Zamonaviy iqtisodiy
Likvidlik ustunligi, pul massasi va foiz stavkasi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
6. Likvidlik ustunligi, pul massasi va foiz stavkasi nazariyalari Odamlar o’zida naqd pul bo’lishini xohlashi tushunchasini J.M. Keyns “likvidlik ustunligi” deb atagan. Agar yangi klassik-larda pul zaxirasini jamg’arish noratsional hisoblansa, J.M. Keyns bo’yicha esa, bunday jamg’arma bo’lajak xo’jalik vaziyatini prognozlashtirib bo’lmasligi, xo’jalik xatari mavjudligining muqarrar natijasidir. O’z ishlarining yurishmay qolishidan xavo-tirlanish, kelajakka ishonmaslik kishilarni naqd pul saqlashga undaydi. Bundan tashqari, yuqori likvidlik moliyaviy aktivlar moliya bozoridagi «o’yinda» muayyan ustunlik berishi mumkin: qimmatli qog’ozlarning kursi pasayganda ularni tezda sotib olish uchun naqd pullar asqotadi. Kishilarning o’z uylarida naqd pul zaxiralarini ushlab turishi, J.M.Keyns bo’yicha, quyidagi sabablarga bog’liq: – xarid qilish zarurligi (transaktsion motiv); – kutilmagan vaziyat uchun (ehtiyot shartdan); – chayqovchilik sababi (motivi). Birinchi ikkita sababni pulning miqdoriy nazariyasining Kembrij varianti tarafdorlari ko’rsatib o’tgan. J.M. Keyns bo’yicha birinchi ikkita sababdan boshqa, chayqovchilik motivi ham naqd pulga bo’lgan talabni kuchaytiradi. Odamlar qimmatli qog’oz-larni sotib olish uchun ularning kursi pasayishini kutadi. Bun-day vaziyat odamlarni o’z qo’llarida ancha likvidli mablag’ – naqd pullarni ushlab turishga undaydi. Foiz stavkasi past bo’lganda qimmatli qog’ozlar kursi yuqori bo’ladi. Foiz stavkasi ko’tarilishi bilan obligatsiyalar kursi pasaydi. Demak, chayqovchilik funktsiyasi likvidligi foiz me’yori-ga bog’liq. Foiz me’yori qancha past bo’lsa, chayqovchilik motivi bo’yicha naqd mablag’larga talab shuncha yuqori bo’ladi. Foiz me’yori qancha yuqori bo’lsa, naqd pulga talab shuncha past bo’ladi (yuqorida ko’rsatilgan sababga ko’ra). Shunday qilib, pulga bo’lgan yalpi talab ikki qismdan tashkil topadi: a) oldi-sotdi (sdelka) uchun talab (milliy daromad dara-jasidan kelib chiqadigan funktsiya), b) chayqovchilik uchun talab (foiz stavkasi funktsiyasi): Dm = f (Y,R) 29 Ehtiyotkorlik ham likvidlik ustunligini keltirib chiqaruv-chi sabablardan biri hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar – jamg’arma to’plashning xatarli shaklidir. Shuning uchun odamlarga aktivlari bexatar hisoblangan naqd ko’rinishdagi o’ziga xos sug’urta fondi zarur. Pul massasi va foiz stavkasi. Keynscha modelda baholar o’zgaruvchan emas. Shuning uchun pul massasining ko’payishi ishlab chiqarish darajasiga baholarning o’sishi orqali emas, balki foiz stavkasi orqali ta’sir ko’rsatadi. Agar yangi klassiklar pul massasi makroiqtisodiy jarayonlarga faqat «to’g’ri» ta’sir ko’rsatish mexanizmini, Viksell - ham «to’g’ri» ham «egri» mexa-nizmlarini tadqiqot qilgan bo’lsalar, J.M.Keyns esa e’tiborni faqat «egri» mexanizmga qaratdi. Foiz stavkasi ikkita sababga ko’ra o’zgarishi mumkin: yo o’z aktivlarining bir qismini pul shaklida ushlab turgan kishilar-ning psixologik kayfiyatidagi o’zgarishlar oqibatida (pulga bo’lgan talab egri chizig’ining siljishi), yoki pul massasining o’zgarishi natijasida (pul taklifi egri chizig’ining siljishi). Agar foiz stavkasi R 1 darajada o’rnatilgan bo’lsa (3-rasmga qarang), unda uning R 2 darajaga pasayishi faqat pulga bo’lgan talab egri chizig’i chapga (D 2 ) siljigandagina yoki pul taklifi egri chizig’ining o’ngga (S 2 ) siljishi natijasida sodir bo’ladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling