqish kerak. TyFpn baxolangan natija, sportchi uchun muximdir va u keyingi rivojlanish bosqichiga harakat qiladi. Amaliyotda asosiy usuliy ko„rsatmalar V.M.Zatsiorskiy, I.A.Ter — Ovanesyan, V.A.Zaporajanov ilmiy tadqiqotlarida qo„llanilgandi. Ularni ko„rsatishicha, murabbiyda ishonchli ma‟lumotlarni yukligi, mashg„ulotlarni boshqarishni yo„qqa chiqarishini bildirishadi. Jumladan, G.S.Zonin uz davrida "Zarya" va "Zekit" jamoalarida ishg olib borib, tayyorlov davrida xar oyda va musoboqa davrida ikki oyda bir marotaba uz tarbiyalanuvchilaridan testlashni olar edi. (Jismoniy tayyorgarlik bo„yicha). U futbolchilarni 15,30 va 50 m.ga yugurish vaqtini, uzunlikka turgan joydan sakrash, uch xatlab sakrash masofalarini, 5x30 m.ga yugurish vaqtlari bo„yicha nazoratlarni o„tkazar edi. Bunday testlashlarni natijalari o„quv — mashg„ulot jarayonini boshqarishga asos bulardi. S.A.Savin. K.SHperlinglar testlash xasida gapirib, asosiy testlarga qo„yiladigan talablarni izoxlanib va qaysi javxalarda foydalanishni aytib o„tishadi. Bunday javxalarga: —ma‟lum o„yin yoki musoboqada ishtirok etish uchun futbolchilarni tanlash va ularni operativ baxolash; —ma‟lum tayyorgarlik tomonlarini nazorat qilish; —yosh umidli futbolchilarni potensial imkoniyatlarini hisobga olgan xolla tanlab olish. Bu mualliflarning ishlaridagi ahamiyatli tomonlardan biri bu testlarni tanlab olinganligi va ma‟lum testlarni ishonchlilik va informativligini aniqlanganligi buldi. Jumladan, yuqori ishonchlilik bilan turnikda tortilish, 60 m.ga yugurish, yugo„rgandan sung yuqoriga sakrash, chaqqonlikka qaratilgan kompleks test (bu test uz ichiga turli qayrilish — umbalok oshish, aylana bo„yicha yugurish, salom yugurish, orqa bilan yugurish) va to„pni boshqarish texnikali mashq (to„pni olib yurish, tusiqlarni aldab utish, zarba berish)lar ajralib turdi. YAxshi ishonchlilikka qo„yidagi mashqlar ega buladi: — qo„llarni bukib yozish, uzok masofaga zarba berish, 30 m.ga yugurish, 4x8 m.lichalkancha yugurish, orqa bilan yugurish, harakatda to„p uynatish (jonglyor), to„pni yon chizikdan uzatish, aniqlikka zarba berish, tusiqlarni oralatib utish. Qoniqarli ishonchlilikka qo„yidagi mashqlar ega buldi: 20 m.ga yugurish, turgan joydan yuqoriga sakrash (V.Abalakov usuli). Umbalok oshishlar, to„p bilan 30 m.ga yugurish, aylana bo„yicha vaqtga yugurish va muljalga to„p uzatish mashqlari. Eng yomon ishonchlilik ko„rsatkichiga qo„yidagi mashqlar ega buldi: 10 m.gag 15 m.ga yugurish, "o„tir" —"tur" xolatlarini almashtirishdagi tezlik, turgan joyda yugurishda, oyoklarni alishtirish tezligi. YUqori informativlikka: uzoq masofaga zarba berish, 30 m.ga yugurish, chaqqonlikni xarakterlovchi kompleks test, osib qo„yilgan to„pga bosh bilan tegish, to„pni olib yurish va zarba berish, uzoq masofaga to„p uzatishni aniqligi, aniqlikka zarba berish mashqlari ega buldi. Kamroq informativlikka: tusiqlarni oralatib utish, harakatda to„p uynatish, chalkancha yugurish, 20 m.ga tezlanish, uzoqlikka to„pni yon chiziqdan o„yinga kiritish, to„p bilan 30 m.ga yugurish mashqlari ega buldi. Download 107.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling