Zamonaviy iqtisodiy
T.Balog, frantsiyalik F.Perru, braziliyalik S.Furtado, amerikalik
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
T.Balog, frantsiyalik F.Perru, braziliyalik S.Furtado, amerikalik
U.Lyuis va Xirshmanlar ham ilgari surgan. Bu iqtisodchilarning qiyosli ustunlik nazariyasiga tanqidi qarashlari asosan uning metodologiyasiga qaratilgan. Ularni mazkur nazariyadagi ikkita jihat qanoatlantirmagan. Birinchidan, qiyosli ustunlik nazariyasi muvozanatlik printsipi asosida qurilgan. Uning tarafdorlari tadqiqotida iqtisodiy jarayonlar mayatnik harakatiga o’xshatiladi, ya’ni muvozanat kuchlarining buzilishi ertami, kechmi uning avvalgi yoki ancha yuqori darajada qayta tiklanishi bilan tugallanadi. Haqiqatda esa unday emas, deb hisoblaydi yuqorida ko’rsatilgan iqtisodchilar va muvozanatlik yondashuviga kumulyativ (harakatning bir tomonga yo’naltirilishi) printsipini qarshi qo’yadi. “Agar bir omil o’zgarsa, - deb yozadi G.Myurdal, - unda ikkinchi bir omilda albatta o’zgarish bo’ladi. Natijada o’zaro ta’sir ko’rsatishning kumulyativ jarayoni kuchaydi... yoki qandaydir bir omilning o’zgarishi, qanday sababdan bo’lishidan qat’iy nazar, 90 kumulyativ samaraning yalpi ta’siri tufayli barcha tizimni muayyan yo’nalishda harakatga keltiradi”. Boshqacha qilib aytganda, buzilgan muvozanat avtomatik tarzda qayta tiklanmaydi, balki namuvozanatlikni kuchaytiruvchi va tizimda sifat o’zgarishiga olib keluvchi kuchlarni kelitirib chiqaradi. T.Balogning “Teng huquqli bo’lmagan sheriklar” asarida nomuvozanatlikning kuchayishi to’g’risida so’z yuritiladi. Unda xalqaro savdo jarayonida rivojlangan va qaloq mamlakatlar o’rtasidagi uzulishning kuchayib borishi, bunday savdo ishtirokchi mamlakatlar iqtisodiyotini o’zaro to’ldirib borishiga ta’sir ko’rsatmasligi, balki daromadlar va resurslarni jamg’arish va taqsimlash imkoniyatlaridagi kumulyativ tengsizlikning kuchayishini kelitirib chiqarishi ko’rsatib beriladi. Garchi xalqaro savdo natijasida jahon daromadlari ko’payib borishi mumkin bo’lsa-da, shunga qaramay, kambag’al hududlarning qoshshoqlashuvi kuchayib bormoqda. Ancha rivojlangan mamlakatlarga kelsak, savdo ularning resurslarini ko’paytirib, ustunligini yana ham oshirmoqda. T.Balogning mulohazalarini mantiqan oxiriga etkazgan S.Furtado hisoblanadi. Uning fikriga ko’ra, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tengsizlik huquqi shu darajaga borib etdiki, rivojlanayotgan mamlakatlarni xo’jalik sub’ektlari sifatida gapirish biron ma’no kasb etishi qiyin. Xalqaro milliy korporatsiyalarning paydo bo’lishi bilan qoloq mamlakatlar o’z mohiyatiga ko’ra iqtisodiy suverenligini yo’qotdi, jahon kapitalistik xo’jaligining “qaram podsistemasiga” aylandi. Furtado qayd qilib o’tganidek: “Qoloq iqtisodiyotda rivojlanish ko’pincha xorijiy korxonalarning keng tarqalishiga bog’liq bo’ladi va shu ma’noda bunday rivojlanish “xalqaro” hisoblanadi. Ushbu xorijiy korxonalarning faoliyati ko’rilayotgan podsistema tashqarisida qabul qilinadigan qarorlarga asoslanadi”. Qiyosli ustunlik nazariyasi metodologiyasi tanqidining ikkinchi, asosiy yo’nalishi iqtisodiyotning ijtimoiy o’lchamiga qaratilgan. Xalqaro mehnat taqsimotining neoklassik kontseptsiyasi tarafdorlarli ham, “mahsulotning hayotiy tsikl” nazariyachilari ham xo’jalik yuritishning ijtimoiy masalalarini nazardan chetda qoladirishgan. Ijtimoiy masalalar esa, tanqidiy yo’nalish vakillarining ta’kidlashicha, “sof iqtisodiy” faoliyatga o’ziga xos tarzda ta’sir ko’rsatadi. Yuqorida aytilganlarni U.Lyus quyidagi misolda tasdiqlab beradi. Ikki mamlakat – rivojlangan va qoloq – tayyor mahsulot va xom ashyo ayirbosh qilyapti deb faraz qilamiz. Agar “sof” neoklassik 91 nazariya nuqtai nazaridan olib qarasak, unda ayirboshlash shak- shubhasiz o’zaro foydali deb tan olinadi. Lekin kam rivojlangan iqtisodiyotning o’ziga xosligini hisobga olib salgina o’zgartirish kiritsak, xulosa butunlay boshqacha chiqadi. Ko’pchilik qoloq mamlakatlarda juda past mehnat unumdorligiga asoslangan ancha ko’p natural xo’jalik sektori amal qiladi. U erda ish haqi past bo’lganligi sababli ortiqcha ishchi kuchi eksport sektoriga doimo oqib o’tadi. Shuning uchun rivojlanayotgan mamlakatlar eksport sektorida unumdorlik qanchalik oshmasin, undagi ish haqi darajasi baribir natural xo’jalikdagi past mehnat unumdorligi bilan aniqlanadi. Modomiki esport sektor tadbirkorlarning foydasi, U.Lyus bo’yicha, xalqaro miqyosda tenglashar ekan, mehnat unumdorligining o’sishi natijalaridan rivojlangan mamlakatlar iste’molchilari foyda ko’radi. Birining ikkinchisi tomonidan ekspluatatsiya qilinishi ko’rinib turibdi. Xo’jalikni boshqarishning ijtimoiy jihatlari tahlili, tanqidiy yo’nalish tarafdorlarining ta’kidlashicha, o’zaro tartib yondashuvini taqozo etadi, ya’ni iqtisodiy jarayonlarning huquqiy, siyosiy, madaniy an’analar, psixologiya va shu kabilar bilan o’zaro ta’sirini o’rganish talab qilinadi. Bunday metodologik ko’rsatma ba’zi bir ijobiy natijalarga erishishga imkon berdi. Masalan, mustamlakachilik xukmronligi va mustamlakachilikning emirilishi davridagi jahondagi etuk mamlakatlar siyosatini konkret tadqiqot qilish asosida G.Myurdal, F.Perru va ularning hamkasblari qaram mamlakatlarda aniq maqsadga yo’naltirilgan asimmetrik (muvozanat buzilgan) iqtisodiyotni shakllantirish mexanizmini ochib berdi va shu bilan “uchinchi dunyodagi” og’ir, mushkul ahvol uchun javobgarlikning bir qismi kimning bo’yniga tushishini ishonarli qilib ko’rsatib berdi. G.Zinger, T.Balog, S.Furtadolarning “namoyish samarasi” atalmish tahlili o’zaro tartib yondashuvini unumli qo’llashga yana bir misol bo’la oladi. Bu iqtisodchilarning kuzatishi bo’yicha, qoloq mamlakatlarga eksport qilinayotgan tovarlar bu erda nafaqat iste’mol buyumlari vazifasini o’taydi, balki yuqori rivojlangan mamlakatlar turmush tarzi to’g’risida axborot tarqatish vazifasini ham o’taydi va bu mahalliy aholining ancha boy qatlamiga “namoyish ta’sirini” o’tkazadi. Er egalari, burjuaziya va amaldorlar rivojlangan mamlakatlarning iste’mol andozalarini qabul qilishga kirishadi. Natijada avvalari ko’p daromad egalarining iste’moli uchun import qilinadigan tovarlar endi mahalliy sanoat tomonidan ishlab chiqarilishi kuchayadi. Shu bilan zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan kapital 92 qo’yilmalari qisqaradi. Nega bunday jadal “rivojlanish” ko’pincha aholi turmush darajasining pasayishiga olib kelishi shunday ko’rinib turibdi. Tanqidiy yo’nalish vakillari qiyosli ustunlik nazariyasining kamchiliklarini ishonarli qilib ko’rsatib bersa-da, ular mazkur nazariyaga qarshi muqobil raqobatbob nazariya tavsiya eta olmadi. Ularning batafsil ishlab chiqilgan kontseptsiyasi bo’lmaganligi sababli, ulardan faqat ayrim metodologik elementlarni, nazariy g’oyalarni olish mumkin. Masalan, G.Zinger bo’yicha, xom ashyo va mehnatni iqtisod qiluvchi yangi texnika yuqori rivojlangan mamlakatlar muammosini echish uchun mo’ljallangan. Demak, uni rivojlanayotgan mamlakatlarda qo’llash, ularning manfaatlariga javob bermaydi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling